112
7. Набиев А. Тарихий ўлкашунослик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1979.-Б.166.
12-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari
Makaziy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati
Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat
arxivining tashkil topishi.
2. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat
arxivida saqlanayotgan fondlar.
3. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot
hujjatlari Markaziy davlat arxivining faoliyati.
1. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari
Markaziy davlat arxivining tashkil topishi.
Ikkinchi jahon urushidan so’ng butun
dunyoda arxiv hujjatlariga o‘zgacha yondashish kuzatildi. Endilikda ularga ijobiy
yondashish, arxiv madaniyati qonunlari bilan birga turli
sohalardagi arxivlarni
o‘zgacha bir obrazda gavdalantirish imkonini berdi. Bu esa arxivning demokratik
shaklini yaratishga yordam beradigan va uni izlaydigan insonlar sonini ko‘paytirdi
hamda ko‘plab insonlar o‘zlarining boshidan kechirgan va o’tmishi haqidagi
hikoyalari bilan tarix zarvaraqlarini boyita boshladilar. Nazariyachi olimlar Lari
Grossberg va Megan Morris ta’kidlab o‘tganidek,
kundalik hayotimizga hamma
narsaning bir zumda g‘oyib bo‘lib ketishdagi qo‘rquv hissi XXI asr uchun yangilik
emas (arxiv hujjatlarini demokratlashtirish bundan mustasno emas edi). Ko‘pchilik
olimlar esa og‘zaki tarixiy hikoyarning ma’lum vaqt o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib
ketishidan xavotirlana boshladilar. O‘z ilmiy izlanishlarini xotirlab Tina Camit ba’zi
olimlarning hamma narsa arxiv tarzda hisobga olinishi mumkinligidan xavotirda
ekanliklarini ta’kidlab o‘tadi (Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and
the writing of history). - London.2005.-P.5.).
Har bir narsada nafaqat hozirgi davr va o‘tmish orasida balki tuzumning
taqdiriga dahldor shaxslar va arxiv hujjatlari orasida
ham qandaydir bir dinamik
aloqalar mavjutdir. Olim Carolin Stedman arxiv hujjatlariga mavjud zamon
113
xarakteri ruhiyati ham ta’sir qilishi mumkinligini takidlaydi. Sobiq tuzumda olib
borilgan izlanishlar va undagi nazariyalar arxivning faqatgina oddiy manbaa emas,
balki
to‘liq huquqli tarixiy aktyor vazifasini bajarishini ham isbotlaydi. Mustabid
tuzum arxiv
hujjatlari imperiya qudrati, bosib olib hukmronlik qilishi va
gegemonlikni ko‘rsatib beruvchi oyna bo‘lib xizmat qiladi. Jorj Sanizares Esguerra
va Diana Taylor ispan tilida so‘zlashuvchi turli mamlakatlarda tarixiy yozma
manbaalarni jamiyatga qarshi
olib borilgan nohaqliklar, noqonuniy hatti
harakatlarni baholashga yordam berganligini ham ko‘rsatib beradilar
(Antonina
Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-
P.5-6.).
Arxiv hikoyalari faqatgina tarixdagi faktlarni dalil qilib ko‘rsatadigan manbaa
emas, balki, u tanlab olingan jilolanib ishlov berilgan insonlarning haqiqiy hayoti
aks ettirilgan asarlar to‘plami hamdir. Agar ko‘plab tarixchilar
birgalashib arxivlar
ustida ish olib bormasalar o‘z-o‘zidan ayonki tarix butunlay yo‘q bo‘lib ketishi
boshqacha qilib aytganda tarix halokatiga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki ular bizni
aynan o‘tmish bilan bog‘lovchi bir ko‘prik vazifasini bajaradi
(Antonina
Burton.Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-
P.8.).
1960-yillar boshida sobiq Ittifoq miqyosida tibbiyot
sohasini rivojlantirish,
yuqumli kasalliklar tarixini o‘rganish, ularga qarshi kurashishni tashkil etish va
ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida sovet hukumati tibbiyot hujjatlarini arxivda
saqlash va qabul qilish ishlarini amalga oshira boshladi. 1962-yili tibbiyot arxivi
birinchi bo‘lib O‘zbekistonda tashkil qilindi. Arxivga tibbiyot xodimi To‘xta
Usmonov direktor qilib tayinlandi. Arxiv xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot sahasidagi
tashkilotlarni boshqarib, ularning hujjatlarini qabul qilish va saqlashni nazorat qilish
bilan birga uslubiy yordamlar ham ko‘rsatdi.
1965-yili arxivda texnik hujjatlar bo‘limi tashkil etilib, xodimlari soni 8
nafarga etdi. Ilmiy-texnikaviy hujjatlarning ahamiyati
oshib borgani sababli arxiv
1965-yil 26-martdagi O‘zbekiston SSR Ministirlar Kengashining qaroriga binoan
tibbiyot va texnikaviy hujjatlar Markaziy Davlat arxiviga aylantirildi. Shundan
114
so‘ng, ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari davlat saqloviga
topshirishni tashkil
qilish tartibli amalga oshirilib, shu yilning o‘zida hujjatlarning umumiy soni 30
mingga yetdi.
1980-yil 18-dekabrda O‘zbekiston SSR tibbiyot va texnikaviy hujjatlar
Markaziy davlat arxivi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi
deb o‘zgartirildi.
Arxivda 1930- yillarga tegishli hujjatlardan tortib sovet davri va mustaqillik
yillariga oid hujjatlar saqlanadi. 2009-yilda arxiv jamg‘armasiga jami 4354 ta;
shundan 1501 ta boshqaruv; 1888 ta shaxsiy tarkib hujjatlari; 758 ta ilmiy va shaxsiy
fond egalarining 207 ta hujjatlari qabul qilindi. 2004-yilda mazkur arxiv o‘zining
yangi binosiga ko‘chib o‘tdi. Hozigi kunda arxivda 341 ta fond, 250000 ta saqlov
birligiga ega. Bundan tashqari 500 ga yaqin turli korxona va tashkilotlarning shaxsiy
tarkib hujjatlari saqlanadi.