6. Korrupsiyaga qarshi kurashdagi muammolar. Korrupsiyaga qarshi kurashdagi muammoning mohiyati haqida Jeyms Medison:«Agar odamlarni farishtalar boshqargan bo‘lsa, tashqi va ichki hukumat ustidan nazoratga ehtiyoj qolmas edi. Ammo odamlar odamlarni boshqaradigan hukumatni yaratishda asosiy qiyinchilik shundaki, avvalambor, hukmdorlarga boshqariladiganlarni boshqarish imkoniyatini berish kerak; ammo bundan keyin hukmron organlarni o‘zlarini nazorat qilishni majburlash kerak »3,–deb yozgan edi. Korrupsiyaning oldini olishning eng muhim omillaridan biri bu jinoyat qonuni hisoblanadi. Amalda, aksariyat mamlakatlardagi qonunlar fuqarolik erkinliklari va qarama-qarshiliklarini bostirish uchun qonunchilikni tanlab tatbiq etish xavfini yo‘q qilish uchun jinoiy javobgarlik deb hisoblanadigan korrupsiya turlarini izohlash uchun yetarlicha tor doirani tashkil etadi. Shuning uchun, masalan, rasmiy shaxsga ta’sir o‘tkazish niyati bo‘lgan taqdirda, sovg‘ani pora deb hisoblash mumkin. Agar mansabdor shaxsga prinsipial ravishda sovg‘alarni qabul qilish taqiqlanmagan bo‘lsa, unda odatda pora faktini isbotlash qiyin. Bundan farqli o‘laroq, xodimning mablag‘larini o‘zlashtirishni maqsad qilgan-qilmaganligidan qat’i nazar, pulni o‘g‘irlash ko‘pincha zarar borligida isbotlangan hisoblanadi.
Yana bir qiyinchilik, ayniqsa ko‘pchilik odamlar pora beradigan keng ko‘lamli korrupsiya psixologiya va o‘yin nazariyasida "mahbuslar dilemmasi" sifatida tanilgan. Bir tomondan, agar hamma pora berishni to‘xtasa, unda ularning barchasi bundan foyda ko‘rishadi. Ammo, agar faqat bitta xususiy shaxs pora olishdan bosh torsa, u holda u o‘zini o‘ta noqulay sharoitga soladi. Va nihoyat, yuqorida aytib o‘tilgan korrupsiya bozorlarining barqarorligi jiddiy muammo tug‘diradi.
2-§. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy
taktik usul va strategik yo‘nalishlari
1. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning zarurligi. «Qizil imperiya» maqomini olgan SSSR parchalanib ketgandan so‘ng,uning o‘rnida paydo bo‘lgan mustaqil mamlakatlarda hokimiyat uchun sobiq kommunistlar,liberal demokratlar,din mutassadilari,uyushgan jinoyatchilar o‘rtasida kurashlar boshlanib ketdi. Natijada,mamlakatimizda ham uning mustqilligiga,davlat suverinitetiga,fuqarolarning tinch-osuda yashashlariga tahdid soluvchi ko‘pgina noxush voqealar sodir bo‘ldi. Bu voqealarning ortida qanday bo‘lmasin hokimiyatni qo‘lga kiritib, davlat mulkini o‘zining shaxsiy-xususiy mulki qilib olishga harakat qilayotgan «kimsa»lar,ya’ni xalq tili bilan aytganda mafiyalashgan korrupsionerlar turar edi. Demak,ularning asosiy maqsadi – qanday qilib bo‘lmasin hokimiyani egallab olish,uni boshqarish uchun berilgan vakolatlardan o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali katta bitmas-tugalmas boylikka ega bo‘lishdan iborat bo‘lganligi hech kimga sir emas edi. Afsuski,ularning manfur maqsadlari amalga oshmay qoldi. Xalq irodasi bilan uning haq-huquqlarini himoya qiluvchi huquqiy davlatni amalga oshirish tamoyillariga asoslangan davlat hokimiyati shakllantirildi. Davlatning o‘zi xalqning manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda keng qamrovli islohotlarni boshlab yubordi. Shulardan biri korrupsiyaga qarshi kurashishdan iboratdir.
Korrupsiyaning keng tarqalganligi va uni tag-tomiri bilan yo‘q qilishning ilojini topish qiyinligini ko‘zda tutib, uni –«xalqaro ofat» deb atash mumkin. I.A.Karimov korrupsiyaning paydo bo‘lish sabablari va uning keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlari haqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi. «Jamiyatda jinoiy "xufѐna iqgisodiyot"ning mavjud bo‘lishi uyushgan jinoyatchilikni keltirib chiqaradi. Davlat hokimiyati tuzilmalarining turli bo‘g‘inlari va turli darajalari vakillari ham uning yo‘ldan ozdiruvchi ta’siriga tushib qoladi. Korrupsiya vujudga kelib, u eng avvalo, uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanadi. Bu esa jinoyatchilik va korruppiya jamiyatga keltiradigan salbiy oqibatlar tu-fayli jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdiddir.
Korrupsiyaning mamlakatimizning xavfsizligiga solaѐtgan tahdidlari quyidagalardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |