Xavfsizliq millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash
hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat
sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar
.
Barchamizga ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevralьdagi PF-4947 sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmonda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bayon etilgan bo‘lib,
u
ning maqsadi yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan
oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash
uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning
barcha sohalarini erkinlashtirishdir. Dasturning beshinchi yo‘nalishi xavfsizlik,
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro
manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz
mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida
xavfsizlik,
barqarorlik
va
ahil
qo‘shnichilik muhitini shakllantirish,
mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlashdan iborat.
Sirdaryo viloyatida ham dastur ijrosini ta’minlash bo‘yicha bir qancha ishlar
amalga oshirilmoqda. Xususan, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni
ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm va
aqidaparastlik, missionerlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish, erta turmush
qurish, ajrimlar va turli jinoyatchiliklarni oldini olish, farzand tarbiyasida ota-ona
va jamoatchilikning mas’uliyatini yanada oshirish kabi dolzarb masalalarga
alohida ahamiyat berilmoqda.
Darhaqiqat, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan kunlardan boshlab
xalqimizning orzu-umidlari amalga oshdi, qadriyatlari tiklandi. Masjid, madrasalar
mo‘min-musulmonlarga qaytarib berildi. Qadriyatlarimizning asosini tashkil etgan
Islom dini ta’limotlaridan elimiz yana bahramand bo‘la boshladi. Ma’naviyatimiz
asoslarini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy merosni o‘rganishga, targ‘ib qilishga,
ziyoratgohlarni obodonlashtirishga, ona tilimiz ravnaqiga keng sharoit yaratilgani
milliy taraqqiyot uchun qudratli omil bo‘ldi.
Xalqimizga xos bo‘lgan diniy bag‘rikenglik tufayli yurtimizda turli din
vakillari yonma-yon, tinch-totuv yashab kelmoqda. Har kim o‘z e’tiqodiga amal
qilib, bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini e’tirof etishi chin ma’nodagi
bag‘rikenglikdir. Bu fazilat xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Yurtimizda
qadimdan ko‘p millat va elat vakillari ahil-inoq yashab kelmoqda.
Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti: «Bashariyat murakkab taraqqiyot
jarayonini boshdan kechirayotgan bir paytda diniy bag‘rikenglik, turli dinlarga
mansub xalqlar o‘rtasidagi muloqot va amaliy hamkorlikni kuchaytirish nihoyatda
muhim ahamiyat kasb etmoqda», deb ta’kidlagan edilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga ko‘ra, hamma uchun
vijdon erkinligi kafolatlanadi. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Diniy muassasalar faoliyatining qonun asosida olib borilishi
ta’minlanadi. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunda
fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-
ravshan belgilab qo‘yildi. Ko‘pmillatli davlatimizda millatlararo totuvlik hamda
diniy bag‘rikenglik ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy
sharti qilib belgilandi.
Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik mamlakatimizda qurilayotgan
demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri sanaladi. Zotan, bag‘rikenglik
fuqarolar orasida totuvlikni ta’minlaydi, jamiyatda tabiiy ravishda uchraydigan
ijtimoiy farqlarning keskinlashuviga, ijtimoiy nizolarning yuzaga kelishiga yo‘l
qo‘ymaydi. Bugun nafaqat yurtimizda, balki butun Yer yuzida diniy bag‘rikenglik,
konfessiyalararo o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga
aylanmokda.
Bugun diniy bag‘rikenglikni, mamlakatimizda tinchlik, barqarorlikni yanada
mustahkamlashda turli konfessiyalarning tarixi, ta’limoti, ularning jamiyat
rivojidagi ahamiyatini o‘rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Aynan
bag‘rikenglik, sabr-bardoshli bo‘lish kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ko‘pgina
ixtiloflarni bartaraf etuvchi omillardan sanaladi.
Ma’lumki, diniy bag‘rikenglik g‘oyasi – turli dinlarga e’tiqod qiluvchi
kishilarning bir zamin, bir vatanda olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va
hamjihat bo‘lib yashashni anglatadi. Qadim-qadimdan din aksariyat milliy
qadriyatlarni o‘zida mujassam etib kelgan. Milliy qadriyatlarning asrlar osha
bezavol yashab kelayotgani ham dinning ana shu tabiati bilan bog‘liq. CHunki
samoviy dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik,
do‘stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik, poklik, mehr-oqibat va
bag‘rikenglikka chorlaydi.
O‘zbekistonda Islom dinining insonparvarlik falsafasi, buyuk g‘oyalari yosh
avlod yuragidan joy olishiga barcha sharoit yaratib berilgan. Boshqacha qilib
aytganda, farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy
to‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o‘gitlari, Yassaviy hikmatlari
asosida tarbiyalanmoqda.
Mamlakatimiz singari Sirdaryo viloyati ham ko‘p millatlidir. Viloyatimizda 70 dan
ortiq millat vakillari totuvlikda, o‘zaro hurmatda hayot kechirishmoqda.
Sirdaryoning eng katta boyligi shu yerda yashayotgan fidoiy insonlardir. Sirdaryo
injiq tabiatiga qaramasdan, irodali va eng muhimi mehr–oqibatli insonlar vataniga
aylandi. Sirdaryoda insonlarning millati, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar haqiqiy
insoniy do‘stlik muhim ahamiyatga ega. Bizda insonga uning millatiga qarab emas,
avvalambor, uning odamiyligiga qarab baho berishadi va shunga qarab
munosabatda bo‘lishadi.
Sirdaryoni o‘zlashtirishda o‘zbek G‘anisher Yunusov, Tursunboy Latipov, Lola
Erbo‘taeva bilan bir qatorda qirg‘iz Sattor Usmonov, Ahmad Qulbekov, qozoq
Qinibek Ukuboev, rus Ivan Andreevich Bezdetniy, tojik Niyozxol Qodirov singari
mehnat qahramonlari yelkama-elka turib mehnat qilganlar. Bir vaqtlar Mirzacho‘l
bo‘lgan bugungi Guliston, tom ma’noda, nomiga munosib turli millat vakillari
do‘stligi timsolidir.
Sirdaryoda bugungi kunda istiqomat qilayotgan millatlar o‘zlarini hech kimdan
kam emasliklari va bu yerda o‘zlarini to‘la huquqli deb his qilishlari uchun imkon
darajasida sharoitlar yaratilgan.
Ko‘p millatli viloyatimiz aholisi ichida musulmonlar, pravoslavlar, katoliklar,
yaxudiylar, koreys-protestantlar, arman apostol cherkovi vakillari va boshqa
konfessiyalar a’zolari bo‘lib, ularning diniy e’tiqodiga hech qanday monelik yo‘k,
aksincha, ularning vijdon erkinligiga doir xuquqlaridan foydalanishlari uchun
qonun doirasida barcha imkoniyatlar yaratib berilmokda. Jumladan, bugungi
holatga ko‘ra viloyatda jami 82 ta diniy tashkilot ruyxatga olingan bo‘lib, ularning
74 tasi O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakilligi va uning
tasarrufidagi masjidlar, qolgan 8 tasini noislomiy diniy tashkilotlar, ya’ni Koreys-
protestant, Rus-pravoslav va To‘liq Injil xristianlari cherkovlari tashkil etadi.
Millatlarlaro munosabatlardagi ibratli ko‘rinishlar yurtimizning yaxshi
kunlarida, bayramlarda ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi. Navro‘z bayrami va
Mustaqillik
bayramida
viloyatimizning
barcha
shahar
va
tumanlarida ajoyib tadbirlar tashkil etiladi. Ularda turli millat vakillari faol
ishtirok etishadi, ayniqsa, milliy-madaniy markazlar bayramga alohida tayyorgarlik
ko‘rishadi. Rus, Koreys, Azarbajon milliy-madaniy markazlari o‘zlarining milliy
liboslari, taomlari, ko‘y-qo‘shiqlari va boshqa o‘ziga xos ananalarini namoyish
etishadi. Qozoq va qirg‘iz milliy-madaniy markazlari qadimiy an’analariga ko‘ra
o‘tovlar tikib, bezatishadi, barchani milliy taomlar bilan to‘la dasturxonga taklif
etishadi. Baxshilar do‘mbira chertib, mustaqil yurtimizdagi baxtli va farovon
turmushni madh etishadi. Yoshlar esa kattalardan do‘stlikni qadrlash, o‘zaro
hurmatda ahil yashash, shu muqaddas zaminga sadoqatli bo‘lish, unga chin
yurakdan sidqidildan xizmat qilish kabi fazilatlarni qalblariga singdirib, ularni
namoyish etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |