13-mavzu. Keynschilik va yangi keynschilik


Jamg’armalarning investistiyalarga aylanishi muammosi va investistiyalarga ta’sir etuvchi boshqa omillar



Download 86,75 Kb.
bet4/10
Sana22.01.2022
Hajmi86,75 Kb.
#400681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1kcoK3MJWPAJinkhsHDM3KMKEBStx5AC

Jamg’armalarning investistiyalarga aylanishi muammosi va investistiyalarga ta’sir etuvchi boshqa omillar

J.M. Keyns nazariyasida yuqori ish bilan bandlikni ta’minlashda, milliy daromadni ko’paytirishda investistiyalarning roliga katta e’tibor beriladi. Investistiyalar muammosi asosiy muammo hisoblanadi. Investistiyalar muammosi bu – jamg’armalarning investistiyalarga aylanishi muammosidir.



Agar investistiyalar hajmi jamg’armalar hajmidan ortiq bo’lsa, u holda yalpi talab taklifdan ortiqdir va milliy daromad o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Agar investistiyalar jamg’armalardan kam bo’lsa, u holda yalpi talab taklifdan kamdir va daromad kamaya boradi. Va nihoyat, agar investistiyalar jamg’armalarga teng bo’lsa, yalpi talab taklifga teng va milliy daromad darajasi o’zgarmay qoladi (Pezenti A. Ocherki politicheskoy ekonomii kapitalizma. V 2-x t.: Per. s italyanskogo. M.:

«Progress», 1976, 628-629 s.).

Jamg’armalar jiddiy to’siqlarsiz investistiyalarga aylanishi uchun nima qilish kerak?

J.M. Keyns klassiklarning tejamkorlik, joriy iste’moldan o’zini tiyish iqtisodiy o’sishning asosi degan tushunchasini inkor etadi va asosiy e’tiborni «tejamkorlik uddaburonliksiz bo’lishi mumkin emas»,

«tejamkorlik uddaburonlikdan oshib ketishi bilanoq, u oxirgisining jonlanishiga halaqit beradi» degan qoidaga qaratdi. Haqiqatan ham, jamg’armalarning ko’payishi investistiyalarning ko’payishidan ustun bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy rivojlanish ertami-kechmi to’xtaydi: samarali talab yalpi taklifdan orqada qoladi va ortiqcha ishlab chiqarish vujudga keladi.

J.M. Keyns bo’yicha, jamg’arma va investistiyalar, yangi klassiklar hisoblaganlaridek, moliya bozorida avtomatik tarzda tenglashmaydi. Jamg’armalar va investistiyalar dinamikasi har xil omillarga bog’liq bo’ladi. Jamg’armalar daromad o’sishiga qarab ko’payib boradi. Investistiyalar kapital qo’yilmalaridan keladigan foydaga va foiz stavkasiga bog’liq. Bu bilan J.M. Keyns bozor tizimining eng zaif bo’g’inini ko’rsatib beradi: investor iqtisodiyotda kelajakda bo’ladigan vaziyatni mo’ljallab qaror qabul qiladi, jamg’aruvchi qo’lga kiritilgan

daromad darajasidan kelib chiqqan holda, ya’ni iqtisodiyotning avvalgi holatiga qarab ish yuritadi.

Jamg’arma miqdori foiz stavkasiga qarab emas, balki yalpi daromadning o’sishiga qarab o’zgarib turadi.

Investistiyalar hajmi, J.M. Keyns bo’yicha, kapital qo’yilmalaridan keladigan daromad miqdoriga yoki ularning me’yorli unumdorligiga va foiz me’yoriga bog’liq bo’ladi (kutiladigan daromad qancha yuqori va foiz stavkasi qancha past bo’lsa, kredit olish va investistiyalar hajmini ko’paytirish shuncha foydali). Tadbirkorlar kapital qo’yilmasining me’yorli foydaliligi foiz me’yoridan pasayib ketmaguncha investistiyalar jarayonini davom ettiradilar. Agar foiz me’yori yuqori bo’lsa, jamg’arma egalari o’z mablag’larini investistiyalarga, kapital qo’yilmasiga sarflamaydilar. Negaki pulni qarzga berish, obligastiyalarni sotib olish yo’li bilan ancha oson daromad topishi mumkin.

Investistiyadan keladigan foyda darajasining pasayishi va foiz me’yoriga yaqinlashib borishi kuzatilayotgan vaziyatda investistion faoliyat to’xtatiladi, turg’unlik kelib chiqadi. Foiz me’yori bo’lajak investistiyalar foydasining quyi chegarasini aniqlab beradi. Foiz me’yori qancha past bo’lsa, investistiya jarayoni shuncha jonli bo’ladi va aksincha.




Download 86,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish