Strategik rejalashtirish mohiyati, elementlari v bosqichlari. Tashkilotlarda (korxona, firmalarda) boshqaruv jarayonining birinchi zanjiri bo‘lib, rejalashtirish vazifasi turadi. Bu firmaning menejer korpusining ishi bo‘lib firmaning maqsadlarini aniqlash, ularga erishishning yo‘li va vositasi bilan bog‘liqdir.
Rejalashtirish vazifalari quyidagi uchta savolga javob berishi kerak.
1)Hozirgi vaqtda bizning ahvolimiz qanday? Tashkilotni muhim sohalarda-moliya, ishlab chiqarish, marketing kabilarda kuchli va zaif tomonlari taxlil qilinadi. Bu taxlil firmaning real imkoniyatlarini aniqlash uchun kerak bo‘ladi.
2)Biz qaysi yo‘ldan yurmoqchimiz? qo‘shimcha ravishda boshqa ichki muhit omillari taxlil qilinadi: iqisodiy sharoitlar, texnologiya saviyasi, tashkilotdagi ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar, tashqi muhitning ijobiy yoki salbiy tahsir ko‘rsatishiga baho beradilar: raqobat sharti, qonunlar, siyosiy ahvol va boshqalar. Natijada rahbariyat qanday maqsadni ko‘zlashni va unga erishishga nimalar halaQit berishini aniqlaydi.3)Buni biz qanday qilib bajaramiz? Menejment umumiy va aniq doirada ishlovchilar quyilgan masalani echish uchun nimalar qilishi kerakligini aniqlaydi. Rejalashtirish yordamida rahbariyat barcha tashkilot ahzolari harakatlarini yagona yo‘nalishga, uning umumiy maqsadiga erishishiga safarbar qiladi. Rejalashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan tashkil topgan:
1.Tashkilotning bosh maqsadi aniqlanadi, yahni firmaning hayot kechirishidan maqsadi. Bu kabi maqsad tashkilotning xususiyati bilan bog’‘liq. Masalan: IBM korporatsiyasining maqsadi - hisoblash apparatini etkazib berishdan iborat, bankning maqsadi - firmalarni kredit bilan tahminlashdan iborat.
2.Tashkilotning faoliyatini aniqlash. Bu jarayon bir vaqtda menejmentning barcha saviyalarida o‘zaro muvofiqlashtirilib amalga oshiriladi. Yuqori saviyada bu masala odatda tovar xizmatining ahamiyatini va sifatini aniqlaydi, quyi saviyalarda esa bular aniqmasalalar, aniq raqamlar bilan ish olib boriladi, qanday detallar partiyasini, qanday korxonada ishlab chiqarish va x.k.
3.Bajariladigan ishlar rejasini quyidagi masalalar bo‘yicha tuzib chiqish. Bunga echiladigan masalaning samarali ekanligini aniqlovchi standartlar ishlab chiqish kiradi.
4.Rejalarning bajarilishi umumiy yo‘nalishini har bir boshqaruv saviyasida ishlab chiqish.
5.Rejalarni bajarilishining aniq qoida va protseduralarini ishlab chiqish. Protsedura deganda, quyilgan masalani echishda biridan keyin biri bajariladigan harakatlar tushuniladi. Qoidalar - mahsus va aniq ko‘rsatmalar, u yoki bu ishni bajarish yoki bajarmasl Menejmentda strategik rejalashtirish o‘xshash vazifaga ega - firmani tashkil qiluvchi ahzolarini boshqarish asosini tahmin etishdan iborat. U oliy rahbariyatning harakat va qarorlari majmuasi bo‘lib, shunday korxona strategiyasini ishlab chiqishga yo‘naltiriganki, uning hozirgi davrda va asosan kelajakda samarali rivojlanishiga imkon yaratadi.Hozirgi zamon ishbilarmonlar dunyosida har qanday katta firma, ayniqsa, korporatsiya joriy rejalar bilan cheklanib qolmasdan, balki menejment strategik rejalarini, uslubi qimmat va murakkab jarayon bo‘lishiga qaramay, o‘zining faoliyatiga kiritadi.Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bu kabi rejalashtirishlar quyidagi sabablarga ko‘ra o‘ta muhimdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |