17
navbatida ikki ketma-ketlikdan iborat bo’ladi: tanishish va o’qish.
Axborot manbasini o’rganish quyidagi sxema orqali amalga oshiriladi:
Diqqat qilish obyekti Olinadigan axborot
Jild - Kitobning nomi va muallifining ismi sharifi
Zarvaraq - Nashr nomi va yili, nomeri (1-,2-va boshka, tuzatilgan,
tuldirilgan)
Chiqish maolumotlari - Original kitob yoki tarjima
Annotasiya - Asosiy mazmun. O’quvchilar kategoriyasi
Mundarija - Bo’lim va paragraflar mazmuni. Ma’lum bir bo’limlarning
xajmi.
Axborotlarni, bilimlarni yig’ish texnikasi turlicha bo’lishi mumkin. Ammo,
prinsipda ilmiy - texnik axborotlarni yig’ishda ularni mexanik yig’indi sifatida
emas, balki mantiqan o’zaro bog’langan holda, ya’ni ilmiy tadqiqotlarni
algoritmi asosida yig’ish, maqsadga muvofiq bo’ladi. Amalda bu, yig’ilayotgan
axborotlarni bo’limlar bo’yicha ro’yxatini tuzish bilan bog’liq bo’ladi. Bunda
quyidagilar tavsiya qilinadi:
1)
Masalaning qo’yilishini va uning yechimini tushunib olish va bu xaqda albatta
yozib qo’yish kerak bo’ladi. Ya’ni, bunda keyinchalik o’rganish maqsadida,
mexanik ko’chirmalardan qochish kerak.
2) Belgilashlarning hammasi ham standartlashtirilmaganligi va bir xil kattaliklarni
turlicha belgilashlari sababli, belgilashlarning yagona tizimini kiritish
maqsadga muvofiqdir.
3)
Yangi axborotni ma’lum bo’lganlarga nisbatan qo’shimcha sifatida tushunishga
xarakat qilish kerak va bunda oldin qilingan yozuvlarga tegishli
o’zgartirishlarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
4) Manbani tushunishni kengaytirish maqsadida, o’rganilayotgan har bir manba
yuzasidan maksimal imkoniyat darajasida qo’shimchalar va tushuntirishlar
qilish kerak.
5) Esda saqlashning yengillashtirish va ko’rgazmaliligini ta’minlash maqsadida,
bir necha oddiy tushuntirishlar, rasmlar, grafiklar va sxemalarni kiritilishi
zarur bo’ladi.
6) Xar bir ishlab chiqilayotgan manbani sodda sonli misollar bilan to’ldirib borish,
ya’ni kiritilgan formula va algoritmlarni ishga yaroqligiga ishonch hosil qilish
kerak bo’ladi.
7)
Vaqti - vaqti bilan kartoteka mazmunini ko’rib chiqish va materiallarni
umumlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda bir necha yozuvlar bittaga
birlashtiriladi.
8) Yangi g’oya, fikrlarni tushunib olishga o’zaro fikr almashuvi ham yordam
beradi - Og’zaki su’bat, yozuvlar bilan almashish, ma’ruzalar qilish va
boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: