12. Mavzu: Shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvvati va ishlash muddati



Download 68,96 Kb.
Sana22.10.2022
Hajmi68,96 Kb.
#855281
Bog'liq
12 Mavzu


12. Mavzu: Shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvvati va ishlash muddati.

Kon (shaxta) ning ishlab chiqarish quvvatini konda qurish ishlari boshlanguncha aniqlanadi va bu jarayon kо‘plab murakkab samollarga javob topishni talab etadi.


Qabul qilingan ishlab chiqarish quvvati konchilik korxonasining quyidagi asosiy elementlariga ta’sir kо‘rsatadi: ochuvchi va tayyorlovchi kon lahimlarining kо‘ndalang kesim о‘lchamlariga, asosiy kon uskunalarining quvvat va turlarini tanlashga, texnik va xо‘jalik inshoatlarining о‘lchamlari va vazifasiga, ma’muriy va maishiy binolar majmuiga, tashish usuli va tashish qurulmasining unumdorligiga, yordamchi sexlar kо‘lami va vazifasiga, boyitish fabrikasi ishlab chiqarish quvvatiga bevosita bog‘lik.
Konning yillik ishlab chiqarish quvvati konchilik korxonasining asosiy parametri bо‘lib uni qazib olish jarayonida kо‘paytirish deyarli amalga oshirish imkoni bо‘lmaydi yoki juda kam miqdorda kо‘paytirish mumkin. Konni qaytadan qurish (rekonstruksiya) ishlarini amalga oshirib yillik ishlab chiqarish quvvatini kо‘paytirish kо‘p mablag‘ talab qiladigan, ayrim xolatlarda konda ruda qazib olish ancha kamayib ketishi, xatto vaqtincha ruda qazib olish tо‘xtalishi mumkin bо‘lgan jarayon.
Konning ishlab chiqarish quvvati iste’molchilar buyurtmalari asosida xam shakllanishi mumkin. Konchilik korxonasi yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagi geologik, kon-texnik va iqtisodiy omillarni hisobga olib, ma’lum rejalar asosida о‘rnatiladi:
-foydali qazilma konida о‘rganilgan ruda zaxirasi va о‘rganilgan ruda zaxiralarini kо‘paytirish istiqbollari;
-foydali qazilma konida ruda qazib olishni rivojlantirish sharoitlari va korxonaning har xil ishlab chiqarish quvvatini о‘zlashtirishning mumkin bо‘lgan muddatlari;
-konchilik korxonasini qurish uchun zaruriy kapital ajratma miqdori;
-korxonada ishlab chikarilgan tayyor maxsulot tannarxi uzgarishining ishlab chikarish kо‘lamiga boglikligi;
Konning ishlab chikarish quvvati quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin:

Bunda: konning yillik ishlab chiqarish quvvati, t;
konning ishlash muddati, yil;
foydali qazilma konining sanoat zaxirasi, t;
rudani massivdan ajratib chiqarish koeffitsiyenti;
rudaning sifatsizlanish koeffitsiyenti.
Yukoridagi formuladan foydalanib konning ishlash muddatini aniqlaymiz:

Amaliyotda konchilik korxonasining ishlash muddati yuqoridagi formula yordamida aniqlangan muddatdan kо‘proq bо‘ladi. Chunki konni qurib eksplatatsiyaga topshirgandan keyin konni о‘zlashtirish vaqti boshlanadi va konni yopishi oldidan konning sо‘nish davri, yani konda ma’lum vaqt ruda qazib olish belgilangan quvvatdan kam miqdorda qazib olinadi. Bu vaqt esa bir nechta yillarni о‘z ichiga oladi.
Xar bir konchilik korxonasi uchun konning zaxirasiga, yotish sharoitlariga, kon joylashgan iqtisodiy va geografik maydoni sharoitlariga mos keladigan eng maqbul iqtisodiy yillik ishlab chiqarish quvvatini aniqlash mumkin.
Konchilik korxonasining yillik ishlab chiqarish quvvatini mavjud kon-texnik sharoit bо‘yicha kon ishlarining rivojlantirish imkoniyati orqali qabul qilish mumkin.
Konchilik korxonasi yillik ishlab chiqarish quvvatini kon ishlarining rivojlanish imkoniyati bо‘yicha aniqlashning bir nechta usuli bо‘lib ulardan biri shaxta maydonining yillik pasayish tezligi orqali aniqlash.
Foydali qazilma konida ruda maydonining yuzasi S, ruda xajmiy og‘irligini γ, massivdan rudani ajratib chiqarish koeffitsiyentini k, rudaning sifatsizlanish koeffitsiyenti ρ, qazib olish ishlari ruda maydonining S yuzasi bо‘ylab vertikal yо‘nalishda bir metrga chuqurlashgan bо‘lsa qazib olingan ruda zahirasi (T1) quyidagicha aniqlanadi:

Bunday xolatda kon ishlarini rivojlantirish imkoniyati buyicha konchilik korxonasining ishlab chiqarish quvvatini qazish ishlarining yillik pasayishi tezligi v orqali quyidagicha aniqlanadi:

Rudani qazish ishlarining yillik pasayishi tezligi v kо‘p omillarga bog‘lik bо‘lib ularning asosiylari quyidagilar:
-qazish ishlarining yillik pasayishi tezligi ruda tanasining yotish burchagi yuqorilaganda va ruda tanasi qalinligi kamayganda ortadi;
-shaxta maydoni uzunligi va maydon yuzasi oshishi bilan qazish ishlarining yillik pasayishi tezligi kamayadi;
-tayyorlash ishlari tezlashishi bilan, agarda qazib olishning rivojlanish fronti tayyorlash ishlari bilan chegaralangan bо‘lsa, qazish ishlarining yillik
pasayishi tezligi ortadi;
- qazish ishlarining yillik pasayishi tezligiga boshqa omillarning ta’siri kuchli bо‘lganligi sababli qazib olish tizimlari bu kо‘rsatkichga katta ta’sir о‘tkazmaydilar;
Umuman olganda qazish ishlarining yillik pasayishi tezligi foydali qazilma konlaring о‘rganilganlik darajasiga, uning yer ka’risida yotish elementlari doimiyligiga, tektonik buzilishlar mavjudligiga, gidrogeologik va boshka sharoitlariga bog‘lik.
Shaxta maydonining о‘lchamlari bо‘yicha tasnifi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval.

Shaxta maydoni tasnifi



Ruda tanasi qalinligidagi shaxta maydoni uzunligi, m.

Ruda tanasining maydoni (ming.m2), qalinligi 15 m va undan yuqori bо‘lgandagi

15 m gacha

15 m va undan yuqori

Katta bо‘lmagan
О‘rtacha
Katta
Juda katta

<500-600
600-1000
1000-1500
1500 <

<300
300-600
600-100
1000<

<5
5-12
12-25
25<

Qazib olish ishlarining yillik pasayishish tezligi quydagi formula bilan aniqlanadi.
Bunda: qazish ishlarining о‘rtacha chuqurlashishi bunda shaxta maydonining о‘lchamlariga va bir vaqtda qazib olinadigan qavatlar soniga bog‘liq holda hisoblanadi, 2- jadval. 2-jadval.

Shaxta maydoni о‘lchamlari

Qavatlar soni

,m

Juda katta

1
2

15
20

Katta

1
2

22
25

О‘rtacha

1
2
Bir nechta

25
30
40

Katta bо‘lmagan

1
2
Bir nechta

30
45
60

mos holda ruda tanasining qalinligi va yotish burchagi bо‘yicha olinadigan koeffitsiyentlari 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval.

Ruda tanasining qalinligi, m.



5-15

15-25





1,25

1

0,8

0,6

Ruda tanasining yotish burchagi , gr.

90

60

45

30



1,2

1

0.9

0,8

Download 68,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish