1. Tezkor tahlil o’tkazish usuli. U statistik ma’lumotlarni o’rganish asosida qat’iy belgilangan muddatlarda o’tkaziladi. Uning maqsadi – mehnat me’yorlarining holatini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlarini doimiy ravishda nazorat qilish va yangi texnologik operatsiyalarni chuqur tahlil qilishdan iborat.
Kuzatish davrida quyidagilar tekshiriladi: me’yorni bajarishning o’rtacha darajasi, ishbay ishchilarning texnologik operatsiyani bajarilishiga ko’ra taqsimlanishi, mehnat me’yorlarini o’rtacha ko’rsatkichlardan chetga chiqishi, texnik asoslangan me’yorning salmog’i, ish va ishchilarning malaka darajalari va boshqalar.
2. Maqsadli tahlil qilish usuli. Maqsadli tahlil usuli tezkor kuzatish va hisobot natijalari asosida o’tkaziladi. Uning vazifalariga korxonaning alohida bo’limlarida mehnat me’yorlarini chuqur o’rganish kiradi. Maqsadli kuzatish yordamida harakatdagi me’yorlarni texnik asoslangan me’yorlardan cheklanish sabablari o’rganiladi, buning uchun ishlab chiqarishning maromi, kadrlar bilan ta’minlanganligi me’yorlarni bajarilishini aniq hisoboti asos qilib olinadi. Ayniqsa, ishlab chiqarish uchastkalarida mavjud bo’lgan ish vaqtlarining zoye ketishi, bekor turib qolishlar va boshqalar chuqur tahlil qilinadi. Kuzatish vaqtida me’yorlarni bajarmaslikning sabablarini o’rganishga alohida e’tibor qaratish kerak, chunki ular tasodifiy yoki haqiqatda doimiy bo’lishi mumkin.
Aniq me’yorlarni kuzatish maqsadi kuzatishning bir bo’lagi sifatida yoki me’yorlarning sifatini aniqlash uchun belgilangan yagona reja asosida mustaqil o’tkaziladigan tahlil usulidir. Tezkor va maqsadli tahlilda asosan statistik malumotlar asos qilib olinadi, tezkor hisoblash ma’lumotlaridan ham foydalaniladi. Aniq me’yorlarni tahlil qilish esa alohida kuzatishlar asosida amalga oshiriladi.
Bu ishni samarali bajarish uchun korxonada kerakli me’yoriy hujjatlar va uslubiy ma’lumotlar bo’lishi kerak va mamlakatdagi ilg’or korxonalar tajribasidan keng foydalaniladi.
Korxonalarda mehnat me’yorlarining bajarilishi va o’zlashtirilishini hisobga olish va nazorat qilishning ahamiyati katta bo’lib, uning asosida mehnat unumdorligini o’sish darajasi belgilanadi.
Har bir ishchining ishlab chiqarish topshirig’ini bajarishni hisobga olish yoki nazorat qilish ikkita ko’rsatkich orqali amalga oshiriladi:
- mahsulot ishlab chiqarish me’yorini bajarilishi;
- mahsulot ishlab chiqarish me’yorini o’zlashtirilishi.
Mahsulot ishlab chiqarish me’yorini bajarish koeffitsientini ishchi belgilangan mehnat me’yorini amalda qay darajada bajarganligini ko’rsatadi.
Mehnat me’yorlarini o’zlashtirish koeffitsienti esa, ishchi belgilangan me’yorni qay darajada bajarishga qodir ekanligini ko’rsatadi.
Mehnat me’yorlarini bajarish va o’zlashtirish koeffitsientlari quyidagi usullar yordamida aniqlanadi:
1. Ishlab chiqarilgan mahsulotning soni orqali;
2. Sarflangan vaqt orqali;
3. Ishchilarning ish haqi orqali.
I-usul.
a) Ishlab chiqarilgan mahsulot soni orqali mehnat me’yorlarini bajarish foizi quyidagicha aniqlanadi:
Bunda: Vhaq - haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot soni, dona juft, Mm – mahsulot ishlab chiqarish me’yori: dona, juftda.
b) Mehnat me’yorlari o’zlashtirish foizi quyidagicha aniqlanadi:
Bunda: – haqiqiy ishlangan vaqti uchun belgilanadigan mahsulot ishlab chiqarish me’yori.
Masalan, A operatsiyani bajarish me’yori bir smena uchun 500 donaga teng, smena davomiyligi 8 soat va smena davomida ishchi haqiqatda 7 soat ishlagan va 1 soat o’ziga bog’liq bo’lmagan sababga ko’ra ish vaqtini yo’qotgan. Haqiqatda ishlab chiqargan mahsulot soni 480 ta.
Me’yorni bajarish foizi quyidagicha aniqlanadi:
Me’yorni o’zlashtirish foizi esa quyidagicha aniqlanadi:
Mehnat me’yorlarini bajarilishi va o’zlashtirilish koeffitsientlari orasidagi tafovut ish vaqtidan foydalanishdagi yo’qotishlarni ko’rsatadi. Ish vaqtini yo’qotilishi asosan tashkiliy yoki boshqa texnik sabablarga ko’ra paydo bo’ladi, shu sababli bu ikkala ko’rsatkich orasidagi farq qancha katta bo’lsa, bu ishlab chiqarish uchastkasida, sexlarda va pirovard natijada korxonada mehnatni to’g’ri tashkil qilinmaganligidan dalolat beradi.
II-usul. Sarflangan vaqt bo’yicha aniqlash.
a) Mahsulot ishlab chiqarish me’yorini bajarish foizi quyidagicha aniqlanadi:
b) Mahsulot ishlab chiqarish me’yorini o’zlashtirish foizi quyidagicha aniqlanadi:
Bunda; Tm – bajarilgan ishni vaqt me’yori bo’yicha kattaligi, sek, min, Nvr - operatsiyani bajarishda vaqt me’yori, sek, min, T – ish vaqtining davomiyligi, sek, min, Tishch – ishchining haqiqatda ishlagan vaqti, min, soat, Tzoye ket – ish vaqtining zoye ketishi, min, soat.
III-usul. Ish haqi orqali hisoblash.
a) Mehnat me’yorlarini bajarish foizi:
b) Mehnat me’yorlarini o’zlashtirish foizi:
Bunda: IXishb - ishbay ish haqi, TS - ishbay ishchining tarif stavkasi, so’m, TS1 – ishbay ishchining haqiqatda ishlagan vaqti uchun aniqlangan tarif stavkasi, so’m.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni me’yorlashni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
- me’yorlash jarayonini kengaytirish, uni har bir toifa ishchi va xodimlar uchun joriy etish;
- texnik asoslangan me’yorlarni ishlab chiqarishga keng joriy etishni tezlashtirish, bunda tarmoqlararo, tarmoq bo’yicha va boshqa ilg’or me’yoriy hujjatlardan foydalanish;
- me’yorlarning ilg’orligini qo’llab-quvvatlash, mehnat me’yorlarini o’z vaqtida almashtirish va qayta ko’rib chiqish;
- mehnat me’yorlarini hisoblash, yaratish uslublarini takomillashtirish, ularning texnik asosini oshirish;
- mehnat me’yorlarining mehnat unumdorligiga ta’sirini oshirish maqsadida texnik asoslangan me’yorlarni qo’llash;
- texnik asoslangan me’yorlarni hisoblashda tarmoqlararo va tarmoqlar me’yorini qo’llash.
Mehnatni me’yorlashni takomillashtirishda me’yorlarning ilg’orligiga ahamiyat berish, eskirgan me’yorlarni o’z vaqtida almashtirish va qayta ko’rish, ularning ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Bu bilan bog’liq ishni davom ettirish kerak, ishlab chiqarish ilg’orlari tomonidan qo’llaniladigan ish usullarini o’rganish, ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llash va yangi mehnat me’yorlarini loyihalash, mikroelementlar bo’yicha mehnat me’yorlarini hisoblash zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |