O’yinchini almashtirish hududi chizig’i
2-qoida. O ’yin vaqti. Final “sirena”si va taym -aut.O ’yin vaqti
Odatda 16 yoshdan yuqori bo’lgan o’yinchilardan tashkil topgan jamoalar uchun o’yin
30 daqiqadan 2 taymdan, taymlar orasidagi tanaffus 10 daqiqadan iborat bo’ladi.
Yosh bolalar jamoalari uchun o’yin davomi quyidagicha elgilangan: 12-16 yoshdagilar
uchun 2x25, 8-12 yoshdagilar uchun 2x20 daqiqani tashkil etadi.Har ikki holatda ham taymlar
orasidagi tanaffus 10 daqiqa belgilanadi.
Agar o’yinning asosiy vaqtida durang holati qayd etilsa, lekin g’oliblami aniqlash zarur
bo’Isa, u holda 5 daqiqali tanaffusdan so’ng qo’shimcha vaqt belgilanadi. Qo’shimcha vaqt 5
daqiqali ikki taymdan iborat bo’lib, taymlar orasida I daqiqali tanaffus beriladi.
Agar yuqorida ko’rsatilgan holatlarda g’olib aniqlanmasa, u holda musobaqa Nizomida
ko’rsatilgan shartlar orqnli aniqlanadi.
Final "sirena"si
O ’yinning vaqti tnaydondagi hakamlar luishtagi bilan dastlabki erkin to’p tashlash
belgilanadi. O’yin yakuni esa final sirennsi orqnli yoki vaqt belgilovchi hakam hushtagi bilan
yakunlanadi. Agar signal bemvchi uskunalar yo’q bo’lsa, u holda hakamlar o ’yin vaqti
tugaganligi to’g’risida hushtak chaladi.
Mulohaza: Agar avtomatik final "sirena"sini bcradigan uskunalar yo’q bo’lsa, u holda
shaxmat soati yoki sekundomerdan foydalanib, o’yin yakuniga hushtak beradi. Vaqtni axborot
hisoblagich uskunalardan foydalanganda o’yin vaqtini 0 dan 30 daqiqa qilib belgilash maqsadga
muvofiqdir.
Final sirenasidan oldin va o'sha vaqtda o’yin qoidasi buzilsa yoki sportchiga xos
bo’lmagan harakat qayd etilsa, u holda final sirenasi bcrilganligiga qaramay, o’yinchilar
hakamlar tomonidan jazolanadi. Belgilimgan (erkin to’p tashlash yoki 7
m
jarima) jazo
natijalaridan so’ng o’yin vaqti tugatiladi.
Erkin to’p tashlash yoki 7 metrli jarima to’pni bajarish vaqtida taym yoki o’yin
yakunida sirena berilsa, u holda to’p otishlar qaytarilishi shart. Faqat qaytarilgan harakat
natijasidan so’ng hakamlar o’yinni yakunlaydi.
Erkin to’p tashlash yoki 7 metrli jarima to’p tashlashni bajarilishda o’yinchi yoki jamoa
vakiliga qoida buzgani yoki sportchiga xos bo’lmagan xulqi uchun shaxsiy jazo berilganda, to’p
qarama-qarshi tomonga erkin to’p tashlash belgilanishi man etiladi.
Maydondagi hakamlar, sekundometrist tomonidan (taym yoki o’yin yakuni) sirena
barvaqt berilgan deb hisoblasa, u holda o’yinchilar maydonda qoldirilib, qolgan vaqt o’ynaladi.
Barvaqt signal berilgan vaqtda to’p egallagan jamoa o’yin to’xtatilganjoydan erkin to’p tashlash
bilan o’yinni boshlaydilar. Agar o ’yinning birinchi yarmi (yoki qo’shimcha taym vaqti)
belgilangan vaqtdan ko’proq o’ynalsa, u holda o’yinning ikkinchi yarmi ortiqcha o’ynalgan
vaqtga qisqartiriladi. Agar o’yinning ikkinchi yarmi (yoki qo’shimcha taym vaqti) ko’rsatilgan
vaqtdan ortib ketsa, bunday holatda hakamlar hech qanday o’zgartirishlar qilolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |