Mehnat kuldi, kurash zafar qozondi. (H.O.)
Pazandasi yopadi shirmon,
Qarilari kutadi mehmon. (H.O.)
Yuqoridagi konstruksiyani tashkil etuvchi har ikki predikativ birlik-
komponentning kesimi bir xil zamon shakli va mazmunida, ya’ni hozirgi zamon
fe’li orqali ifodalangan. O`zbek tilida hozirgi zamon mazmuni sifatdoshlar yoki ot
kesimlari yordamida ham yuzaga chiqishi mumkin: Intozom tarbiya natijasidir,
rejim tarbiya vositasidir.
Qo‘shma gaplardagi ish-harakatning bir paytda ro‘y berishini yanada
ta’kidlash uchun sintaktik konstruksiyaning ikkinchi qismida shu payt, shu paytda,
shu vaqt, shu vaqtda, shu zamon, shu zahoti kabi leksik elementlar qo‘llanishi
mumkin.
II. Ketma-ket ro‘y beradigan harakat holatni ifodalovchi bog‘lovchisiz
qo‘shma gaplar. Bunday qo‘shma gaplarnng komponentlaridan anglashilgan
harakat-holat galma-gal ro‘y beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |