Tok transformatorlarining tuzilishi
35 kV li ichki kurilmalar uchun tok transformatorlari quyma epoksid izolyasiyaga ega.
Birlamchi chulg‘am turiga ko‘ra g‘altakli (3 kV va undan kichik kuchlanishlar uchun), bir o‘ramli (62-rasm) va ko‘p o‘ramli transformatorlar bo‘ladi.
Bir o‘ramli transformatorlar 600 A va undan yuqori birlamchi tokka mo‘ljallab tayyorlanadi; kichik toklarda birlamchi chulg‘amining magnit yurutuvchi kuchi talab etilaigan klass aniqligida ishlash uchun etarli bo‘lmaydi.
600 A dan kichik toklarda TPL tipidagi ko‘p o‘ramli transforlar qo‘llanilib, ularning birlamchi chulg‘ami soni kerakli magnit yurituvchi kuchga qarab, aniklanadigan bir necha o‘ramlardan iborat.
Katta nominal birlamchi toklar uchun birlamchi chulg‘am vazifasini transformator ichidan o‘tuvchi shina bajaradigan tok transformatorlari qo‘llaniladi. Bu transformatorlar magnit o‘tkazgich bilan ikkilamchi chulg‘amlari ustiga quyilgan xalqasimon epoksidli blokdan iborat. Tok o‘tkazuvchi shina birlamchi chulg‘am xisoblanadi. Izolyasiyalovchi blokka ekranlovchi silumin xalka quyilgan bo‘lib, prujina yordamida shinaga elektr jihatdan ulangan. Bunday tok transformatorlariningelektrodinamik turg‘unligi shina konstruksiyasining chidamliligi bilan aniqlanadi.
Nominal toki 2000—5000 A bo‘lgan 10 kV li kurilmalarda o‘tuvchi shinali tok transformatorlari TPSHL qo‘llaniladi.
Tashqi kurilmalar uchun TFN tipidagi qog‘oz - moy izolyasiyali, chinni korpusda tayanch tipidagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi. Moy bilan to‘ldirilgan ichi bo‘sh chinni izolyatorlarda transformatorning magnit o‘tkazgichi bilan chulg‘amlari joylashtirilgan.
TFN transformatorlari 0,5 klass chulg‘amli bitta magnit o‘tkazgich rele muhofazasi uchun mo‘ljallangan chulg‘amli ikki uchta magnit o‘tkazgichga ega. Kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, birlamchi chulg‘amni izolyasiyalash shuncha qiyin, shuning uchun 330 kV va undan yuqori kuchlanishlarga kaskad tipidagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi. Transformatsiyaying ikki kaskadining bo‘lishi (chulg‘amli ikkita o‘zaklar) har bir pog‘ona chulg‘amlarining izolyasiyasini to‘la kuchlanishga hisoblamay, balki uning yarmiga teng qilib tayyorlash imkonini beradi. Transformatorning har bir pog‘onasi mustaqil konstruksiyaga ega. YUqori pog‘onaning birlamchi chulg‘ami transformatsiya koeffitsientini o‘zgartirish uchun ikki seksiyadan iborat. Ikkilamchi chulg‘amlar to‘rtta: ulardan biri 0,5 klassdagi o‘lchashlar uchun qolgan uchtasi rele muhofazasi uchun.
Qo‘sh transformatsiya tok transformatorlarining konstruksiyasini murakkablashtirib, xatosini oshiradi.
35 kV va undan yuqori kuchlanishli kurilmalarda bakli Uzgichlar yoki kuch transformatorlarining o‘tuvchi vtulkalariga joylashadigan tok transformatorlari keng qo‘llaniladi. Bunday transformatorlarning birlamchi chulg‘ami bo‘lib vtulka sterjeni hisoblanadi. Uncha katta bo‘lmagan birlamchi toklarda tok transformatorlarining aniqlik klassi 3 yoki 10 bo‘ladi. 1000—2000 A li birlamchi toklarda 0,5 klassida ishlash ham mumkin.
Tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘ami birlamchi hisoblangan tokka muvofiq transformatsiya koeffitsientini o‘zgartirish imkonini beruvchi otpaykaga ega.
O‘lchov kuchlanish transformatorlari. Kuchlanish transformatori yuqori kuchlanishni standart miqdor 100 yoki 100/ V gacha kamaytdrish hamda o‘lchash zanjiri bilan rele muhofazasini yuqori kuchlanishli birlamchi zanjirdan ajra tish uchun xizmat qiladi. 65-rasmda bir fazali quchlanish transformatorining ulanish sxemasi keltirilgan; bunda birlamchi chulg‘am tarmoqning kuchlanishiga, ikkilamchi chulg‘am ( kuchlanish) ga esa o‘lchash priborlari bilan relening g‘altaklari parallel ulangan. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ikkilamchi chulg‘amning chiqqichlaridan biri erga tutashtirilgan. Kuchlanish transformatori tok transformatoriga nisbatan salt ishlash rejimiga yaqin rejimda ishlaydi, chunki priborlar va relening parallel g‘altaklari qarshiligi katta bo‘lib, ular iste’mol qiladigan tok esa kichik.
Transformatsiyaning nominal koeffitsienti quyidagi ifodadan aniqlanadi:
bunda - nominal birlamchi kuchlanish; - nominal ikkilamchi kuchlanish.
O‘zakdagi magnit oqimining sochilishi va quvvatning yo‘qotilishi o‘lchashda xatolikka olib keladi:
Tok transformatorlaridagi singari, ikkilamchi kuchlanish vektori birlamchi kuchlanish vektoriga nisbatan aniq 180° burchakka surilmagan. Bu burchakli xatolikni aniqlaydi.
Nominal xatolik kattaligiga qarab 0,2; 0,5; 1; 3 aniqlik klasslari bo‘ladi.
Xatolik magnit o‘tkazgichning konstruksiyasi, po‘latning magnit singdiruvchanligi, ikkilamchi yuklama kattaligi va ga bog‘liq. Kuchlanish transformatorlarining konstruksiyasida kuchlanish bo‘yicha xatolikni birlamchi chulg‘amning o‘ramlar sonini biroz kamaytirish yo‘li bilan kompensatsiyalash ko‘zda tutilgan, shuningdek, burchakli xatolik maxsus kompensatsiyalash chulg‘ami hisobiga kompensatsiyalanadi.
Kuchlanish transformatorining ikkilamchi chulg‘amiga ulangan rele va o‘lchash priborlari chulg‘amlarining umumiy iste’moli kuchlanish transformatorining nominal quvvatidan oshmasligi kerak, chunki aks holda bu xatolikning ortishiga olib keladi.
Kuchlanish transformatorlari vazifasiga ko‘ra chulg‘amlarining turli sxemalarda ulanishi qo‘llaniladi. Uchta fazalarara kuchlanishni o‘lchash uchun ochiq uchburchaklik sxemasi asosida ulangan, ikkita bir fazali ikki chulg‘amli transformatorlar NOM, NOS, NOL ishlatish mumkin (66- rasm, a), shuningdek, chulg‘amlari yulduz shaklida ulangan uch fazali ikki chulg‘amli transformator NTMK qo‘llaniladi (66-rasm, b). Erga nisbatan kuchlanishni o‘lchash uchun Y0/Y0 sxema asosida ulangan uchta bir fazali transformatorlar, yoki uch fazali uch chulg‘amli transformator NTMI (66- rasm, e) ishlatilishi mumkin. Oxirgi holda yulduz shaklida ulangan chulg‘am o‘lchash priborlarini ulash uchun qo‘llaniladi, ochiq uchburchaklik asosida ulangan chulg‘amga erga tutashishdan saqdaydigan muhofazalovchi rele ulanadi. Xuddi shunday qilib uch fazali gruppaga ZNOM tipidagi bir fazali uch chulg‘amli transformatorlar va NKF kaskadli transformatorlar ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |