12-modda. Tabiat resurslariga egalik qilish va ulardan foydalanish
1. Korxona belgilangan tartibda haq evaziga er va boshqa tabiat resurslariga egalik qiladi va ulardan foydalanadi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
2. Korxona o‘z ishlab chiqarishining tabiiy muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga va bu ta’sirning o‘rnini qoplashga qaratilgan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirishi shart. Bunday tadbirlar o‘z mablag‘lari yoki o‘zga manbalar hisobidan pul bilan ta’minlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |