12-mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati Reja



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana12.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#782786
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
resources



12-mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati
Reja
1.
O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati 
tomonidan tan olinishi
2.
O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon 
hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni.
3.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari.
4.
O‘zbekistonning 
Yevropa 
Ittifoqi 
mamlakatlari 
bilan 
istiqbolli 
hamkorliklari. Tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasi. O‘zbekiston tashqi 
siyosatida Rossiya, AQSH, Xitoy mamlakatlarining o‘rni. 
5.
Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam 
savdosiga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faolligi.
6.
O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida 
olib borgan siyosati.
7.
Xavfsizliq millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda 
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi 
ustuvor yo‘nalishlar.
O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon 
hamjamiyati tomonidan tan olinishi 
Tariximizning ana shu o‘tgan davrini aniqrog‘i 30 yillik mustaqil 
taraqqiyotimiz sarhisob qilinar ekan, tashqi siyosat va diplomatik xizmatni 
shakllantirish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarni ham alohida qayd 
qilish lozim. 
Ta’kidlash joizki, mustaqillik davrigacha respublika Tashqi ishlar vazirlgi 
apparatida bor yo‘g‘i 10-15 nafar xodim bo‘lib, ular nomigagina vazifasi 
hisoblangan ishlar, ya’ni protokol majburiyatlari va turli tadbirlar, asosan chet 
ellik mehmonlarni qabul qilish bilan shug‘ullanardi, xolos. O‘sha davrda tashqi 
ishlar vaziri lavozimida ishlagan bir amaldor ayni paytda kommunal sohasini ham 
boshqarganining o‘ziyoq bu masalaga qanday yuzaki qaralganini ko‘rsatib turibdi. 
Istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab o‘ta muhim tashqi siyosiy masalalarni 
hal qilishga, davlatlararo siyosiy va iqtisodiy muno-sabatlar sohasida eng maqbul 
yo‘llarni topishga to‘g‘ri keldi. 
G‘oyat qisqa fursatda bu sohada Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy 
aloqalar qo‘mitasi, keyinchalik esa, Tashqi iqtisodiy alo-qalar vazirligi va boshqa 
qator davlat boshqaruv organlari tuzildi, diplomatik kadrlarni tayyorlash va qayta 
tayyorlash tizimi yaratildi. 
Mustaqillikka qadar yurtimizda birorta ham xorijiy davlat elchi-xonasi yo‘q 
edi. Hozirgi vaqtda chet ellarda mamlakatimizning 48 ta diplomatik vakolatxonasi 


bor. O‘zbekistonda esa 86 ta elchixona va savdo vakolatxonasi akkreditatsiya 
qilingan. 
Mamlakatimizning qulay geosiyosiy o‘rni, uning birinchi navbatda o‘z milliy 
manfaatlarini inobatga olgan holda olib borayotgan, har tomonlama chuqur 
o‘ylangan, mustaqil va izchil tashqi siyosati davlatimizning jahon hamjamiyati 
tomonidan e’tirof etilishi, xalqaro maydonda obro‘-e’tiborining ortib borishini 
ta’minladi. 
Keyingi davrlarda o‘ziga obro‘ topmoqchi bo‘lgan «ko‘r vektorlik siyosati» 
olib borish degan turli qarash va yondashuvlar haqida chiqishlar bo‘lmoqda. 
Bugungi kunda mamlakatimiz olib borayotgan tashqi siyosatning tag-tomirida 
hech kimga sir bo‘lmagan bir sir turibdi - O‘zbekiston manfaati va yana bir bor 
O‘zbekiston manfaati. Bizning bu sohadagi barcha qadam va harakatlarimiz faqat 
ana shu ezgu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan, desam, ayni haqiqat bo‘ladi. 
Hozirgi 
kunda 
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom 
Konferensiyasi tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti
Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, SHanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil 
Davlatlar Hamdo‘stligi kabi nuruzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan 
xalqaro tuzilmalar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, 
Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud barpo etish, narkotik moddalarning 
noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq, shuningdek xalqaro hamjamiyat oldida turgan 
boshqa dolzarb muammolarni hal etish ishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. 
Jahon amaliyotidan ma’lumki, har bir mustaqil davlat, ayniq-sa, mustaqil 
taraqqiyot yo‘liga kirgan mamlakatlar, hech qachon o‘z qobig‘iga o‘ralib 
rivojlanmagan. Aksincha, mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlashi bilanoq jahon 
hamjamiyatiga qo‘shilish orqali o‘z taqdirini belgilagan. SHuning uchun ham 
O‘zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgach jahon hamjamiyatiga 
qo‘shilish yo‘lini tutdi. Bu borada mamlakatda olib borilgan amaliy ishlarni 
tasavvur qilishdan oldin XXI asr arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayon va xalqaro 
vaziyatga qisqagina nazar tashlash lozim. 
Ma’lumki, ilgari jahonda ikki qarama-qarshi sistema - SSSR va AQSH yetakchi 
bo‘lgan g‘oyaviy jihatdan qarama-qarshi ikki tizim, ikki blok mavjud edi. 
Dunyoning xavfsizlik tizimi ham xuddi shu ikki blokning o‘zaro muxoliflik 
muvozanatiga asoslangan edi. 
1991-yilda Sovet Ittifoqi tarqalib ketgach, yangi - g‘oyat mu-rakkab va qaltis 
bir davr yuzaga keldi. Uning asosiy belgilari quyi-dagilardan iborat edi. 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish