2. Shvesiyaning korrupsiyaga qarshi kurashdagi falsafiy paradigmasi va uni amalga oshirish strategiyasi. XIX asrning o‘rtalariga qadar Shvesiyada korrupsiya rivojlangan mamlakat edi. Bundan qutilish yo‘lini o‘zida aks ettiruvchi falsafiy paradigmaning o‘ziga xos xususiyatlari:birinchidan,merkantilizm va uning oqibatlarini tugatish; ikkinchidan, barcha pog‘onadagi mansabdorlar uchun yuksak darajadagi axloqiy-ma’naviy normalarni ishlab chiqish va ularga amal qilishni ta’minlash; uchinchidan,mustaqil va adolatli sud tizimini yaratish kabilar bilan tavsiflanadi. Shunga ko‘ra mamlakatni modernizatsiya qilishda merkantilizmni yo‘q qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi. O‘shandan beri davlat tomonidan tartibga solish firmalarga qaraganda ko‘proq uy xo‘jaliklariga qaratildi,bunda e’tibor taqiqlash va ruxsatnomalar berishga emas, balki imtiyozlarni soliqlar yukini kamaytirish va shu kabilar orqali berishga qaratildi. Ichki davlat hujjatlaridan foydalanish imkoniyati ochildi,mustaqil va samarali sudlovga asoslangan adolat tizimi yaratildi. Shu bilan birga, Shvesiya parlamenti va hukumati ma’murlar uchun yuqori axloqiy me’yorlarni o‘rnatdi va ularni bajarish boshlandi. Natijada, bir necha yil o‘tgach, halollik amaldorlar(byurokratiya) o‘rtasida ijtimoiy normaga aylandi. Yuqori martabali amaldorlarning ish haqi dastlab ishchilarning ish haqidan 12-15 baravar oshib ketdi, ammo vaqt o‘tishi bilan bu farq ikki baravarga kamaydi2. Bugungi kunda Shvesiya dunyodagi eng past korrupsiya darajasiga ega davlatlardan biri sanaladi.
Bulardan tashqari bunday paradigmalarni amalga oshirishni Gongkong, Portugaliya, Malaziya, Estoniya kabi mamlakatlar misolida ko‘plab keltirish mumkin.
3. Hozirgi kundagi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha falsafiy paradigmalar: muammo va yechimlar. Bugungi kunga qadar pedagogika,psixologiya,falsafa,boshqaruv nazariyasida biron bir shaxsning ideal darajadagi amaldor bo‘lishiga kafolat beradigan ma’lum usullar mavjud emas. Biroq, korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan ko‘plab mamlakatlar mavjud. Bundan tashqari, davlatlar tarixida korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan harakatlar muhim yutuqlarga olib kelganligi haqida misollar ham bor. Masalan, Estoniya, Singapur, Gonkong, Portugaliya, Shvesiya shunday davlatlar qatoriga kiradi. Bu esa ,o‘z navbatida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha muayya falsafiy paradigmalarga asoslangan usullarining mavjudligini ko‘rsatadi. Mantiqan falsafiy paradigmalar nuqtai nazardan qaralsa,agar davlat bo‘lmasa, korrupsiya ham bo‘lmaydi. Davlatning ko‘plab funksiyalari borki,ularni fuqarolar bajarishga majburdirlar. Shu sababli ularni yo‘q qilish mumkin emas. Masalan, barcha soliqlarni bekor qilish orqali soliq idoralarida korrupsiyaga qarshi kurashish mumkin emas. Shunga qaramay, korrupsiya keng tarqalgan muhitda, korrupsiya girdobiga botgan davlat organlarini tarqatib yuborish, undan qutulishning eng samarali radikal usullaridan biri bo‘lib tuyuladi. Biroq,barcha amaldorlar ochko‘z,poraxo‘r bo‘lmasligi ham mumkin. Buni ham hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi kunda korrupsiyani kamaytirish borasida uchta falsafiy paradigmal yondashuv borligi ko‘zga tashlanadi.
Birinchisi, korrupsiyaga aloqador bo‘lganlarni qilmishiga yarasha jinoiy javobgarlikka tortish uchun yangi qonunlar qabul qilish va ularning ijrosini kat’iy tarzda amalga oshirishni ta’minlash.
Ikkinchisi, amaldorlarning korrupsiya batqog‘iga botib ketmasligi uchun qoida va qonunlarni buzmasdan turib,ularning daromadlarini ko‘paytirishga imkon beradigan iqtisodiy mexanizmlarni yaratishni yo‘lga qo‘yish.
Uchinchisi, bozorlar va raqobatning rolini oshirish orqali korrupsiyadan olinadigan daromadlar ulushini kamaytirish.
Mazkur falsafiy paradigmalarni amalga oshirishning umumiy ilmiy-amaliy mexanizmlari jumlasiga quyidagilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |