12-mavzu: Ekskursiya rahbari – gidga qo‘yilgan talablar


Ekskursiya xizmati marshrutini tayyorlash



Download 11,96 Mb.
bet48/141
Sana02.07.2022
Hajmi11,96 Mb.
#731437
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   141
Bog'liq
Ma\'ruza matn(1)

Ekskursiya xizmati marshrutini tayyorlash ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, yuqori malaka talab etadi va yangi ekskursiya mavzusini tayyorlash texnologiyasining asosiy elementi hisoblanadi. Avtobusli marshrutni tayyorlashda «Yo‘l harakati qoidalari», «Avtomobil transporti nizomi», «Yo‘lovchilarni tashish qoidalari» va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi lozim.
Ekskursiya mavzusidagi roliga ko‘ra ob’ektlar asosiy hamda qo‘shimcha bo‘lishi mumkin. Asosiy ob’ektlar chuqur tahlil qilinadi, ularda asosiy savollar yoritiladi.
Qo‘shimcha ob’ektlar esa ekskursantlar bir ob’ektdan ikkinchisiga harakatlanayotganida ko‘rsatiladi va u ko‘p e’tibor talab qilmaydi. Ekskursiya xizmati marshruti ob’ektlarni ko‘rsatishning eng to‘g‘ri ketma-ketligi tamoyilida tuziladi va quyidagi talablar inobatga olinadi:

  • ob’ektlarni ko‘rsatishni ma’lum bir mantiqiy ketma-ketlikda olib borish, marshrutning bir uchastkasidan (ko‘cha, maydon, ko‘prik) takroriy harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • ob’ektlarni ko‘rsatish qulayligi (ko‘rish uchun maxsus maydonlar);

  • ob’ektlarni ko‘rsatish va hikoya qilish oralig‘ida uzoq tannaffus bo‘lmasligi uchun ob’ektlar oralig‘idagi vaqt 10-15 daqiqadan oshmasligi;

  • qulay sharoitli to‘xtash joylarining mavjudligi, shu jumladan sanitar ehtiyojlar va avtomobillarning parkovkasi uchun.

Ekskursantlar guruhi harakatlanishi uchun ekskursiya marshrutining bir necha variantlari bo‘lgani ma’qul. Yo‘llardagi tirbandlik, ta’mirlash ishlari va shu kabi kutilmagan holatlar sababli marshrutni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Avtobusli marshrutda uning pasporti va chizmasini kelishish, tasdiqlash, kilometrajni va avtotransportdan foydalanish vaqtini hisoblash bilan yakun topadi. Yangi ekskursiya mavzusini tayyorlashda marshrutni ko‘zdan kechirish muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Marshrutni ko‘zdan kechirishda quyidagi masalalarga e’tibor beriladi:

  1. Marshrut o‘tadigan trassalar, ko‘chalar, maydonlar loyihasi bilan tanishish;

  2. Ob’ektni joylashgan o‘rnini, shuningdek, ekskursiya avtobusi yoki guruhi to‘xtashi joylarini aniqlash.

  3. Ob’ektlarda yoki to‘xtash joylarida avtobusda kelish yo‘llarini ko‘rib chiqish;

  4. Ob’ektlarni ko‘rsatishga, hikoya qilishga, avtobus harakatiga (piyodalar harakatiga) sarflanadigan vaqtni hisob-kitob qilish va shu bilan ekskursiyaga ketadigan to‘liq vaqtni aniqlash;

  5. Ko‘rsatiladigan ob’ektlar maqsadliligiga ishonch hosil qilish;

  6. Ob’ektlarni ko‘rsatish nuqtasi va guruhni qulay joylashtirish variantini tanlash;

  7. Ob’ekt bilan tanishish metodikasini tanlash;

  8. Ekskursantlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xavfli joylarni aniqlash va chora-tadbirlar ishlab chiqish.


Download 11,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish