Grizin ishlab chiqarish. Grizin antibiotigi - streptotritsinlar gruppasiga ta’luqli bo’lib, u Act.griseus zamburug’ining maxsuli hisoblanadi. Antibiotik kulrangsimon oq rangda juda gigroskopik, suvda va organik erituvchilarda tez eriydi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga mikroskopik zamburug’larga faolligi yuqoridir. Toza holdagi grizin preparatining faolligi yuqori darajada bo’lib, 1000 yed (mg/l) gacha etadi.
Oziqa preparati sifatida kormogrizin 5, 10, 40 shakllari ishlab chiqarilmoqda, ular sariq rangdan to’q jigar ranggacha bo’ladi va 1 g tayyor preparatda 5, 10, 40 g toza holdagi antibiotik mavjud.
Gigromitsin ishlab chiqarish. Gigromitsin B struktura formulasi to’liq aniqlanmagan, lekin uning molekula tarkibiga a-tolaza uglevod bo’lagi va N-metil 2-dezoksistreptonin kiradi. Tashqi ko’rinishdan oq rangdagi amorf gigroskopik kukun bo’lib, suvda eruvchan kuchsiz kislotali xususiyatga ega. Uning tozalangan preparati 1000 mg/l. faollikka ega. U asosan cho’chqa va tovuqlardagi askaridoza kasalligiga qarshi profilaktika maqsadida qo’llaniladi. Buning uchun bu antibiotik gigrovetin formasidagi oziqa preparati sifatida ishlab chiqilib, uning namligi 15%, 1 mg preparatda 13-17 birlikdagi (ed) B gigromitsini mavjud. Dastlabki kulturasi Act.hydroscohicus hisoblanadi. Uni agarli muhitda 2 oy xona haroratida (20-21oS) saqlash mumkin.
Antibiotik moddalar fitopatogen organizmlarga qarshi kurashda ham qo’llanilib kelinmoqda.
Fitobakteriomitsin ishlab chiqarish. Fitobakteriomitsin antiobiotigi streptotritsinin gruppasiga ta’luqli bo’lib, ularning ko’pchiligi o’zining ko’p komponentligi bilan ajralib turadi. Toza holda u krem rangdagi amorf kukun bo’lib, suvda yaxshi eriydi, etanol va metanolda yaxshi erimaydi, ko’pchilik organik eritmalarda esa deyarli erimaydi.
Ko’pchilik grammusbat va grammanfiy, mikroskopik zamburug’larga nibatan yuqori bakteriotsid faollikka ega. Fitobakteriomitsin produtsenti Actinomyces lavendulae hisoblanadi. Antibiotikni olish texnologiyasi uni sulfat ko’rinishda ajratib olishni taqazo etadi. Fitobakteriomitsin asosidagi preparatlar har xil miqdordagi dust va suspenziyalar ko’rinishda ishlab chiqarilib, fitopatogen bakteriyalar va mikroskopik zamburug’larga qarshi, shu jumladan fasol va soyadagi bakteriozga qarshi ishlatiladi. U o’simlik o’sishi uchun stimulyator bo’lib, uning rivojlanishini tezlashtiradi, shu bilan hosildorlikning 10-15% oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |