12-Mavzu: Korrupsiya –global muammo sifatida 1-§. Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi falsafiy paradigmalar



Download 84,98 Kb.
bet3/15
Sana26.05.2023
Hajmi84,98 Kb.
#944210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
10-Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari

1. Ichki nazorat. Bunga davlat boshqaruv apparatida mavjud bo‘lgan ichki mexanizmlar va rag‘batlantirish omillari kiradi. Bularga mansabdor shaxslarning o‘z vazifalarini bajarishi uchun aniq standartlarning ishlab chiqilganligi va uni bajarish yuzasidan xodim ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishni ta’minlashning mavjudligi kiradi. Nazoratni ta’minlash uchun ko‘pincha avtonom ishlaydigan maxsus bo‘limlar tashkil qilinadi. Masalan, huquqni muhofaza qilish idoralari ko‘pincha ijro etuvchi hokimiyat rahbariga, shuningdek byurokratik apparatga bo‘ysunsada, ammo shu bilan birga sezilarli darajada ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha o‘z vakolotlariga ega bo‘ladi. Shu tufayli korrupsiyaga qarshi kurashning falsafiy paradigmalarini amalga oshirishning asosiy usuli bo‘lgan ichki nazorat bugungi kunda asosiy,salmoqli,samarador o‘rinlardan birini egallab kelmoqda.
2. Tashqi boshqaruv. Bunga ijro hokimiyatidan yuqori darajada mustaqillikka ega bo‘lgan mexanizmlar kiradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003 yilda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi”da korrupsiyaga daxldorligi uchun ogohlantirish,korrupsiyada ishtiroki uchun jinoiy ta’qib va tergov hamda amaliyot operatsiyalarini ishga solmaslik,jinoyat yo‘li bilan topilgan mablag‘larni qaytarish maqsadida hatlash,musodara qilishga yo‘naltirish bo‘yicha amal qiladigan mexanizmlar ko‘rsatib o‘tilgan. Bunday mexanizmlar qatoriga kiruvchi mustaqil sud tizimining mavjudligi va uning qonunni buzgan byurokratni osongina va samarali sud qilishi,amalda korrupsiyaning potensial jozibadorligini keskin pasaytiradi. Shu bilan bir qatorda so‘z va ommaviy axborot vositalarining erkinligi byurokratik apparatda korrupsiya holatlarini nazorat qilishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
Tashqi nazorat erkin bozor iqtisodiyoti va liberal demokratik davlatlarga xosdir. Bu birinchi navbatda, bozorning normal ishlashini ta’minlash uchun aniq qoidalar, mexanizmlarni yaratish va ishga tushurish,ikkinchi navbatda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlaydigan samarali huquqiy tizimini shakllantirishni talab etilishi bilan bog‘liqligi bilan tavsiflash mumkin. Liberal demokratiya o‘z maqsadlariga erishish uchun saylov tizimiga, qonun ustuvorligiga, mustaqil sud tizimiga, hokimiyatning taqsimlanishiga va «cheklash va muvozanat»ni saqlash tizimiga tayanadi. Ushbu siyosiy institutlarning barchasi bir vaqtning o‘zida korrupsiya ustidan tashqi nazorat mexanizmlari bo‘lib xizmat qiladi.
Biroq, liberal demokratiyaning barcha qoidalari ham korrupsiyaga qarshi kurashish uchun bir xilda ahamiyatga ega emas. Masalan, hokimiyatning taqsimlash prinsipi. Vakolatlarning taqsimlanishi ularning gorizontal ravishda bir-birlarini nazorat qilishlarini rag‘batlantiradi. Masalan, parlament demokratiyasida vakillik hokimiyati hukumatni ishdan bo‘shatish vakolatiga ega. Boshqa tomondan, prezidentlik demokratiyasida hokimiyat tarmoqlari yanada funksional ravishda bo‘linadi. Shunga qaramay, prezidentlik respublikalarida korrupsiya odatda parlamentdagi kabi yuqori, bu, ehtimol, prezidentga impichment e’lon qilish protsedurasining og‘irligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, vakolatlarni hududiy darajaga ko‘ra taqsimlash va shu bilan ijro etuvchi hokimiyat vakolatlarining ko‘p qismini mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish darajasiga o‘tkazish davlat organlari sonining samarali qisqarishiga olib keladi. Bu hukumatning axborot shaffofligini oshiradi va korrupsiyani kamaytiradi.
Shunga qaramay, maksimal darajada markazsizlashtirishni ta’minlaydigan davlatning federal tuzilishi ko‘pincha bir xil faoliyatning turli qirralarini turli darajadagi mansabdor shaxslar tomonidan tartibga solinishiga va binobarin, unitar davlatlarga nisbatan ko‘proq korrupsiyaga olib keladi.

Download 84,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish