12-mavzu: O’zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksi reja



Download 37,23 Kb.
bet1/7
Sana06.07.2022
Hajmi37,23 Kb.
#743374
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-маъруза


12-mavzu: O’zbekiston Respublikasi uy-joy kodeksi
REJA

  1. Uy-joy to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi.

  2. Uy-joy to’g’risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlar.

  3. O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi, uning maqsad va vazifalari, qo’llanilishi, tarkibi, mazmuni.

  4. Uy-joy to’g’risidagi qonun hujjatlarini qurilish sohasida qo’llashning huquqiy tartibi



1.Insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari orasida turarjoyga bo’lgan ehtiyoj eng birinchi va asosiy ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Zero, turar joyga nisbatan ehtiyoji qondirilmasdan turib, inson xotirjam hayot kechirish va o’zini erkin his qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
Fuqarolarning turar joyga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yangicha ko’rinish va mazmun kasb etganligini ta’kidlab o’tish joiz.
Qolaversa, bozor munosabatlari sharoitiga kelib, kishilardagi boqimandalik tuyg’usi barham topa boshlashi bilan birgalikda, davlatga tegishli bo’lgan turar joy binolarning katta qismi xususiylashtirildi.
1990-yil 31-oktabrda «O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida»gi va 1991-yil 19-noyabrda «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi qonunlarning qabul qilinishi iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichida huquqiy asos sifatida uy-joy munosabatlarini bozor qonuniyatlari asosida isloh qilishda asosiy va birlamchi huquqiy qadam bo’ldi.
Ushbu qonun hujjatlarining amalga kiritilishi natijasida xususiy mulkchilikka keng yo’l ochib berilishi va davlatga tegishli uy-joylarning shu uy-joylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga xususiylashtirib berilishi natijasida ilgari mavjud bo’lgan yagona uy-joy fondining arzimas qismini tashkil etgan xususiy uy-joy fondining hajmi va miqdori ortishi bilan birga, yangi mulkdorlar sinfi, ya’ni «xususiy uy-joy mulkdorlari» vujudga keldi.
Uy-joy huquqi deganda, huquq subyektlarining turarjoylarga nisbatan mulk huquqi, fuqarolarning turarjoylarda istiqomat qilishlari va davlat organlarining turarjoy sohasidagi vakolatlari bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari yig’indisi tushuniladi.
Uy-joy huquqi huquq sohasi sifatida fuqarolarning uy-joyga bo’lgan huquqlarini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar va institutlar tizimi hisoblanadi.
Uy-joy huquqining vazifalari quyidagi maqsadlardan kelib chiqib, uy-joy munosaballarini tartibga solish hisoblanadi:

  1. fuqarolarning uy-joyga bo’lgan huquqini ta’minlash;

  2. uy-joy fondini saqlash va yaxshilash;

  3. uy-joy munosabatlari sohasidagi qonunchilik va huquqiy targ’ibot.

Huquq sohasi sifatida uy-joy huquqi normalarini turli asoslardan kelib chiqib tizimlashtirish mumkin. Bunda tizimlashtirishning eng maqbul usuli bo’lib, munosabatlarni amaldagi Uy- joy kodeksi (UJK) da belgilangan asosda tartibga solish hisob­lanadi.

Download 37,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish