12-mavzu. Mustaqillik-yillarida qoraqalpog’iston respublikasi reja


Qoraqalpog’iston Respublikasida ta'lim, fan va madaniyat



Download 438,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana11.01.2023
Hajmi438,68 Kb.
#898775
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-мавзу

Qoraqalpog’iston Respublikasida ta'lim, fan va madaniyat. 
Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy madaniyati, jozibali san’ati, 
mumtoz adabiyoti, qadriyatlari udum va an’analari olamga mashhurdir. Mustaqillik tufayli 
qoraqalpoq xalqi juda ko’p qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo’ldi. Adolat va 
tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Yernazar Olako’z, Ollayor Do’stnazarov singari xalq 
qahramonlarining jasoratli, o’t yurakli qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi. 
Milliy madaniyat va ma'naviyatning qaror topishiga, qoraqalpoq xalqining klassik 
shoirlari Berdaq, Ajiniyoz bobolar ijodiy meroslarining to’la tiklanishiga, aziz xotiralarining 
ulug’lanishiga yo’l ochib berildi. Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To’lepbergen Qaibergenov, 
Tilovbergen Jumamuratov kabi Qoraqalpoq yozuvchi va shoirlarining asarlari xalqlarimiz 
ma'naviy xazinasidan munosib joy oldi. Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar 
O’zbekiston fani rivojiga juda katta hissa qo’shdilar. Mustaqillik-yillarida Qoraqalpog’iston 
madaniy hayotida ham jiddiy o’zgarishlar haqida gap ketganda, avvalo xalq ta'limi tizimida yuz 
bergan o’zgarishlarni ta'kidlash o’rinli. 
Bugungi kunda respublika xalq ta'limi tizimi milliy uyg’onish, ijtimoiy-iqtisodiy va 
ma'naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol oynamoqda. Respublikada yangi tipdagi o’rta 
umumta'lim muassasalari – litseylar, gimnaziyalar va alohida fanlarni chuqurlashtirilgan holda 
o’qitiladigan maktablar, biznes maktablar, kollejlar va boshqalar tez rivojlanmoqda. Hozirgi 
vaqtda Respublikada 25 tadan ziyod maktab va maktab internatlarda o'quvchmarning fanlarni 
o’rganishga bo’lgan qiziqishlari asosida muayyan fanlarni chuqur o’rgatishga yo’naltirilgan. 
Bundan tashqari qator maktablarda ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan. 
Hozirgi paytda respublikada 763 ta umumta'lim maktabi, 405 ta maktabgacha ta’lim 
muassasasi, 91 maktabdan tashqari ta'lim muassasasi (shundan 28 tasi bolalar sport maktabi) 
faoliyat ko’rsatmoqda. Bolalarga xorijiy tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san'atini, 


kompyuter savodxonligi asoslarini o’rgatuvchi guruhlar tashkil etildi. 
Milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga, gilam to’qish, keramika buyumlari tayyorlash, 
ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar egalarini tayyorlashga ahamiyat berila boshlandi. 
Istiqlol-yillarida Respublikada oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashga ham alohida e'tibor 
qaratildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat Universitetida bugungi kunda 33 ta 
mutaxassislik bo’yicha bakalavrlar, 15 ta mutaxassislik bo’yicha esa magistrlar tayyorlanmoqda. 
O’ziga xos tarixga ega bo’lgan Ajiniyoz nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy 
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur o’quv yurtining 15 ta fakultetida 4 ming 402 
ta talaba ta'lim olmoqda. O’lkada sog’liqni saqlash sohasidagi kadrlarni tayyorlash borasida ham 
muayyan ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Respublika sog’liqni saqlash muassasalarining tibbiyot 
xodimlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1991-yilda Nukusda Toshkent Pediatriya 
tibbiyot institutining Qoraqalpog’iston filiali tashkil etildi. Bugungi kunda Respublikada 
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti va 
San’atshunoslik institutlarining Nukus filiallari ham faoliyat yuritmoqda. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri qiyinchiliklariga qaramay respublika hukumati xalq 
ta'limi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko’rmoqda. 
Istiqlol-yillarida fan sohasida ham sezilarli o’zgarishlar bo’ldi. 1992-yilda O’zbekiston 
Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq filialiga O’zbekiston Respbulikasi FAning 
Qoraqalpoq bo’limi maqomi berildi. Uning tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bo’lgan bo’lsa, 
yana ikkita institut qo’shildi. «Tarix, arxeologiya va etnografiya» hamda «Bioekologiya» 
institutlari ham shu bo’lim tarkibiga kirdi. Botanika bog’i bo’linmasiga esa bo’lim maqomi 
berildi. 1994-yilda esa Fanlar Akademiyasi tarkibiga O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligiga 
qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi. Fanlar Akademiyasi tashkil etgan 
bunday tadbirlar olimlarga tibbiy va ijtimoiy fanlarni yanada rivojlantirish, xalq xo’jaligi va 
madaniyatini yuksaltirishda muayyan muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritishga yordam berdi. 
Qoraqalpoq tilida erishilgan yutuqlar hamda to’rt jildlik «Qoraqalpoq tilining izohli 
lug’ati»ni yaratishdagi xizmatlari uchun Fanlar Akademiyasining 4 nafar ilmiy xodimi 
(M.Qalandarov, R.Yesemuratova, T.To’raboyev, D.Qozoqboyev) 1996-yilda O’zbekiston 
Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar. 
1992-yilda O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi fanlari akademiyasining 
Qoraqalpoq bo’limi tashkil etildi. Uning tarkibiga Sh.Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari 
instituti hamda sholichilik va chorvachilik institutlarining filiallari kiritildi. Nukusda O’rta Osiyo 
irrigatsiya ilmiy tekshirish institutining bo’limi faoliyat ko’rsatmoqda. Respublikada oliy o’quv 
yurtlari ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Keyingi-yillarda Toshkent olimlari 
ko’magida katta miqdordagi yuqo’li malakali mutaxassislar tayyorlandi. Respublikadagi 60 nafar 
fan doktori va 600 nafar fan nomzodidan deyarli 30 foizi O’zbekiston mustaqilligi-yillarida ilmiy 
daraja oldilar. Ilgari Fanlar Akademiyasi haqiqiy a'zoligiga saylangan Ch.A.Abdirov, 
S.K.Kamolov, A.B.Baxiyevlar qatoriga T.Yeshanov, A.Dauletov, U.Hamidov va J.Bozorboyev 
ham qabul qilindilar. 1997-yilda esa ikki nafar rassom (J.Izentayev ya J.Quttimuratov) 
O’zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandilar. 
Respublikada yuqori malakali kadrlar o’sishida, ayniqsa, ijtimoiy fanlar sohasida 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tarix va arxeologiya, 
etnografiya, til va adabiyot bo’yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiluvchi 
ixtisoslashgan Kengashlarning tashkil etilayotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Respublika 
olimlari keyingi-yillarda chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib 
bormoqdalar. Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo’limi «Bioekologiya» instituti 
xodimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993-yildan beri Orolboyi ekologiyasi 
muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. 1995-yilda Mo’ynoqda Germaniya 
Federativ Respublikasi yordamida «Bioekologiya» institutining xalqaro ekologiya stansiyasi 
ochildi. «Tarix, arxeologiya va etnografiya» instituti Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari 
hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib bormoqdalar. 
Mustaqil O’zbekiston va Qoraqalpog’istonning dolzarb masalalari respublika shoir va 


yozuvchilari ijodida katta o’rin egallaydi. O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi 
To’lepbergan Qaipbergenov qatoriga yangi nomlar kelib qo’shildi. Saginbay Ibrohimov, 
Kenesboy Rahmonov kabi shoirlar, Guloysha Yesemuratova, O’zarboy Abdurahmonov, 
Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasidandir. 
2000-yil aprel oyida Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasida 1999-yilda yaratilgan 
badiiy asarlar muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilish bo’ldi. Unda eng yaxshi asarlarga 
Qoraqalpoq Yozuvchilar uyushmasining mukofoti berildi. Jumladan, Davlatmurod Karimov 
«Qur'oni Karim»ni o’zbek tihdan Qoraqalpoq tiliga tarjima qilgani uchun, Gulchehra 
Rahimova mustabid tuzum qurbonlari haqidagi qissasi uchun va Minayxon Jumanazarova 
«Cho’lpon» nashriyotida chop etilgan «Qalbingizda qolgim keladi» she'rlar to’plami uchun 
mazkur mukofotga sazovor bo’ldilar. Ayniqsa, 1999-yil 4-mayda O’zbekiston Prezidentining 
Farmomg’a ko’ra T.Qaipbergenov va I.Yusupovning «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlanishi 
respublika hayotida katta voqea bo’ldi. 
1993-yil yanvarda Toshkentda Qoraqalpog’iston madaniyati kunlari, noyabr oyida esa 
Qoraqalpog’istonda Toshkent madaniyati kunlari o’tkazildi. Xuddi shuningdek, 2000-yil iyun 
oyida Qoraqalpog’istonda Toshkent shahri va Xorazmdan kelgan madaniyat xodimlari va 
ijodkorlar ishtirokida ma'naviyat kunlari o’tkazildi. Dekabr oyida esa Toshkentda 
Qoraqalpog’iston madaniyati kunlari uyushtirildi. Bu tadbirlar Nukus va Toshkent madaniyat 
xodimlari faoliyatini bir-birlariga yaqinlashtirdi. 
1996-yilda Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta «Oyjamol» nomli 
Qoraqalpoq baleti (N.Muhammedinova musiqasi, T.Xodjayev asari) sahnalashtirildi. 1996-yilda 
O’zbekiston mustaqiligining 5-yilligi oldidan o’tkazilgan «O’zbekiston - Vatanim manim» 
qo’shiq-tanlovida yosh qo’shiqchi Roza Kutekeyeva «Mustaqillik gullari» qo’shig’i bilan 
ishtirok etib, faxrh ikkinchi o’rinni oldi. Shu-yili yana Amir Temur rolining eng yaxshi ijrosi 
uchun tanlovida Berdaq nomidagi drama teatri artisti Bozorboy Uzoqberganov qatnashib, 
birinchi o’rinni oldi. Bu misollar Qoraqalpog’iston san'atkorlari mustaqillik- y i l larida 
erishgan muvaffaqiyatlardan dalolat beradi. Qoraqalpog’iston san'atida erishilgan 
muvaffaqiyatlarni keng targ’ib etishda Rassomlar uyushmasi, I.V.Savitskiy nomidagi San’at 
muzeyi, Tarix- o’lkashunoslik muzeyi hamda Jangovor va mehnat shuhrati muzeylari katta 
ishlarni olib bormoqda. Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashining «Erkin 
Qoraqalpog’iston», «Qoraqalpog’iston xabarlari» gazetalari, yozuvchilar uyushmasining 
«Amudaryo» jurnali, «Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo’limi xabarlari» 
ilgarigidek muntazam chiqarilmoqda. 1991-yildan respubikada hukumatga qarashh bo’lmagan 
«Orol qizlari» jumali chop etila boshladi. Istiqlol-yillarida Nukus shahrining 60-yilligi, To’rtko’l 
shahrining 120-yilligi, Ajiniyoz Qosiboy o’g’lining 170-yilligi, Amir Temurning 660-yilligi keng 
nishonlandi. Bular O’zbekiston va Qoraqalpog’iston tarixidagi eng muhim voqealar, o’zbek va 
qoraqalpoq xalqlari o’rtasidagi do’stlik ramzidir. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov Nukus shahrining 60-yilligi bayramida: «O’zbekiston taqdiri, bu - Qoraqalpog’iston 
taqdiridir, o’zbek xalqining taqdiri, bu - qoraqalpoq xalqining kelajagidir» degan otashnafas 
so’zlari qoraqalpoq xalqi xotirasida abadiy saqlanib qoladi. Bugun Qoraqalpoq xalqi shuni yaxshi 
biladiki, uning amaldagi suvereniteti, mustaqilligi faqat O’zbekiston bilan birga bo’lgandagina 
ta'minlanishi mumkin. Shuning uchun ham Qoraqalpoq xalqi o’z taqdirini o’zbek xalqi va 
O’zbekiston bilan abadiy bog’lagan. 
Q.da 5 respublika, 14 tuman, 1 shahar (Nukus), 20 tarmoq gazetalari, 2 byulleten va 9 
jurnal nashr etiladi. Shulardan yiriklari: «Yorqin Qaraqalpaqstan» (1924-yildan), «Вести 
Каракалпакстана» (1919-yildan), «Qaraqalpaqstan jaslari» (1931-yildan), «Amu tongi» (1991-
yildan), «Ustoz jo’liy» (1998), «Гарезсизлик хэм иызам» (1996-yildan), «Davr ko’zgusi» (1978-
yildan), «Madaniyat xem sport» (1997-yildan), «Amudaryo» (1932-yildan), «Вестник» (1960-
yildan), «Aral qыzlari» (1991-yildan), «Илим хэм жэмийет» (1991-yildan), «Saniyat» (2003-
yildan), «Экономика хэм банк» (2003-yildan), «Qaraqalpaqstan» (2002-yildan), «Билим хэм 
ондирис», «Жипек жолы» (1999-yildan).radiosining eshittirishlari 1932-yil yanvarda 
boshlangan. Dastlab radioeshittirishlar qisqa axborotlar tarzida tashkil qilingan. 1935-yilda 


ularning hajmi 3 soatgacha yetkazilgan. Hozirgi kunda Q. radiosi kuniga 6,5 soat hajmda 
eshittirishlar olib boradi. 
Qaraqalpaqstan. televideniyesi dastlab 1964-yil 5 noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati 
davrida kо’rsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilgan. Hozirgi kunda ertalab 1,5 soat va 
kechki payt soat 19:00 dan yarim tungacha, dam olish kunlari telekо’rsatuvlar olib boriladi. 
1970-yilning о’rtalariga kelib yosh qoraqalpoq kino san’ati rivojlana boshladi. 1990-yil 
aprelda ushbu filial bazasida Nukus shahrida «Qoraqalpoqfilm» kinostudiyasi vujudga keldi. 
T.Kalimbetovning «Qalpoqcha» (1990), «Qaytish» (1992) kabi dastlabki badiiy qisqa metrajli 
filmlari yaratildi. A.Sultonov ssenariysi asosida «Elim degan er edi», «Ayriliq» kabi hujjatli 
filmlari ekranga chiqdi. Ekologiya, Afg’on urushi, Xо’jayli arxitekturasi, MDH prezidentlarining 
uchrashuvi mavzularida filmlar yaratildi. 2002-yilda ishlangan «Ona» filmi Buxoro 
kinofestivalining maxsus mukofotiga sazovor bо’ldi. 2003-yil iyul oyida Insbruk shahrida 
(Avstriya)da о’tkazilgan 12-Xalqaro kinofestivalida «Otabegi» hujjatli filmi qatnashdi. 2004-yil 
noyabr oyida Gollandiyada о’tkazilgan 10-xalqaro kinofestivalida qatnashtan «Quduq» hujjatli 
filmi shu oyning о’zida Bilbao (Ispaniya) shahrida о’tkazilgan Xalqaro kinofestivalida 
festivalning eng yaxshi rejissura uchun kumush sovriniga ega bо’ldi. 
Q. sportchilari sportning kurash, boks, futbol, og’ir atletika, voleybol, basketbol, ot sporti 
turlari va b. bо’yicha mamlakat musobaqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Q.da 14 stadion, 467 
sport zali, 3159 sport maydonchasi, 3 suzish havzasi, tennis kortlari va b. sport inshootlari bor. 
Bir qancha qoraqalpoq sportchilar О’zbekiston, Osiyo, jahon sport musobaqalarida qatnashib, 
g’oliblikni qо’lga kiritganlar yoki sovrinli о’rinlarni egallaganlar. Q. sportchilari «Umid nihollari», 
«Barkamol avlod», talabalar universiadalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. 
Muaytay bо’yicha 5 karra jahon chempioni Erkin Qutiboyev, og’ir atletika bо’yicha Osiyo 
chempioni Baxtiyor Nurullayev, Olimpiada о’yinlari kumush medali sovrindori Sergey 
Sirsovning nomlari mashhur. 12-Osiyo о’yinlarida boks bо’yicha Alisher Avezboyev, futbol 
bо’yicha Berdax Allaniyazov, eshkak eshish bо’yicha Baxtiyor Davletyarovlar g’oliblikni 
qо’lga kiritdilar. Respublikada xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1 
toifadagi sportchilar tayyorlanadi. 

Download 438,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish