12-mavzu. Mustaqillik-yillarida qoraqalpog’iston respublikasi reja



Download 438,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana11.01.2023
Hajmi438,68 Kb.
#898775
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-мавзу

Totalitarizm va Qoraqalpog’iston. 
XX asr boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
hayotida katta о’zgarishlar yuz berdi. 1925-yil 16-fevralda Turkiston ASSRning Amudaryo 
viloyati va Xiva xonligining Xо’jayli hamda Qо’ng’irot tumanlari hududida Qozog’iston ASSR 
tarkibida Qoraqalpog’iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930-yil 20-iyuldan RSFSR 
tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi. 
Qoraqalpoqdar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar-yili sifatida abadiy qoldi. 
Chunki shu-yili 5 dekabrda ular о’z taqdirlarini О’zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi 
va tanlagan yо’lining istiqbolli ekanligini kо’rsata bildi. 
О’zbekiston о’zining davlat mustaqilligini qо’lga kiritgach, Qoraqalpog’iston Avtonom 
Respublikasi mustaqil О’zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi maqomini 
oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan о’zbek xalqi о’rtasida 


dо’stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida 
mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbо’yi kengliklarida qadimiy о’zbek va qoraqalpoq 
ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. О’zlarining taraqqiyot yо’llarini bosib о’tishdi. 
Qadimiy turkiylarning ikki qavmi-yillar mobaynida haqiqiy og’a-inichilik fazilatlarini 
kо’rsatdilar, о’zaro munosabatlarni chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma’naviy-ruhiy yaqinligini 
belgilaydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning о’zaro yaqinligi edi. 
Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib keldi. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy 
madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondoshu qondosh bо’lgan har ikki millat uchun 
tarixiy ahamiyatga ega bо’lgan an’analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona 
iqtisodiy makon vujudga keldi. 
О’zbekiston tarkibida о’tgan 85-yillik tarix qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy о’zgarishlar 
davri bо’ldi. Madaniy va ma’naviy ravnaq, san’at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xо’jaligi va 
sanoat ishlab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh о’zbek xalqining beg’araz yordami, 
kо’magi bilan dunyoga keldi. 
Biroq yaqin qо’shnichilik, qardoshlik va dо’stlik har ikki xalq uchun qanchalik qimmatli 
bо’lmasin, yaqin qо’shnichilik singari yuksak insoniy fazilatlar asrlar sinovidan о’tib, og’ir 
kunlarda eng ishonchli qurol bо’lib xizmat qildi. Sovet hokimiyati-yillaridagi ma’muriy- 
buyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliy siyosat, «ulug’ og’a»larga xos yuzaki 
«millatparvarlik» bu makon xalqlarining munosabatlariga rahna sololmadi. 
Qoraqalpoq va о’zbek xalqi bir necha о’n-yilliklar mobaynida tо’planib qolgan 
muammolarni hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirishda о’z 
an’analaridan unumli foydalanish yо’lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir ekanligini, 
ularni mushtarak orzular, yagona intilish birlashtirib turganligini ochiq-oydin kо’rsatdilar. 
Tarixan turli davrlarda turli siyosiy о’zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan dо’stlik va 
qardoshlik munosabatlari bunga asos bо’ladi. 
Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik xalqlarga bо’lgan 
e’tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog’iston sobiq Ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past 
bо’lgan о’lkaga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muammolar 
ustiga muammolar tо’plandi. Ekologik halokat yuzaga keldi. Amudaryo suvining ifloslanishi va 
Orol dengizining qurishi bilan bog’liq bо’lgan jiddiy muammolar paydo bо’ldi. 
Tо’planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyot borasidagi 
muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yо’l tanlandi: yagona zamin, yagona makonda 
yashab kelgan о’zbek va qoraqalpoq xalqlari о’z taqdirlarini abadiy birlikda kо’rishdi. 
Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom ma’nodagi siyosiy va 
iqtisodiy mustaqillikka о’zbek xalqi kо’magida erishdi va о’zining porloq kelajagini yaratishga 
kirishdi. Uning ulkan orzu-umidi bekamu kо’st amalga oshadigan bо’ldi. 

Download 438,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish