Ilmiy asbobsozlik
1975 yilda O‘zR FAning Davlat konstruktorlik byurosi bazasida Markaziy ilmiy asbobsozlik loyiha-kostruktorlik va texnologik byuro tashkil etildi. Unig asosiy vazifasi etib respublika fani, sanoati va qishloq xo‘jaligi ehtiyojlar uchun eng yangi tadqiqot asboblarini ishlab chiqish va yasash belgilandi. Quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi:
- ion-nurlanishli ishlov berishda materiallar parametrlarini modifikatsiyalash va ionli-stimulyatsiyalangan qatlamlar hosil qilish (akad. T.D. Rajabov);
- yangicha texnologiyalar va materiallar asosida yuqori sezgirlikdagi (selektiv) kichik gabaritli datchiklar yaratish;
- atrof muhitni, shu jumladan yer silkinishlarini avtomatik nazorat qiluvchi apparatlar yaratish (texn. f. d. A.Ya. Yafasov);
- aniq mexanika elementlaridan foydalangan holda mikroprotsessorli texnika bazasida ishlaydigan asbob va sistemalar ishlab chiqish;
- mikroelektronika va yarim o‘tkazgich mahsulotlarini ishlab chiqarilishini nazorat qiluvchi asboblar yaratish;
Do'stlaringiz bilan baham: |