- gelotexnika va yoruhlik texnikasi optikasi.
Azimov Sodiq Azimovich, 7.XI.1915 – 12.ХI.1988 Uzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (1962 yil)., 1948 yilda «Doiraviy qurilma yordamida kosmik nurlarni tadqiq etish» degan mavzuda kandidatlik dissertatsiyasini 1955 yilda «Issledovanie elektronno-yadernix livney i pogloщeniya yaderno-aktivnix chastits v vozduxe i v plotnix poglotitelyax raznogo atomnogo vesa» degan temada doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. O‘zbekistonda XX asr fizikasini rivojlantirish tashkilotchilaridan biri bo‘lmish Sodiq Azimovichning butun ilmiy faoliyati yadro fizikasi va kosmik nurlar fizikasiga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda u kosmik nurlarning yumshok. komponentlari va elektron-yadro quyunlarini kashf etdi, lionlarning protonlar va pioplar bilan difraktsiyasi generatsiyasining jarayonlarini aniqladi, uning 100 dan ortik. ilmiy ishlari kosmik nurlarning tabiati va yadro fizikasi masalalariga bag‘ishlangan.
Fizik-texnik institutida 52 nafar 40 yoshgacha bo’lgan yosh olimlar, jumladan 6 nafar katta ilmiy xodim, 14 nafar kichik ilmiy xodim va 9 nafar tayanch doktarantlar va 2 nafar mustaqil tadqiqotchilar ishlamoqda.
2017 yilda institutning yosh olimlar tomonidan nashr etilgan ilmiy ishlar miqdori:
Hisobot davrida institutning yosh olimlari ishtirokida 34 ta maqola, shu jumladan 26 ta xorijiy jurnallarda va 8 maqola respublika jurnallarida chop etildi. Ilmiy anjumanlarda yosh olimlarning 56 ta tezislari, shu jumladan 8 ta uzoq xorij va MDH davlatlarida o'tkazilgan xalqaro anjumanlarda va 48 respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda chop etilgan.
2017 yilda yosh olimlari ishtirokida, ixtiro uchun 2 ta patent, foydali model uchun 2 ta patent, shuningdek kompyuterlar uchun dasturiy ta'minot mahsulotlarini ro'yxatdan o'tkazish uchun 2 ta talabnoma, sanoat namunalariga 1 ta patentga talabnoma yuborildi.
Yosh olimlarga ajratilgan loyihalar va yosh olimlarning loyihalardagi ishtiroki haqida ma'lumot:
Hisobot davrida uchta yoshlar loyihasi, bitta xorijiy loyiha va bitta ilmiy-texnik loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi:
1. YoF-FA-F002 “Past haroratli quyosh energiyasi qurilmalarida fazoo’tuvch issiqlik akkumulyator issiqliktexnik xususiyatlarini o’rganish” mas’ul bajaruvch - Jo'raev E.T. (2016-2017).
2. YoF-FA-F001 “Kremniyli diodlarning elektr parametrlarini nazorat qilish uchun issiqlik ishlov berish usulini ishlab chqish” mas’ul bajaruvch - Karimov A.A. (2016-2017 yillar)
3. Yo-FA-F004 “Katta diametri monocrystal kremniy asosidagi ikkikoordinosizuvchan datchiklarni tayyorlash va ishlab chiqish” mas’ul bajaruvch Toshmurodov Yo.Q. (2016-2017 yillar)
4. M/Uzb-KNR-19/2015 “Nanosuyuqlik issiqlik tashuvchilarning issiqlik xususiyatlari va ularning past potensialli quyosh qurulmalari issiqlik texnik xarakteristikasiga ta’sirini o'rganish” loyiha rahbari t.f.n. Ahatov J.S.
5. FA-A4-F012 "Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi geliostatnym sohasida rivojlantirish" loyihasi menejeri - Doktor Akhatov J.S.
Bundan tashqari, institut yosh olimlari institutda olib borilayotgan va bajarilayotgan barcha loyihalarda, faol ishtirok etmoqda.
Chet el safarlari va yosh olimlarning chet el amaliyotidagi ishtiroki:
2017 yil davomida institutimizning 3 nafar yosh olimlar chet el safarlariga ishtirok etdi: A.U. Vohidov va O.F. Tukfatullin.- Yaponiyada, Jo’raev E. - Hindiston, Rossiya va Qozog'istonda:
2017 yilda yosh olimlarning doktorlik dissertatsiyalar himoyasi soni:
2017 yil hisobot davrida bir qator fan doktori (DSC) va falsafa doktori (PhD) himoya qilish uchun dissertasiya tayyorlandi. 9 nafar yosh olim muvaffaqiyatli himoya qilib diplom oldi. Xususan, (7 ta faslsafa doktori / 2 fan doktori).
Institutining yosh olimlar Toshkentda va mamlakatimizning boshqa mintaqalarida X Respublika innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida faol, ishtirok etdi:
- «Fotoelektrik tizimlarni elekrt parametrlarini monitoring qilish tizimi (“SMFES-2”)» -Tukfatullin Oscar Faritovich.
- «Kupfunksiyali termoelektrik generator» - Radjapov Bekjon Saliyevich, uchinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.
- «O'zbekiston Respublikasi issiqliktaminot tizimlarida quyosh energiyasini mavsumiy saqlash» - Vohidov Akmal Ulashevich, shuningdik «YANGI INTELLEKT-2017» kurik tanlovda “Eng yaxshi foydali model” nominatsiyasida birinchi o’rinni shuningdek, Komolov I.M. esa “Eng yaxshi sanoat namunasi” nominatsiyasida ikkinchi o'rinni qo’lga kiritdi
Institut yosh olimlarining boshqa tadbirlarda ishtirok etishi:
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning farmoniga va O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashevning №1-318 sonli “O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xodimlariga arzon ipoteka kreditlari asosida uy-joy ajratish” buyrug’iga asosan institutning to'rt nafar yosh olimlari yangi qurilgan xonadonlar olishdi.
Keyingi sakkiz asr mobaynida kimyo sohasida ilmiy daraja berishga munosib topilgan o‘n to‘qqizta ixtisoslik ro‘yxatga olingan. Anorganik kimyo, analitik kimyo, organik kimyo, fizik kimyo, neft kimyosi, o‘ta sof moddalar kimyosi shular sirasidandir. Mazkur fanlarning yaratilishi sohaning mashhur namoyandalari, dunyo ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan G. Devi, J. Dalton, R. Boyl, M. V. Lomonosov, I. Berseus va boshqa zabardast olimlar nomi bilan bog‘liq.
Zikr etilgan fan sohalarining yigirmanchisi Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib, O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganiga olti yil to‘lgan yilda ixtiro etildi. Unga kimyo fanlari doktori, Andijon davlat universiteti professori Ibrohimjon Asqarov hamda texnika fanlari doktori, akademik To‘xtapo‘lat Risqiyev asos solishgan edi. “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” deb nomlangan mazkur fan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ma’qullangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |