13-mavzu: Hindiston va Pokiston davlatlari 1946-2022 yillarda Hindiston davlati 1946-2022 yillarda. Tayanch tushunchalar


partiyaning ideologiyasi ekanligini yuqorida ко rdik. 72 foiz aholisi hind-



Download 115,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana03.06.2023
Hajmi115,79 Kb.
#948410
1   2   3   4
Bog'liq
13 OsiyoAfrika (2)


partiyaning ideologiyasi ekanligini yuqorida ко rdik. 72 foiz aholisi hind-
oriylardan iborat bo‘lgan aholining shovinistik qatlamlari kayfiyatini o‘zida 
mujassamlashtirgan BJP 1998-yil fevraldan parlament saylovlarida g alaba qildi va 
uning yetakchisi Atal Bexari Vajpai 19-martda Bosh vazir Qilib saylandi. 
Navbatdagi saylovlarda ham Vajpai o‘z o'rnida qoldi. 
Lekin 2003- yilda hokimiyatda o‘zgarish bo'lib, Bosh vazirlik
lavozimini Monmaxon Singx egalladi. Hindiston tashqi siyosatida muhim
muammolardan biri Pokiston biian munosabatlardir 1947-yildan beri Kashmir 
masalasida ikki mamlakat janjal qilib keladi. Deyarli har 10 yilda qurolii 
to‘qnashuvlar bolib turadi. Hindiston tashqi siyosatida tinch-totuv yashashning o‘zi 
tashabbuskor bo'lgan besh tamoyiliga (pancha chila — 1955-yilgi Bandung 


konferensiyasida Osiyo xalqlari o‘rtasida xalqaro munosabatlarga asos qilib 
olingan) amal qiladi. (qarang: Xitoy mavzusi). 
J. Neru SEATO va SENTO bloklarining tuzilishini qoraladi. U bir qancha mahalliy 
janjallarni tinchitishda o‘z hissasini qo‘shdi. 
Sovet davlati Hindistonga 60 dan ortiq sanoat korxonalarini qurishda yordam 
berdi. Harbiy texnika bilan ta’minladi. 
Qo‘shilmaslik harakatining rahbarlaridan biri va «olti mamlakat guruhi» 
a'zosi bo‘lmish Hindiston qurollanish poygasini to'xtatishga, qurolsizlanishga, 
yadro urushi xavfini yo‘q qilishga, kosmosni harbiylashtirishga yo‘l qo'ymaslikka, 
yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatishga qaratilgan muhim takliflar bilan bir necha 
bor xalqaro maydonga chiqdi. 
Hindiston Hind okeanini tinchlik zonasiga aylantirish yo‘lidagi kurashga 
salmoqli hissa qo‘shdi. AQSHning Diyego-Garsiya harbiy oroliga bazasini 
joylashtirishiga qarshi chiqdi. Yangi mustamlakachilikka, irqiy kamsitish va 
aparteidga qarshi faol kurashib keldi. Hindiston Janubiy Osiyo mahalliy hamkorligi 
uyushmasi (SAARK) faoliyatida ishtirok etmoqda. Shri Lanka va Janubiy 
Osiyodagi ahvolni yaxshilashga muhim hissa qo‘shmoqda. 
0‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi aloqalar mustaqillikdan oldin ham 
ancha rivojlangan edi. 0‘zbekiston mustaqilligidan keyin bu aloqalar yangi 
bosqichga ko‘tarildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida 
0‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mustaqillik arafasidagi Hindistonga 
tashrifi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Sho'rolar zamonidagi mavjud tamoyillarni 
buzib, Hindiston bilan mustaqil hamkorlikni kengaytirishga birinchi bo‘lib kirishdi. 
Natijada Hindiston bilan 0‘zbekiston o‘rtasida birinchi marta teng huquqli 
mamlakatlar kabi iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniyat, sog‘liqni saqlash, 
fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish 
to‘g‘risida bitimlar tuzildi. 
Hindiston yordami bilan Toshkent, Buxoro va Samarqandda zamona- viy 
mehmonxonalar qurildi. Respublikamizga uskunalar va boshqa xil tovarlar xarid 
qilish uchun 1993-yilda Hindiston 10 mln. dollar mablag‘ ajratdi. 


1993 -yil may oyida Hindiston Bosh vaziri Narasimxo Rao 0‘zbekis- tonga 
rasmiy tashrif buyurdi. Oziq-ovqat, yengil sanoat, zargarlik buyumlari ishlab 
chiqarish, havo yoilarini ochish, yangi zamonaviy mehmonxonalar qurish bilan 
shug‘ullanuvchi hind-o‘zbek qo‘shma korxonalarini ochish haqida 10 ta bitim 
tuzildi. Undan tashqari hind firmalari respublikamizdagi sheriklari bilan jami 100 
mln. dollarlik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 15 ta savdo shartnomasiga imzo 
chekishdi. 
0‘zbekistonda dori-darmon ishlab chiqarishda hindlar katta yordam 
ko‘rsatmoqda. Buning uchun Surxondaryoda maxsus qo‘shma korxona tashkil 
etildi. 0‘zbekiston FAning yigirmadan ortiq ilmiy-tadqiqot instituti Hindistondagi 
sheriklari bilan hamkorlik qilmoqda. 
«0‘zbeksanoat» davlat assotsiatsiyasi Hindistonning «Xabar grup» firmasi bilan 
yiliga 4000 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona qurdi. Hindistonning 
«Modi», «Rotan», «Shri eksport» va boshqa firmalari 0‘zbekistonda katta obro‘ 
qozondi. 
2005-yil aprel oyida Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Hindistonda bo‘ldi. 
2004-yilda Hindiston bilan 0‘zbekiston o‘rtasida tovar ayirboshlash 150 mln. 
dollarga yetdi. 1993-yildan beri 800 ga yaqin o‘zbek mutaxassislari axborot 
texnologiyalari, bank ishi, kichik biznes yo‘nalishlari bo‘yicha Hindistonda ta’lim 
olishdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish 
uchun 45 ta shartnoma imzolangan. 
Shunday qilib, Hindiston — hozirgi kunda metall quyish, to‘qimachilik, 
mashinasozlik, tog‘-kon ishlari, neftni qayta ishlash, elektronika, ximiya sanoati 
tez rivojlanayotgan mamlakat. U 2004-yilda 12,5 mlrd. dollarlik axborot 
texnologiyalarini xorijga eksport qildi. 
Yalpi ichki mahsulotning 30 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Hin-
diston g‘alla bilan o‘zini o‘zi to‘la ta’minlaydi. Sholi yetishtirishda dunyoda 
ikkinchi o'rinda turadi. Turli texnik ekinlarini katta miqdorda yetishtiradi. Lekin 
mamlakat janubida millionlab odamlar qashshoqlikda yashaydi. Eng muhim 
muammo — inflatsiyaning kuchayishi va tashqi qarzning o‘sishidir. 



Download 115,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish