13-mavzu. Davriy sistemaning VIII b gurux elementlari va ularni qurilishda ishlatilishi



Download 146,34 Kb.
bet8/8
Sana24.04.2022
Hajmi146,34 Kb.
#579342
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma'ruza - 13

Tabiatda uchrashi. Nikel tabiatda kupfernikel NiAs va mishyak nikel yaltirog’i holatida uchraydi NiAsS.
Nikel juda yaltiroq oq kumushsimon metall, juda qattiq, magnitga tortiladi. Kobaltga o’xshash olinadi. U juda korroziyaga chidamli. Atmosferada, suvda, kislotalarda va ishqorlarda barqaror. Nikelning kislotalarga munosabati temir va kobaltga o’xshash.
Nikel qotishmalari juda ko’p ishlatiladi. Nixrom 70% Ni va 20% Cr. Nikel konstantin termoparalarda ishlatiladi.
NiO, Ni2O3, Ni(OH)2 va Ni(OH)3 ma’lum.
NiSO4 + 2NaOH = Ni(OH)2 ¯ + Na2SO4
Oqish yashil cho’kma
Ni(OH)2 va Co(OH)2 temir birikmalaridan farq qilib havo kislorodi bilan o’z-o’zidan oksidlanmaydi:
2Ni(OH)2 + Br2 + 2NaOH = 2Ni(OH)3 + 2NaBr
Qora tusli asos
Eritmada [Ni(H2O)6]2+- to’q yashil rangli ion hosil qiladi. NiCl2 sariq rangli.
Temir oilasi elementlarining tibbiyotdagi ahamiyati. Temir va kobaltning tabiatdagi roli juda muhimdir. Temir barcha o’simlik va hayvon organizmlari uchun zarur elementddir. Odam organizmida temir gemoglobin, jigar, taloq,orqa miya, buyrak,qon plazmalari tarkibida uchraydi.Turli to’qimalarda temirning miqdori 4-5 g ga etadi.O’simliklarda temir nafas olishni ta’minlovchi fermentlar tarkibiga kirib, xlorofil sintezida ishtirok etadi.Temir birikmalari tirik organizmda to’qimalarga kislorod yetkazib berish, oksidlanish-qaytarilish jarayonlariga katalizatorlik qilish, elektron tashish kabi muhim vazifalarni bajaradi.
Gemoglobin va mioglobin to’qimalarning nafas olishini ta’minlaydi. Ular tarkibida temir(II) birikmalari bo’ladi.Gemoglobin ikki vazifani bajaradi: u kislorodni o’pkadan to’qimalarga tashiydi, CO2 ni bo’lsa to’qimalardan o’pkaga tashiydi.Temirning qolgan birikmalari organizmdagi turli xil oksidlanish-qaytarilish kabi biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi.
Organizmga temir yetishmasa, kamqonlik kasalligi boshlanadi, odamning madori qurib, o’zini behush sezadi, kayfiyati buziladi. Bunda organizmga qaytarilgan temir beriladi. Masalan feramid. Feramid bu temir hamda nikotin kislotasi amidining kompleks birikmasi bo’lib bu modda Toshkent farmatsevtika institutida prof. M.A.Azizov rahbarligida institutning markaziy ilmiy tekshirish laboratoriysida ishlab chiqarilgan va tibbiyotga joriy etilgan.
Bundan tashqari tibbiyotda FeCl3 qon to’xtatuvchi modda sifatida ham ishlatiladi. FeSO4*7H2O va temir laktati va temir gliseratining ham ishlatilishi ma’lum. Ortiqcha temir yurak-qon tomirlari, jigar va o’pka faoliyatini buzilishiga sabab bo’ladi.
Biotizimlarda kobalt birikmalarining ayniqsa, B12vitaminining(C63 H90 N14 P Co ) ahamiyati katta. B12 kompleks birikma bolib, uning tarkibida kobalt(III) bo’ladi. B12 vitamin organizmda o’sish, qon aylanishi, eritrositlarning yetilishi, qonning ivishi, uglevod va lipidlar almashinuvini boshqaradi.Odam organizmida bu vitamin yetishmasa, xuruj qiluvchi kamqonlik zo’rayadi, organizmning turli yuqumli kasalliklarga bardoshi susayadi.
Hayvon va odam organizmi ichak devoralari B12 vitaminini ishlab chiqaradi.
Nikel ham biokimyoviy jarayonlarda qatnashib, fermentlar faoliyatiga ta’sir qiladi. Tarkibida oltingugurt tutgan aminokislotalar sitnezini faollashtiradi.
Qolgan VIII B guruh elementlari ichida platinaning kompleks birikmalari organizmda oksidlanish jarayonlarini boshqarishda qatnashishi aniqlangan. Tsis holatdago yuzilishga ega bo’lgan platina(II) va (IY) larning kompleks birikmalari xavfli o’smalarga(saraton) qarshi samarali vositaligi topligan.
Tibbiyotda anemiyaga qarshi temir, temirII) sulfat, temr(III) sulfat, temir(II) xlorid, temir(III) oksid, temir (II) laktat va boshqa temir birikmalarini tutgan moddalar dori sifatida keng qo’llaniladi. Masalan: qaytarilgan temir, temir gliserifoafat, gemostumulin, fitoferrolaktol, ferropleks, konferon, ferum-lek, ferrosen, feramid va boshqalar. Anemiyga qarshi samarali vositalardan biri vitamin B 12 hisoblanadi. Bu vitamin boshqa kasalliklarda ham samaralidir.
Nazorat savollari:
1.Temirning birikmalari.
2. Temirning qurilish sohasida ishlatilishi.
3. Koblt birikmalari.
4. Fizik kimyoviy xossalari.
Download 146,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish