Mustaqil ishlarini tashkil etish o`ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi:
1. Mustaqil ishni tashkil etishning muhim xususiyati, uni
o`quvchi-talabaning o`zi tashkil qiladi. Muvafaqqiyatga erishish
uchun uning o`zi sabr-toqat bilan, mashaqqatlardan qo`rqmay o`z
ustida ishlashi kerak. Buni esa o`quvchi-talabaning o`zi rejalashti-
radi va amalga oshiradi.
2. Mustaqil ishlash jarayonida fan bilan birga,
ko`nikmalarni shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladi.
Borgan sari ortib boradigan mustaqil tayyorlanish vaqtini samarali bo`lishini ta`minlashda ikki narsaga e`tibor qaratish kerak: A) mustaqil ish o`qishning, aqliy mehnatning alohida turi;
V) axborotning asosiy qismini talaba mustaqil ravishda oladi. Ayniqsa, internetning kirib kelishi bilan uning doirasi yanada kengayadi.
Ta`lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o`qitishning interfaol usullarini qo`llash o`qituvchining ijodkorlik mahoratini, qolaversa, mas`uliyatini yanada oshiradi. Bundan kelib chiqadiki, pedagogik texnologiyaning maqsadi o`qitish emas, balki ularni mustaqil o`qishga o`rgatishdir. Demak, ta`lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish o`quvchilarda mustaqil ta`lim olish malakasini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
3. O`quvchi-talabalar mustaqil ishlash vaqtini ham mustaqil
ravishda o`zlari belgilaydi. Talabaning mustaqil ishi o`quv rejasi-
dagi muayyan fanni o`zlashtirish uchun belgilangan o`quv ishlari-
ning tarkibiy qismi bo`lib, u dars jarayonini tashkil etishdan katta
farq qiladi, ya`ni uni bajarish vaqtini o`quvchi-talabaning o`zi
imkoniyatidan kelib chiqib belgilaydi. Mustaqil ishlash vaqtdan
to`g`ri foydalanishni, uni tejash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Har bir o`quvchi-talaba individual tarzda vaqtini fanlar bo`yicha tabaqalashtirgan holda rejalashtirishi kerak. Undan kelib chiqib, talaba o`z haftalik rejasini kunlar bo`yicha tuzadi. Mustaqil ishlarni rejalashtirish yuzaki qaraganda o`quvchi-talabaga hech narsa bermayotganday, hech qanaqa yordami yo`qday tuyuladi. Lekin tajriba shuni ko`rsatadiki, a`lochilar o`z vaqtlarini aniq rejalashtiradilar va uni bajarishga harakat qiladilar.
O`zlashtirish bo`yicha fakultet muvaffaqiyatini ham talabalarning o`z vaqtlarini to`g`ri rejalashtirishi, uni bajarishi bilan bog`lash mumkin.
Shuning uchun uni rejalashtirish, vaqtini ratsional taqsimlashda o`quvchi-talabaga yordam lozim.
4. Mustaqil ishni bajarish uchun o`quvchi-talaba o`zini-o`zi
majbur qilishi kerak. Bunda ham subyektiv omil asosiy o`rinda
turadi. Talabalarni mustaqil ishini tashkil etishda o`qishni boshqa
shakllariga o`xshab, umumiy prinsiplar mavjud. Mustaqil ishni shu
prinsiplar asosida tashkil qilish kerak. Mustaqil ishni tashkil etishda
oddiy elementar prinsiplarni o`zlashtirish birinchi darajali ahami-
yatga ega va ana shu murakkab jarayonni to`laligicha qamrab oladi.
Har bir talaba mustaqil ishni tashkil etishni nimadan boshlashi kerak? Unga qanday maqsad qo`yiladi? Ish qancha davom etadi? Uni bajarishda qanday usullardan foydalanilishini aniq ko`z oldiga keltira olishlari kerak. Yana shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, mustaqil ishlarni tashkil qilish qoidalari ishlab chiqildi degani, bu ishni tashkil etildi degani emas.
O`quvchi-talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning o`ziga xos jihatlari uni tashkil etishning tamoyillari bilan uzviy bog`liq bo`lib, ular quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |