Ko‘ngul huzur topadi;
Ko‘zlar bor: boqqan dam
Dilga bulut yopadi.
Ko‘zlar bor: boqqan dam
Ko‘ngul huzur topadi;
Ko‘zlar bor: boqqan dam
Dilga bulut yopadi. (G.Nurillaeva)
O`zim har joydaman, ko‘nglim sendadir.
O`zim har joyda bo‘lsam ham (-da), ko‘nglim sendadir. (og‘zaki nutqdan)
Suv keldi – nur keldi. Su keldi, go‘yo nur keldi
It hurar – karvon o‘tar. It hurar, lekin karvon o‘tar.
Badiiy adabiyotlar shoiralar bog‘lovchini hijo talabi bilan ixtiyoriy ravishda
ham qo‘llash hollari bor:
Novdalarni bezab g‘unchalar
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini. (H.O.)
Shuni ham aytib o‘tish lozimki, komponentlari bir xil struktural qurilishga
ega bo‘lgan, bir tipli sodda gaplardan tuzilgar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qisimlari
o‘rtasida hamma vaqt ham bog‘lovchi qo‘yish mumkin bo‘lavermaydi:
Omborchi – ertak, ferma mudiri – erkak, do‘kon mudiri – erkak.
(A.Qahhor)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgilari.
Tinish belgilarining ko‘p turi ishtirok etadigan qo‘shma gap turi – bu,
bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardir. Bog‘langan va ergash gapli qo‘shma gaplarda,
asosan, vergul ishlatildi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda esa vergul bilan bir
qatorda ikki nuqta, nuqtali vergul, tire kabi tinish belgilari ham ko‘p qo‘llaniladi.
I.1.Bog‘lovchisiz qushma gap komponentlapri bir paytda yoki ketma-ket
bajariladigan ish-harakatini bildirsa, bir-biridan vergul bilan ajratiladi:
Botirlari kanal qazadi,
Shoirlari g‘azal yozadi. (H.O.)
Yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi, o‘quvchilar keng va yorug‘
xonalarda o‘qish boshladilar. (Ro‘znomadan)
2.Qiyoslash
munosabatini
ifodalovchi
bog‘lovchisiz
qo‘shma
gap
komponentlari ham vergul bilan ajratiladi:
Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod. (Maqol)
II.1.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap komponentlari o‘rtasida o‘xshatish
munosabati yuzaga chiqqan o‘rinlarda qismlar bir-biridan tire bilan ajratiladi:
Qor yog‘di – don yog‘di. Suv keldi – nur keldi. (Maqol)
2.Shart-payt, zidlik munosabadlarini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo‘shma gap
komponentlari ham o‘zaro tire bilan ajratiladi:
Yurt notinch – sen notinch
Qo‘shning tinch – sen tinch. (Maqol)
Ko‘priklar yasadik – zolimlar o‘tdi,
Ariqlar chiqardik – yovlar quritdi. (xat)
III.Qismlari biri ikkinchisini yoki uning tarkibidagi biror bo‘lakni izohlab
keluvchi bog‘lovchisiz qo‘shma gap komponentlari orasiga ikki nuqta qo‘yiladi:
O`zingizga ma’lum: kadr tanqis (O.)
Shu fe’llari yaxshi: hech kimni birovning oldida behurmat qilmaydilar.
(A.Q.)
Odamlar har xil: biri – sergap, biri – kamgap.
So‘zlar bor: harsangdek boshga tushar,
So‘zlar bor, qanotga-qanot qo‘shadi.
IV.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibida sodda gaplar bir necha bo‘lsa,
mazmuni bir-biriga yaqin bo‘lgan holda guruhlansa, ular o‘rtasida nuqtali vergul
ishlatiladi va bunday konstruksiyalar murakkab qo‘shma gaplarni yuzaga
chiqaradi.