Boshqarish strukturasi turlari
Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari malum:
Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari
|
Chiziqli
(pog’onali)
struktura
|
|
Chiziqli
shtabli
struktura
|
|
Funksional struktura
|
|
Chiziqli
funksional
struktura
|
|
Dasturli maqsadli struktura
|
1 - chizma. Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari.
Yuqorida keltirilgan qoidalar va omillar tasirini inobatga olgan holda boshqaruvning tashkiliy strukturalarini loyihalash mumkin. Ularning asosiy turlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: chiziqli(pog’onali) struktura, chiziqli-shtabli, funksional struktura, chiziqli-funksional, dasturli maqsadli, chiziqli mahsulotli (divizional), matrisali, loyihali, xoldingli strukturalar.
Chiziqli struktura boshqarish strukturasining eng sodda turi bo’lib, u quyidagi ko’rinishga ega.(2-chizma).
Bunda boshqarishning hamma funksiyalari korxona rahbari (1) qo’lida to’planib, barcha quyi rahbarlar (A,B,V) va ishlab chiqarish bo’g’inlari (A1, A2; B1, B2; V1,V2) unga bo’ysunadi. har bir rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va barcha zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo’ysunuvchi xodimlar faqat o’zlarining bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga ularning bevosita boshlig’ini «chetlab» murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori sex boshlig’ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak. SHu tariqa rahbarlikning vertikal chizig’i va bo’ysunuvchilarga tasir ko’rsatishning to’g’ridan-to’g’ri yo’li ochiladi.
1 Direktor
sex boshliqlari
Uchastka
masterlari
Ijrochilar
2-chizma. Boshqarishning chiziqli strukturasi.
Chiziqli struktura boshqaruvda ixtisoslikning yo’qligi bilan xarakterlanadi va amaliyotda sof holda kam qo’llaniladi.
3-chizma. Chiziqli boshqaruv strukturasi.
Chiziqli boshqarish strukturasi uncha murakkab bo’lmagan ishlab chiqarish sharoitida, ijrochilarning vazifalari oddiy, buyruq va axborotlar hajmi kam bo’lganda o’zini oqlashi mumkin. Ishlab chiqarishning tobora murakkablashib, ko’lamining kengayib borishi boshqarish funksiyalarini tabaqalashtirishni talab qiladi, chiziqli strukturaning o’rniga chiziqli-shtabli strukturaning vujudga kelishini taqozo etadi.
Amaliyotda chiziqli-shtabli struktura ham mavjud, bu funksional darajalarda shtabli organlar ixtisoslashuvini va chiziqli bo’limlarda funksional aloqaning yo’qligini aniqlaydi.
Chiziqli-shtabli struktura har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar, maslahatchilar kengashi, yani shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. SHtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo’lishiga asosiy sabab–tashkilotlardagi funksiyalarning murakkablashuvidir. Bu erda mehnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. SHtablarning funksiyalari ekspertiza qilishga va bevosita rahbar uchun boshqaruv qarorlarini tayyorlashga olib boriladi.( 1-jadval)
1-jadval
Chiziqli strukturaning ijobiy va salbiy tomonlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |