13-mavzu: Huquq normalari va funktsiyalari Reja


Sohaviy huquqiy prinsiplar



Download 59,64 Kb.
bet14/17
Sana19.08.2021
Hajmi59,64 Kb.
#151664
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
10-mavzu nazariya

Sohaviy huquqiy prinsiplar faqat bitta konkret huquq sohasi doirasida harakatlanadi. Masalan, er huquqi uchun «erga egalik qilish shakllarining ko`pligi va ularning tengliga» prinsipi, «erning fuqarolik muomalasida bo`lish» prinsipi, «er ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirish» prinsipi, «erda mustaqil xo`jalik yuritish va erdan foydalanuvchi sub`ektlarning tengligi» prinsipi, «erdan maqsadga muvofiq foydalanish, erdan foydalanganlik uchun haq to`lanishi» prinsipi va hokazolar.

Yana bir misol. Xo`jalik-protsessual (arbitraj-protsessual) huquqdda quyidagi prinsigshar rahbariy rol o`ynaydi: sudyalarning saypab qo`yilishi, ularning mustaqishshgi va faqat qonunga bo`ysunishi prinsipi, ishlarni ko`rishda kollegaallik va yakkaboshchilikning qo`shib olib borilishi prinsipi, ishlarni ko`rishda oshkoralik prinsipi, ishda qatnashayotgan taraflarning tengligi prinsipi, nizolarni ko`rishda bahslashish, og`zakilik va bevositalik prinsiplari.

Har bir huquq sohasi umumiy va tarmoqlararo prinsiplarga tayanishdan tashqari faqat o`zigagina xos prinsiplarga ham asoslanadi. Bu prinsiplarning barchasi birgalikda nafaqat huquq sohasi uchun, bapki butun huquq tizimining tuzilishi va harkatlanishiga zamin bo`lib xizmat qiladi.
6. Huquq funksiyalari tushunchasi va turlari

Huquqning mohiyati va ijtimoiy vazifasi uning funksiyalarida namoyon bo`ladi. Huquq funksiyalari - ijtimoiy munosabatlarga yuridik ta`sir etishning as

osiy yo`nalishlari bo`lib, ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilan belgilanadi. Huquq, avvalo, jamiyat hayotining turli jabhalariga - iqtisodiyotga, siyosatga, ijtimoiy sohaga, madaniy-ma`naviy munosabatlarga ta`sir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy mazmundagi umumijtimoiy funksiyalarni bajaradi.

Huquq funksiyalari quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi:

birinchidan, huquq funksiyalari huquqning mohiyatidan kelib chiqadi va uning jamiyatdagi vazifasi bilan belgilanadi. Funksiya - huquq mohiyatining ijtimoiy munosabatlar mazmunida ifodalanishi (yoritilishi)dir;

ikkinchidan, huquq funksiyalari - ijtimoiy munosabatlarga ta`sir etishning shunday yo`nalishlariki, ularni amalga oshirish ehtiyoji huquqning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi zaruriyatidan kelib chiqadi;

uchinchidan, funksiyalar huquqning eng muhim, jiddiy sifatlarini ifoda etadi va jamiyat rivojining hozirgi bosqichida huquq oldida turgan tub vazifalarni bajarishga yo`naltiriladi;

to`rtinchidan, huquq funksiyalari uning ijtimoiy munosabatlar muayyan turini tartibga soluvchi faol harakatining yo`nalishini aks etti radi. Shu bois huquq funksiyalarining muhim belgilaridan biri uning dinamizmi, hara-katlanishi, ta`sir etishidir;

beshinchidan, huquq funksiyalari doimiylik xususiyatiga ega, bu ularning uzluksizligi, uzoq muddat harakatlanishini anglatadi.

Sof yuridik nuqtai nazardan huquq funksiyalarini ikki turga ajratish mumkin: regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ (qo`riqdovchi) funksiyalar.

Huquqning regulyativ funksiyasi jamiyat a`zolari yurish-turishi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini o`rnatishdan, ijtimoiy munosabatlarni yuridik tashkillashtirishdan, insonlar o`rtasidagi ijtimoiy alo-qalarni uyg`unlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. Bu funksiya doirasida huquqiy ta`sirning yana ikki yo`nalishi haqida gapirish mumkin: regulyativ-statik va regulyativ-dinamik huquqiy funksiyalar.


Download 59,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish