3-ob’ekt. Buxoro bug‘usi
Hurmatli ekskursantlar! Endi Buxoro bug‘usi bilan tanishishni boshlasak! Marhamat! Buxoro bug‘usi, xalq tilida «xongul» (xon guli) nomi bilan tanilgan, katta va chiroyli hayvondir. 100 yil oldin bunday bug‘ularni O‘zbekistonning barcha hududlarida uchratish mumkin edi. 1960-yillarga kelib, Buxoro bug‘ularini faqatgina ayrim qo‘riqxonalar hamda hayvonot bog‘larida uchratish imkoni bo‘ldi.
Hozirgi kundagi hisob-kitoblarga qaraganda, Buxoro bug‘ularing soni 1000 tani tashkil etadi. Bu hayvon bugungi kunda yo‘qolib borayotgan tur hisoblanib, Butunjahon qizil kitobi hamda O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Bu hayvonlarni ov qilish qonun bilan taqiqlangan.
Zarafshon qo‘riqxonasining g‘ururi bu Buxoro bug‘usidir. O‘rg‘ochi bug‘uning vazni 300 kilogrammgacha bo‘ladi. Shoxlari har yil o‘zgarib boradi. Tana rangi och kulrang, malla rang bo‘lib, uning rangi qishga nisbatan yozda erkinlashadi. Oyoqlari tana rangiga nisbatan ochroq. Yangi tug‘ilgan bug‘ular ochroq rangda bo‘lib, ularning tana qismi yon tomonlarida oq dog‘lari bo‘ladi. Kichik bug‘uchalarning bo‘yi 60 santimetrni tashkil etadi. Tanasining og‘irligi esa 9 kilogrammni tashkil etadi.
100 yillar avval Buxoro bug‘ularini O‘zbekistonning barcha hududdarida uchratish mumkin edi. Ular Amudaryo va Sirdaryo daryolarining to‘qayzorlari bo‘ynida ingichka yo‘l bo‘ylab yashashadi. Qishloq xo‘jaligining jadal rivojlanishi, to‘qayzorlarning daryo yoqasidan yuqotilishi, chorva mollarining ko‘payishi, bug‘doyzorlarni kengaytirish va tartibga olinmagan ovchilik natijasida ularning populyatsiyasi XIX asrga kelib kamayib ketdi. 1990-yilga kelib, butun dunyoda Buxoro bug‘ularining soni 300-350 tani tashkil etdi. Hayvonlarning bu turi yo‘qolish xavfi ostida bo‘lib, Qizil kitobga kiritildi. Shundan keyin, Buxoro bug‘ulari yashaydigan qo‘riqxonalar hamda buyurtmaxonalarga Xalqaro ekologik tashkilotlar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
2006 yil 12 - sentyabrdan 16 - sentyabrga qadar Zarafshon qo‘riqxonasida bir qator ekologik tadbirlar o‘tkazildi. Bu tadbir «Poisk» nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilib, u Zarafshon qo‘riqxonasi ma’muriyati hamda «Eremurus» ekologik klubi ko‘magida tashkil etildi.
Shuningdek, 16-sentyabr kuni qo‘riqxonada to‘qay o‘ti hamda majnuntol daraxti barglari terimi bo‘yicha aksiya tashkil etilib, aksiyaning maqsadi Buxoro bug‘ulari uchun qish mavsumiga yemish jamlash bo‘ldi. Ayrim bug‘ular maxsus maydonchada saqlanib, ularning qish mavsumida ovqatlanishini tashkil etish muhim masala etib belgilangan. Shuningdek, Butunjahon yovvoyi tabiatni saqlab qolish fondi (WWF) tashabbusi bilan qo‘riqxonaga qo‘shimcha ozuqalar ham olib kelindi.
Bug‘ularga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytirish maqsadida, seminarlarda eng faol ishtirok etgan yoshlar taklif etildi. Ular yemish jamlash bo‘yicha o‘zlarining hissalarini qo‘shdilar.
(Ekskursantlarga qo‘riqxonadagi Buxoro bug‘ularini tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Savollarga javob beriladi).
11.3-rasm. Zarafshon qo‘riqxonasidagi Buxoro bug‘usi
Do'stlaringiz bilan baham: |