tovar aylanishi hajmi amaldagi narxlarda 5 ming 36 sо’mlikni tashkil qildi va 2,1 martaga,
solishtirma narxlarda esa 8,8 foizga о’sdi. Pullik xizmat 2,8 marta, maishiy xizmat 2,7 martaga
kо’payib jon boshiga 679 va 108 sо’mni tashkil etdi. Lekin shunga qaramasdan aholi jon boshiga
xizmat kо’rsatish hajmi О’zbekiston Respublikasi kо’rsatkichidan 2,2 marta kam bо’ldi.
1996-yilda aholiga 7,2 milliard sо’mlik iste’mol mollari sotilgan. Bu amaldagi narxlarda
1995-yildagiga nisbatan 2,1 marta kо’p. Tovar aylanishining jami hajmi 10,3 foizga yoki 350,5
million sо’mlikka kо’paydi. Tovar oborot hajmida davlat sektorining ulushi pasayib, nodavlat
sektoriniki о’sib bordi. Rasmiy savdo tarmoklariga nisbatan iste’mol va buyum bozorlarida holat
ancha yaxshilandi, jami tovar oborotida ularning ulushi 20 foizga yetdi.
Ijtimoiy sohada rivojlanish ta’min etildi, 1999-yilning birinchi yarmida aholi jon boshiga
kirim 17 ming sо’mni tashkil etdi. Shu davrdagi tovar aylanmasi 15286 million sо’mni tashkil
etdi. 1998-yilda ishchi-xizmatchilarning oylik maoshi 1,5 barobar oshdi.
Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 о’rin), 246 ambulatoriya poliklinika
muassasasi, ularning tarkibida 20 qishloq uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik
punkti, tuman markaziy poliklinika, 20 respublika va shahar hamda kasalxonalar bn birlashgan
20 po- liklinika. 3
bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qarashli poliklinika bor.
1991-2005-yillarda 61 qishloq vrachlik punkti; Nukus shahrida Respublika akusherlik va
ginekologiya institutining filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilishga mо’ljallangan)
qurildi. Q.da 3,6 ming vrach (har 10 ming aholiga 23,1 vrach. 15,5 ming о’rta tibbiy xodim (har
10 ming kishiga 98,7) faoliyat yuritadi. Har 10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 о’rin tо’g’ri
keladi. Aholiga О’zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus
shahridagi filiali,
shuningdek, 14 tuman markaziy kasalxonasi va Taxiatosh shahri kasalxonasi
qoshidagi tez tibbiy yordam bо’limlari xizmat kо’rsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi
«oilaviy poliklinika» sifatida faoliyat yuritadi. Nukus shahrida 1998-yildan Skrining markazi,
2003-yildan esa bir smenada 100 о’smirni qabul qilishga mо’ljallangan respublika о’smirlar
markazi ishlab turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya intining filiali, 4 tibbiyot kolleji
mavjud. 9 sanatoriy-profilak- toriy (1200 о’rin) faoliyat kо’rsatadi.
Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi - onalar о’limi soni
kamaydi.«Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bо’yicha
milliy
dastur» hamda «Yosh avlodni sog’lomlashtirish kompleks dasturi»ning ishlab chiqilganligi va
amalga oshirilganligi natijasida 1996-yilda onalar о’limi 1991-yildagiga nisbatan 4,4 marta,
chaqaloqlar о’limi esa 1,8 martaga kamaydi. Homilador ayollarning 56 foizi statsionarlarda
tug’ishgacha bо’lgan davolanishdan о’tkazildi.
Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya markazlari tashkil topdi. Tibbiy
xizmat tarmog’ini moliyalashtirishda davlat mablag’lari bilan birga nodavlat manbalaridan ham
foydalanilmoqda. Xо’jalik
hisobida, yakka tartibda, kooperativ usulda ishlaydigan tibbiyot
tarmoqlari kengayib bormoqsa. «Medtexnika», «Optika», «Tibta’minot» dorixona muassasalari
tо’la davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirildi. Biroq aholining kasallanishi kamaymadi.
Bu kо’rsatkich 1991-yilga nisbatan 26.3 foizga kо’paydi. О’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 18 yanvardagi «2017-2021-yillarda Orolbо’yi mintaqasini rivojlantirish
Davlat dasturi tо’g’risida»gi PQ-2731-sonli Qaroriga asosan 2017-2021-yillarda Orolbо’yi
mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi.
Moliya vazirligi huzuridagi Orolbо’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
hisobidan 2018-yilda Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati bо’yicha
obyektlarni
qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash manzilli dasturiga asosan, 2018-yilda jami 370
ta obyektda, jumladan Qoraqalpog’iston Respublikasi bо’yicha 224 ta (umumiy qiymati – 149,3
mlrd sо’m), Xorazm viloyati bо’yicha 146 ta (umumiy qiymati 85,4 mlrd sо’m) obyektlarda
qurilish, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilishi kо’zda
tutilib, ushbu maqsadlar uchun jami 234,7 mlrd sо’m mablag’ ajratilishi rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 2 avgust kuni «Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashitirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish
tо’g’risida»gi (Jasliq qо’rg’onida joylashgan) qarorni imzoladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 20 avgust kuni Qoraqalpog’istonda bо’ldi.
Prezidentning о’tgan-yilgi tashrifi davomida berilgan kо’rsatmalar
asosida hukumatning
Mо’ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi qabul qilingan. Unda 2019-
2021-yillarda jami 1 trillion 485 milliard sо’mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi
belgilangan.
Qisqa vaqt ichida qator obyektlar foydalanishga topshirildi. Jumladan, 800 о’rinli
amfiteatr va davlat xizmatlari markazi qurildi, madaniyat markazi va stadion, «Bozatov» ovul
fuqarolar yig’inidagi oilaviy poliklinika rekonstruksiya qilindi.
Iyul oyida «Mо’ynoq porloq teks» mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tikuvchilik
korxonasi ishga tushirildi. 350 ta ish о’rni yaratildi.
Zamonaviy mashinalar о’rnatilgan mazkur korxona-yiliga 1
million dona tayyor
tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirda choyshab va
kо’rpajildlar, maxsus ish formalari tikilmoqda. Shu yerda savdo dо’koni tashkil etilgan. Yangi
qurilayotgan uylardan korxona ishchilari uchun xonadonlar ajratilgan.
Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyati bilan tanishdi, ishchi xotin-qizlar bilan
suhbatlashdi. Mо’ynoqdagi о’zgarishlarni, sizlarning kо’zlaringizdagi rozilikni kо’rib juda
xursandman.
Bu – uzoq-uzoq hududlarga borib qilayotgan ishlarimiz natijasi.
Agar kimdir bizning
islohotlarimizga shubha qiladigan bо’lsa, Mо’ynoqqa kelib kо’rsin, - dedi Prezident.
2020-yil 1 avgust kuni Nukus shahrida О’zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov (73
yosh)ning vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimi bо’lib о’tdi.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila a’zolariga,
xalqimizga chuqur hamdardlik bildirdi. U 18-yil davomida Qoraqalpog’iston Respublikasi
Jо’qorg’i Kengesining Raisi deb atalmish о’ta mas’uliyatli va sharafli vazifada samarali faoliyat
olib borgan. Musa Yerniyazov О’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining
о’rinbosari sifatida mamlakatimizning barcha hududlarini rivojlantirish uchun muhim qonunlarni
ishlab chiqish va amalga oshirishga katta hissa qо’shgani yodga olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: