Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-tadbirlari
J.M.Keyns ta’limotidagi asosiy yutuqlardan biri shundan iboratki, unda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solib turishning zarurligi ko’rsatib berildi. Bu erda shu narsani aytib o’tish joizki, J.M.Keynsdan oldingi iqtisodchilar (D.Rikardo, A.Pigu, K.Viksell) ham bu borada nazariya yaratganlar. Ammo J.M. Keyns nazariyasi uning o’tmishdoshlari va zamondoshlari nazariyalaridan shu bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, o’zo’zidan yuaga keladigan hodisalar emas, balki bozor mexanizmi harakati tug’diradigan hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat tomonidan muntazam, uzluksiz ravishda tartibga solib turish zarurligini ko’rsatib beradi. J.M.Keyns bu bilan klassiklar tomonidan ishlab chiqilgan va o’sha paytda hukmron bo’lib turgan tartiblashning mikroiqtisodiy yondashuvini rad etdi. Firmaning (mikroiqtisod) rivojlanishi sharoiti bir butun milliy iqtisodiyotning (makroiqtisodiy) rivojlanish sharoitini belgilab berolmasligini ko’rsatib berdi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy holatni o’z ichiga oladi: birinchidan, o’z-o’zidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; ikkinchidan, iqtisodiyotning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jarayonida bo’ladigan qiyinchilik va ziddiyatlarning sabablari talqin qilinadi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida iqtisodiyotni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi.
J.M. Keyns klassiklarning iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartiblash mexanizmini tanqid qilib, bozor iqtisodiyotida bunday mexanizm amal qilmasligini, iqtisodiyotni davlat yordamida tartiblash mumkinligini ko’rsatib, «davlat iste’molga bo’lgan moyillikka o’zining rahbarlik ta’sirini qisman tegishli soliq tizimi yo’li bilan, qisman foiz me’yorini belgilash yo’li bilan va ehtimol, boshqa usullar bilan o’tkazishi lozim bo’ladi», deb yozadi.
J.M.Keyns fikriga ko’ra, iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartiblanishining samaradorligi davlat investistiyalari yordamida vositalarni qidirishga, aholining to’la ish bilan bandligiga erishishga, foiz me’yorini pasaytirish va belgilashga bog’liq. Uning ta’kidlashicha, davlat investistiyalari ular etishmay qolgan sharoitda qo’shimcha pul chiqarish bilan kafolatlanishi (byudjet kamomadidan qo’rqmagan holda) kerak, kamomad esa ish bilan bandlikning o’sishi va foiz me’yorining pasayishi bilan bartaraf etiladi. Boshqacha aytganda, J.M.Keyns konstepstiyasi bo’yicha, ssuda foizi qancha past bo’lsa, investistiyalarga bo’lgan qiziqish shuncha yuqori bo’ladi, bu, o’z navbatida, ish bilan bandlikni oshiradi, ishsizlikni tugatishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |