12-Mavzu. Elektrokimyoviy jarayonlar. Reja: Elektrod jarayonlarni termodinamikasi. Elektrod potensial haqida tushuncha



Download 255,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana29.05.2022
Hajmi255,69 Kb.
#614772
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12-Ma'ruza.

Galvanik elementlar
. Metallarning standart elektrod potensiali. Kimyoviy 
reaksiyalar energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirish uchun xizmat qiladigan 
qurilmalar galvanik elementlar yoki elektr tokining kimyoviy m anbalari deb ataladi. 
Galvanik elementda hosil bo’ladigan kuchlanish elektr yurituvchi kuch 
(e.yu.k.) deb ataladi. Oksidlanish- qaytarilish reaksiyasi oksidlanish va qaytarilish 
yarim reaksiyalarining yig’indisidir. Galvanik elementda yoki elektroliz - da sodir 
bo’ladigan har bir yarim reaksiya ayrim elektrodlarda boradi. Shu sababli yarim 
reaksiyalarni elektrod jarayon- lari deb ham ataladi. 
Elektr yurituvchi kuchni ham har bir yarim reaksiya uchun to ’g’ri keladigan 
ikki kattalikni ayirmasi deb qarash mumkin. Bu kattaliklar elektrodpotensiallari deb 
ataladi. 
Elektrod 
jarayonlarining 
potensiallari 
metallning 
tabiati 
(aktiv 
va 
passivligi)ga, eritmadagi ionlarning konsen tratsiyasiga hamda sistemaning haroratiga 
bog’liqligi aniqlandi. Bu bog’lanish Nernst tenglamasi bilan ifodalanadi: 
2,3R’T 
E = Eo + -------- lgC 
nF 



Bu tenglamadagi: E - ayni elektrod potensiali; E
0
- ayni elektrodning standart 
(normal) potensiali, R - universal gaz doimiysi, T - absolyut harorat, n - reaksiyada 
ishtirok etuvchi elektronlar soni, F - Faradey soni (96500 Kl/mol), C - metall 
ionlarining eritmadagi konsentratsiyasi (mol/l).
Elektrod jarayonida ishtirok etuvchi moddalarning konsentratsiyasi 1 mol/l ga 
teng bo’lgandagi elektrod potensiali standart (normal) elektrod potensiali deb atala di. 
Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori.
Metallarni ularning 
birikmalaridan boshqa metallar si- qib chiqarishini N.N.Beketov mukammal o’rgangan. 
Beketov metallarni kimyoviy aktivligi pasayib borish tartibida joylashtirib
metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatorini tuzdi. Bu qatorda metallarning 
standart elektrod poten- siallari qiymati ortib borishi tartibida joylashtirilgan:
K,Na,Ca,Mg,Al,Mn,Zn,Fe,Ni,Sn,Pb,(H
2
),Cu,Hg,Ag,Pt,Au 
Bu qator standart (normal) elektrod potensiallari qatori ham deb ataladi. 
K uchun E
0
= - 2,93 V, Mg uchun E
0
= - 2,36 V, Fe uchun E
0
= - 0,44 V, 
H
2
uchun E
0
= 0, Cu uchun E
0
= 0,34 V, Ag uchun E
0
= 0,80 V. 
Standart elektrod potensiallari qatori oksidlanish -qaytarilish reaksiyalarining 
borish yo’nalishini aniqlashga im- kon beradi. Agar ikki elektrokimyoviy sistemadan 
galvanik element tuzilsa, elektronlar manfiy qutbdan musbat qutbga o ’ta boshlaydi, 
ya’ni kichik elektrod potensialiga ega bo’lgan elektrokimyoviy sistemadan kattaroq 
elektrod potensialiga ega bo’lgan sistemaga o’tadi. Bunda birinchi sistema qaytaruvchi, 
ikkinchi sistema esa oksidlovchi vazifasini bajaradi.

Download 255,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish