Tarmoqlararo huquqiy prinsiplar ikki yoki undan ortiq huquq tarmoqlari doirasida amal qiladigan prinsiplardir. Ko`pincha bunday prinsiplar bir-biriga yaqin turuvchi huquq sohalarini qamrab oladi (masalan, konstitutsiyaviy va ma`muriy huquq sohalari; jinoiy-protsessual va fuqarolik-protsessual huquqi sohalari uchun umumiy bo`ladigan prinsiplar). Aytaylik, moddiy javobgarlik prinsipi mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi sohalarida qo`llaniladigan tamoyil. Faqat ayb uchun javobgarlik prinsipi esa Jinoyat kodeksida hamda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda, bevosita ulardagi moddalarda aks etti rilgan. Bu prinsip fuqarolik qonunchiligida ham asosiy dasturilamallardan biri hisoblanadi. Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi ham tarmoqdararo xarakterga ega. U jinoyat huquqi, ma`muriy huquq, jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoq-larda qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |