12-mavzu: Lug’aviy va semantik uslubiy me’yorlar Reja: Lug’aviy me’yor-soʻz tanlash imkoniyati. Semantik-uslubiy me’yor haqida ma’lumot



Download 29,05 Kb.
bet2/3
Sana02.03.2022
Hajmi29,05 Kb.
#479633
1   2   3
Bog'liq
14-mavzu; Lug‘aviy va semantik uslubiy me’yorlar

Morfologik tamoyil
Nutqdagi soʻz va affikslar qanday aytilishiga koʻra emas, balki ularning butunligiga yoki variantlaridan birini tanlab olish asosida yozish morfologik tamoyil deyiladi. Morfologik tamoyil soʻz va morfemalarni adabiy tilda muqim shakllarida saqlash va yozishga koʻmaklashadi, yozuvda bir xillikni ta’minlaydi.
Masalan, uchta soʻzi ushta, kelib turibdi soʻzi kep turipti tarzida aytiladi. Ammo ular asliga muvofiq uchta, kelib turibdi deb yoziladi. Yoki -lar affiksining -la, -lor, -nar tarzida aytili-shiga qaramay, uning butunligiga koʻra -lar shaklida yoziladi. Fe’lning infinitiv shakli -moq, shuningdek, qoʻshimchalarning deyarli hamma shakli morfologik tamoyil boʻyicha yoziladi: Egalik affikslari: -im, -ing, -i, kelishik afikslari: -ning, -ni, -da, -dan (joʻnalish kelishigi bundan mustasno), soʻz yasovchilar ham turlicha aytilishdan qat’iy nazar, imloda oʻzining bir xil morfologik shaklini saqlagan holda yoziladi. Koʻrinadiki, morfo-logik tamoyil oʻzbek orfografiyasining yetakchi tamoyili boʻlib hisoblanadi.
Tarixiy-an’anaviy tamoyil
Soʻzlarning hozirgi talaffuz normasiga mos kelmaydigan, qadimdan oʻzlashib qolgan shaklda yozilishi tarixiy-an’anaviy tamoyil deyiladi. Boshqacha aytganda, soʻzlar hozirgi holatiga koʻra emas, balki an’ana tusiga kirib qolgan qoidaga koʻra yoziladi: Chor Rossiyasi, pudratchi, fahm, rahm kabi.
Hozirgi orfografiyada tarixiy-an’anaviy tamoyil asosida yoziluvchi ba’zi shakllar quyidagilar:
1. Buyruq-istak mayli (-gin) mumtoz adabiyotimizda qoʻllanib kelgan an’ana (she’riyat talabi)ga koʻra -gil, -g’il tar-zida ishlatiladi: borgil || borg’il.
Meni kutgil va men qaytarmen (K.Simonov)
Bas, yetar, cholg’uvchi, bas qil sozingni,
Bas, yetar koʻksimga urmagil xanjar (A.Oripov).
2. Maqsad ma’nosini anglatuvchi -gani shaklining -gali, -g’ali, -kali, -qali shakllari:
Koʻrgali keldingmu yor,
Kuydirgali keldingmu yor (qoʻshiq).

  1. Hozirgi-kelasi zamon sifatdosh shaklini yasovchi -ur shakli:

Yulduzlar oʻtiga bardosh berurman
Fazolar taftiga qilurman toqat (A.Oripov)

  1. -mu shakli:

Sevgini tortib boʻlurmu
Toshu tarozi bilan (E.Vohidov)
Qora qoshing oy yuzingda hilol emasmu (P.Moʻmin)
5. Navoiy, Fidoiy, Atoiy kabi soʻzlar arab tilining qoidasini oʻzlashtirish asosida orfografiyamizga kirib kelgan.

Download 29,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish