Multiplikator
J.M. Keyns investistiyalarning ko’payishi bilan milliy daromadning ko’payishi o’rtasidagi bog’liqlikni tahlil qildi. Uning ko’rsatib berishicha, investistiyalarning ko’payishi milliy daromadning o’sishiga olib keladi va u quyidagi formula ko’rinishida ifodalanadi:
K = Y / I,
bu erda, K – multiplikator, Y – milliy daromadning o’sishi, I – investistiyalarning o’sishi.
Investistiyalarning ko’payishi va uning natijasida milliy daromad va aholining ish bilan bandligining o’sishi maqsadga muvofiq iqtisodiy samara sifatida ko’riladi. Ana shu iqtisodiy samara iqtisodiy adabiyotlarda multiplikator samarasi deb ataladi. Multiplikator – bu son koeffistienti bo’lib, daromad o’sishi bilan, ushbu o’sishni yuzaga keltirgan investistiyalar o’simi o’rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. Multiplikator atamasini birinchi marta ingliz iqtisodchisi R.Kan 1931 yili ishlatgan. Unda ish bilan bandlik sohasidagi multiplikator samarasi to’g’risida so’z yuritiladi. R.Kanning «ish bilan bandlik multiplikatori» investistiyalar bilan bevosita bog’liq bo’lgan tarmoqlarda ish bilan bandlikning ko’payishi o’rtasidagi nisbatni ifodalab beradi.
J.M.Keynsning «Investistiyalar multiplikatori» nazariyasiga ko’ra,
«qachonki investistiyalarning umumiy summasi o’ssa, unda daromadlarning
ko’payishi investistiyalar o’simidan K marta ortiq bo’ladi». J.M.Keynsning ta’kidlashicha, bunday holatning sababi «psixologik qonundan» kelib chiiqadi, unga ko’ra «real daromadning o’sib borishi bilan jamiyat doimo uning kamayib boruvchi qismini iste’mol qilishni xohlaydi».
Multiplikator samarasi, yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, investistiyalarning ko’payishi daromadning ortishiga olib kelishini ko’rsatadi va bu ortgan daromad (jamg’armani chiqarib tashlagandan keyin) yalpi talabning bir qismiga aylanadi. Daromadlarning multiplikastiyalashuvi jarayoni to’xtamaguncha shunday davom etib boraveradi. Bu erda shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, kishilarning jamg’armaga bo’lgan moyilligi qancha ko’p (shunga muvofiq MRS miqdori kam) bo’lsa, multiplikatorning ahamiyati shuncha kam bo’ladi. To’la ish bilan bandlik sharoitida multiplikator amal qilmaydi, negaki bo’sh turgan resurslarning bo’lmaganligi sababali ishlab chiqarishini ortiqcha kengaytirib bo’lmaydi. Real ijtimoiy mahsulot ko’paymagan holda resurslarni faqat tarmoqlararo qayta taqsimlash yuzaga keladi. Multiplikastiyalashgan iste’molning kengayishi baholarning o’sishida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |