12.4 masala. Uzunligi l bo‘lgan OA krivoship o‘zgarmas ω1 burchakli tezlik bilan O nuqta atrofida aylanishi natijasida K kulisani 1,1 yo‘naltiruvchilar bo‘yicha surmoqda. (12.4 shakl). Ishqalanish kuchini e’tiborga olmasdan A polzunning kulisaga ta’sir kuchi Q aniqlansin. Kulisaning og‘irligi R -ga teng.
Ye ch i sh. Ox koordinata o‘qlarini o‘tkazamiz. U holda kulisaning holati x=l×cosφ koordinata orqali aniqlanadi, φ=ωt bo‘lgani uchun x=l×cosωt bo‘ladi. Kulisaning ushbu harakat qonunini bilgan holda (12.10') tenglamalarning birinchisidan foydalanamiz. Ushbu koordinata x -dan vaqt bo‘yicha ikki marta hosila olamiz,
Qx=-Q bo‘lgani uchun,
bo‘ladi. Demak, polzunning kulisaga ko‘rsatadigan bosim kuchi, kulisaning O markazigacha bo‘lgan x masofasiga proporsional ravishda o‘zgarar ekan.
12.1. Massasi m=0,5kg bo‘lgan jism qiya tekislikda joylashgan kanalcha bo‘ylab pastga =2m/s2 tezlanish bilan tushishi uchun tekislikning qiyaligi gorizontga nisbatan necha gradus bo‘lishi shart? (11,8)
|
12.2. Massasi m=14kg bo‘lgan moddiy nuqta gorizontal Ox o‘qi bo‘ylab =lnt tezlanish bilan harakat qilmokda. Vaqtning t=5s da harakat yo‘nalishi bo‘yicha ta’sir etayotgan kuchning miqdori aniqlansin.(22,5)
|
12.3. Gorizontal yo‘lda =1m/s2 tezlanish bilan harakatlanayotgan traktor massasi m=600 kg bo‘lgan chanani tortadi. Agar chananing qor ustida sirpanib ishqalanish koeffitsenti f=0,04 bo‘lsa, traktor chanani qanday kuch bilan tortishini hisoblang. (835)
|
|
12.4. Massasi m=50kg bo‘lgan jism =0,5m/s2 tezlanish bilan tros yordamida vertikal yuqoriga tortilsa, trosning taranglik kuchini toping. (516)
|
12.5. Massasi m=24kg bo‘lgan moddiy nuqta to‘g‘ri chiziq bo‘ylab v=v(t) tezlik bilan harakatlansa, teng ta’sir etuvchi kuchning miqdorini toping. (36)
|
|
12.6. Massasi m=12kg bo‘lgan moddiy nuqta to‘g‘ri chiziq bo‘ylab v=ye0,1t tezlik bilan harakat qiladi. Vaqtning t=50s da teng ta’sir etuvchi kuchning miqdori aniqlansin. (178)
|
12.7. Massasi m=3kg bo‘lgan moddiy nuqta to‘g‘ri chiziq bo‘ylab x=0,04t3 qonun bilan harakat qilsa, t=6s da teng ta’sir etuvchi kuchning moduli qancha bo‘ladi?(4,32)
|
12.8. Massasi m=1,4kg bo‘lgan moddiy nuqta to‘g‘ri chiziq bo‘ylab x=6t2+6t+3 qonuni bilan harakat qilsa, teng ta’sir etuvchi kuchning modulini toping. (16,8)
|
12.9. Massasi m=10kg bo‘lgan moddiy nuqta Ox o‘qi bo‘ylab x=5sin0,2t qonun bilan harakat qilsa, teng ta’sir etuvchi kuchning t=7s vaqtdagi moduli aniqlansin. (1,97)
|
12.10. Massasi m=2kg li M jism kuchi ta’sirida x=10sin2t qonun bilan to‘g‘ri chiziqli harakatlanadi. kuchining eng katta qiymati hisoblansin. (80)
|
12.11. Massasi m bo‘lgan moddiy nuqta Oxu tekislikda x=bt; u=ct; (b, s- o‘zgarmas miqdorlar) qonun bilan harakatlansa, unga ta’sir etayotgan kuchlar bosh vektorining son qiymati aniqlansin. (0)
|
12.12. Massasi m=7kg bo‘lgan moddiy nuqta Oxu tekislikda tezlik bilan harakatlanadi. Nuqtaga harakat tekisligida ta’sir etuvchi kuchning modulini toping. (4,48)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |