13.5. XX asrning 80- yillari oxiri va 90- yillar boshlarida
Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklarning paydo boʻlishi
XX asr 80- yillarining boshidan boshlab SSSR da inqirozli vaziyat vujudga keldi. Mustabid tuzum sharoitida davlat mulki monopoliyasi, boshqaruvdagi ma’muriy-buyruqbozli tizimi KPSSning yakka hukmronligi, inson huquqlarining buzilishi, milliy siyosatdagi xatolarning tobora kuchayishi oz salbiy oqibatlariga olib keldi: ishlab chiqarishning osish sur'atlari, yalpi mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi shiddat bilan pasayib bordi, mehnatkashlarning oʻz mulkidan begonalashishi yanada ortib bordi.
Xalq xoʻjaligini “turgʻunlik”ka olib kelgan chuqur izdan chiqish jarayonlari, xalq ijtimoiy manfaatlarining nazar-pisand qilinmasligi kabi boshqa omillar bilan birgalikda KPSSning ulkan, lekin kutilayotgan natijalarni bermayotgan siyosat butun ijtimoiy-siyosiy tizimning inqirozini oldindan belgilab berdi. Ammo Sovet tizimining asosiy xavfi shundan iborat ediki, mehnatga nisbatan qiziqtirish, tizimning nuqsonlari boqimandalik kayfiyatlarini avj olishiga olib keldi.
Markazdan boshqarishning amaldagi tizimi, uning idoralari, xoʻjalik yuritish uslub va usullari iqtisodiyotning yanada rivojlanishiga sezilarli turtki bolishga, keskin ijtimoiy muammolarni hal qilishga qodir emasligi yaqqol ayon boiib qoldi. Ijtimoiy hayotda jiddiy ozgarishlar yasash zarurligini butun jamiyat aniq-ravshan anglab yetdi. 1985- yilning aprel oyida KPSS MQning Plenumi sovet jamiyatini tubdan qayta qurish, uning barcha sohalarini chuqur isloh qilish yolini e'lon qildi. 1985-1986- yillarda SSSRda “mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish” siyosati olib borildi. Uning maqsadi-ilm-fan va texnika taraqqiyotidagi yutuqlarga asoslanib, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yaxshilash edi. Ammo bu siyosatda ilgari surilgan vazifalarni bajarish borasida dastlabki urinishlar jiddiy natija bermadi.
Jamiyatning iqtisodiy sohada tub oʻzgarishlarni amalga oshirmasdan, yaxshi natijalarga erishib bolmaydi. 1987- yildan boshlab yangi «qayta qurish» siyosati e’lon qilindi. Uning maqsadi iqtisodiy sohalarni erkinlashtirib, jamiyatda demokratlashtirish jarayonini amalga oshirib, sotsiyalistik jamiyatni yangilashtirish edi. Iqtisodiy islohotlarni olib borish uchun boshqarishning ma’muriy usullaridan koʻproq iqtisodiy usullariga otish, korxonalarni xoʻjalik hisobiga otishi, ularga koʻproq mustaqillik berish, mehnat jamoalarning boshqaruvida ishtirok etishi choralari nazarda tutilgan edi.
Sovet iqtisodiyotini “qayta qurish” uchun bir qator hujjatlar qabul qilingan edi. Ammo boshqa qonunlarni tuzib chiqishdagi uslubiy yondashuvlarning oʻzi «sotsialistik xoʻjalik yuritish», direktiva asosida rejalashtirish va davlat mulkining barcha shakllariga hukmron bolishi zarurligi kabi avvalgi eski tasavvurlarga asoslangan edi. Korxonalarning cheklangan mustaqilligi ob’ektiv iqtisodiy qonunlar amal qilishiga imkon bermas edi. Korxonalarni to’liq xoʻjalik hisobiga va oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan ta’minlashga oʻtkazish ham oʻzini oqlamadi, chunki “sotsialistik xoʻjalik yuritish” tizimi, rahbarlarning buyruqbozlik usullari ob’ektiv jihatdan sogʻlom tovar-bozor munosabatlarning namoyon bolishiga tosqinlik qilardi.
Odat boʻlib qolgan kompaniyabozlik xoʻjalikni boshqarish mexanizmni qayta qurishga salbiy ta’sir koʻrsatdi. Koʻpgina tarmoqlarda xoʻjalik hisobini tashkil etish xoja koʻrsinga qilindi. Eskicha uslubda yondashuvlar ta’siri shunga olib keldiki, hatto amaldagi xoʻjalik yuritish oddiy bir kontseptsiyasi taklif qilinmagan edi. Moʻljallangan islohotlarning tub mohiyati va xususiyatlari toʻgʻrisidagi tasavvur ham qaror topmagan edi. “Qayta qurish” islohotlari turkumi sub’ektiv tarzda, faqat ichki his-hayajonga asoslanib, sinovlar va xatolar usul-amal bilan bir taraflama ish olib borildi. Sovet rahbariyati aniq ilmiy jihatdan savodli ishlab chiqilgan, siyosiy jihatdan asoslab berilgan dasturga ega bolmagan. Shuning uchun ham SSSR iqtisodiyoti kutilgan natijalarni bermadi.
Shu bilan birga, Markaz oʻzining koʻpgina nuqsonlarini respublikalar zimmasiga yuklashga intilardi, hatto ularni ishlab chiqarishning umumiy inqirozi, pulning qadrsizlanishi sharoitida ham oziq-ovqat bilan, xalq iste'mol mollari va moddiy resurslar bilan oʻzlarini ta’minlashga majbur qildi. Bu hol vujudga kelgan xoʻjalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (barter) shakliga otishiga olib keldi. Respublikalar oʻrtasidagi xoʻjalik aloqalar buzilib, mahalliy sanoat ishlab chiqarishi pasayib bordi, tovarlar taqchilligi kuchayib bordi va aholining yashash darajasi pasaydi. Iqtisodiy inqirozning chuqurlashishi SSSR va KPSS rahbariyatini siyosiy islohotlarni boshlashga majbur qildi.
Bu davrda asosiy masala sovet jamiyatining siyosiy tizimini isloh qilish edi. Mavjud boʻlgan ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv apparatni buzib, siyosiy tizimni liberallashtirish lozim edi, ya’ni KPSS monopoliyani bartaraf qilish, siyosiy plyuralizmga erishish, hokimiyatni partiya qo’mitalaridan Sovetlarga topshirish edi. Respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan eski siyosiy tizimni bartaraf etish uchun 1990- yil 6- avgustda M.S. Gorbachevning “Yangi Ittifoq Shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga otishning Ittifoq dastur – Konseptsiyasini tayyorlash haqida” farmoyishi e'lon qilindi.
XX asr 80- yillarining oxiriga kelib SSSRda e'lon qilingan oshkoralik siyosati natijasida sovet kishilarining siyosiy ongi, ularning siyosiy faolligi kuchayib bordi, norasmiy jamoa tashkilotlari paydo boʻlib, yangi oliy organ Xalq deputatlari syezdi oʻtkazila boshlangan edi. Markaz bilan ittifoqdosh respublikalar ortasida vakolatlarni boʻlib olish yuzasidan muzokaralar boshlangan edi.
1990- yil oxirida SSSRning davlat yaxlitligiga ancha tahdid solgan voqea roy berdi. Litva, Latviya, Estoniya, Gruziya, Ozarbayjon uning tarkibidan chiqib ketdi. Bu esa Markaz bilan qolgan ittifoqdosh respublikalar bilan Yangi Ittifoqdosh Shartnomasi tuzib, imzolashga majbur qildi. 1991- yil iyun oyiga kelib Ittifoqdosh Shartnomaning loyihasi ishlab chiqilib, 20- avgustda uning imzolanishi rejalashtirilgan edi. Lekin KPSS MQ va ittifoq idoralari (Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari, KGB va boshqalar)ning bir qancha rahbarlari vitse-prezidenti G.Yanaev boshchiligida SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevni zoʻravonlik bilan oʻz vazifasidan chetlashtirib, 1991- yil 19- avgust kuni favqulodda holat davlat qoʻmitasini tuzib (GKChP), hokimiyatni oʻz qoʻliga olishdi. Bu davlat toʻntarishini amalga oshirish harakati edi.
Ularning maqsadi Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qoʻlga kiritishlariga, oʻz taqdirini ozlari hal qilishlariga yol qoymaslik edi. Ammo qayta qurish yillarida koʻzi ochilgan xalqni endi eski tuzum doirasida qoldirishga, unga eskicha buyruqbozlik qilishga urinish behuda edi. 1991- yil 21- avgustda xalqning qarshiligiga uchragan fitnachilar taslim bolishga majbur boʻldi. SSSRning iqtisodiyotida oʻrnashib qolgan illatlar Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ham zarar etkazgan edi. 80- yillarga kelib Oʻzbekiston asosiy ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha ittifoqda oxirgi oʻrinlardan birini egallar edi. Oʻzbekiston iqtisodiyoti bir tomonlama rivojlanib borgan. U asosan SSSRning xomashyo bazasiga aylangandi. Natijada respublikada sanoatning xomashyoga birlamchi ishlov berish bilan bogʻliq tarmoqlari koʻproq rivoj topgan. Paxta boʻyicha rejalarning bajarilishi partiya va Sovet organlari rahbarlarining ustivor vazifasi hisoblangan. Paxta yetishtirishning salmogʻi, hatto chor Rossiya davrida (1913- yilda) 33,2% tashkil etgan.
Sovet davrida esa umumiy yer maydonlarining 75 foizini paxta tashkil qilgan. Oʻzbekistonning amalda paxta etishtirishni koʻpaytirish imkoniyati tugagan bir sharoitda Markaz Oʻzbekistonda 2000- yilga borib paxtaning yalpi hosilini 8 mln. tonnaga etkazish dasturini ishlab chiqdi. Adolatsiz narx siyosati ham Oʻzbekiston xalqining turmush darajasiga putur etkazar edi. Bunga SSSRdagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va respublikaning oʻz manfaatlari, xalqining manfaatlari bilan hisoblashmaydigan siyosati sabab edi. Bu siyosat orqali SSSRda koʻzboyamachilik, porahoʻrlik, laganbardorlik kabi illatlar kuchayib bordi. Barcha darajadagi ba’zi xoʻjalik rahbarlari hokimiyatni, xizmat lavozimini suiste’mol qilar, gʻarazli manfaatlarini oylab yashar edi. Ammo bu nuqsonlar Markaz tomonidan olib borilgan ma’muriy-buyruqbozlik siyosatning oqibati edi.
1984- yildan boshlab KPSS MK rahbarligining topshirigʻi bilan Oʻzbekistonga prokuratura xodimlari T. Gdlyan va Ivanov boshchiligida katta guruh tergovchilar yuborilib, “paxta ishi” nomini olgan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan edi. Markaziy matbuotda bu “Oʻzbek ishi” degan nom olgan. Jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida Moskvadan va boshqa respublikalardan Oʻzbekistonga ketma-ket turli tergov guruhlari yuborildi. Respublihamizga har xil joylaridan rahbar kadrlar kela boshladi. 1985- yilda boshlangan “qayta qurish” siyosati xalqimizda oʻz hayotini yangilashga, uni yaxshilashga boʻlgan umidni uygʻotgan edi.
Biroq puxta oʻylab korilmagan qarorlar, ularni joriy qilishdagi jiddiy nuqsonlar, ma’muriy siquvning davom etishi, “qayta qurish”ning puxta ishlab chiqilgan konsepsiyasining yoʻqligi, xoʻja-koʻrsinga olib borilayotgan tadbirlar, markaz tomonidan oʻylab topilgan “paxta ishi” tufayli yuz berayotgan qonunbuzarliklar respublikaning ijtimoiy-siyosiy ahvolini yanada murakkablashtirdi. Ziddiyatli “qayta qurish” siyosati oqibatda republikalar orasida iqtisodiy aloqalarning buzilishiga olib keldi, Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi tangchilik holati chuqurlashib bordi, sanoat ishlab chiqarishining va qishloq xoʻjaligi samaradorligi pasayib bordi.
1989- yil 23- iyun oyida Oʻzbekiston MQ ning birinchi kotibi lavozimiga I.A.Karimov saylandi. Uning tashabbusi bilan 1989- yil avgust oyida qishloq aholisiga 90,7 ming gektar yer ajratildi, shu bilan 1,5 mln. koʻproq oilaning tomorqa uchastkalari kengaytirildi, 580 ming oila unga ega boʻldi. Oʻz mustaqilligiga intilayotgan Oʻzbekistonning keyingi qadami 1989- yil 21- oktyabrda Oʻzbekiston Oliy Kengashning XI sessiyasida “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunning qabul qilinishi edi. Partiya yakka hukmdorligini bartaraf etish va hokimiyatni xalq deputatlariga qaytarib berish uchun 1990- yil 24- martda XII chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashning I sessiyasida boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, prezidentlik lavozimini joriy qilish togʻrisidagi qaror qabul qilindi va I.A. Karimov ittifoqdagi respublikalar orasida birinchi boʻlib Prezident boʻlib saylandi.
Oʻz suverenitetini tiklashda 1990- yil 20- iyun kuni respublika Oliy Kengashining II sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston SSR “Mustaqillik Deklaratsiyasi” muhim ahamiyatga ega boʻlgan voqeadir. Deklaratsiya 12 moddadan iborat boʻlib, uning 1-moddasida “Oʻzbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning oʻz hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir”, deb yozib qoʻyilgan. Shu kundan boshlab respublikada Oʻzbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Shunga muvofiq, 1991- yil 22- iyul kuni Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qaroriga binoan respublikada joylashgan ittifoqqa boysinuvchi davlat korxonalari va muassasalari Oʻzbekiston SSR huquqiy tobeligiga oʻtkazildi.
Mazkur mavzuni yoritishda talabalarning diqqat-e'tiborini shunga qaratish kerakki, 1990- yil 20- iyun kuni qabul qilingan “Mustaqillik Deklaratsiyasi” va 1991- yil 31- avgustda e’lon qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi togʻrisida”gi qonun bir-biridan farq qiladi. “Mustaqillik Deklaratsiyasi”da yangilangan SSSR tarkibida qolgan, oʻz suverenitetini tiklagan Oʻzbekiston haqida gap ketgan. 1991- yil 31- avgustda qabul qilingan Qonunda esa SSSR parchalanib ketganligi va mustaqil davlatga aylangan Oʻzbekiston haqida gap ketgan. Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik davrida qoʻlga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Oliy Kengash Oʻzbekiston Konstitutsiyasini tayyorlash komissiyaga Oʻzbekistonning yangi Davlat bayrogʻi, Gerbi va Madhiyasini tayyorlash vazifasini topshirdi. Shu tariqa xalqimiz azaliy, asriy maqsadiga Oʻzbekistonimiz Mustaqilligiga erishdi. Dunyo haritasida yangi mustaqil davlat Oʻzbekiston Respublikasi paydo boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |