14-modda. Korxona mulkiy huquqlarining kafolatlari
Davlat korxonaning mulkiy huquqlari himoya qilinishiga kafolat beradi. Davlatning korxonaga qarashli asosiy fondlarni, oborot mablag‘larni va boshqa mol-mulkni tortib olishiga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
YUridik va jismoniy shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari tomonidan korxonaning mulkiy huquqlarini buzish natijasida unga etkazilgan zarar sud yoki xo‘jalik sudi qaroriga ko‘ra korxonaga to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |