12.-ma’ruza. Mikroorganizmlarning o’zaro va boshqa organizmlar bilan munosabati. (4s)
12.1. Mikroorganizmlarning o’zaro va boshqa organizmlar bilan munosabati mikroorganizmlarning simbiotik assotsiatsiyalari. (2s)
Reja:
1.Mikroorganizmlarning simbiotik assotsiatsiyalari.
2.Metabioz
3.Antogonizm va uning sabablari
4. Antibiotik moddalar va ularning tibbiyotda ishlatilishi
5.Xulosa
Tayanch so’zlar va iboralar:
Mikroorganizmlar, simbiotik assotsiatsiyalar, metabioz, antogonizm va uning sabablari, antibiotik moddalar, tibbiyot, molekulyar azot, simbioz, dukkakdosh, molekulyar azot, mikroorganizm, simbioz, daraxt va butalarning 200ga yaqin turi, qandag’och (Alnus) aktinomitset, atmosfera azotini o’zlashtiradi, Rubiaceae oilasi, Pavefta indica,, g’udda, tuganak bakteriyalar, Mycobacterium bakteriyasi, yashil o’g’it.
Adabiyotlar A-1,A-2,A-3:Q-8-18.
1. Mikroorganizmlarning simbiotik assotsiatsiyalari .
Molekulyar azotni simbioz yo’li bilan to’plashda ishtirok etadigan boshqa mikroorganizmlar. Dukkakdosh o’simliklardan tashqari, ildizi molekulyar azotni to’plovchi mikroorganizmlar bilan simbioz holda yashaydigan daraxt va butalarning 200ga yaqin turi ma’lum. Bulardan qandag’och (Alnus) yaxshi o’rganilgan. Bu daraxtning ildizlaridagi tuganaklarda aktinomitsetlar bo’lib, ular atmosfera azotini o’zlashtiradi. Rubiaceae oilasiga mansub Pavefta indica barglarida g’uddalar hosil bo’ladi, g’uddalarda tuganak bakteriyalarga yaqin bo’lgan va atmosfera azotini to’play oladigan Mycobacterium bakteriyasi topilgan. Mahalliy aholi bu o’simlikdan yashil o’g’it sifatida foydalanadi.
Tuproqda erkin holda yashaydigan bakteriyalar tomonidan molekulyar azot to’planishi. Tuproqda tuganak bakteriyalardan tashqari, atmosfera azotini to’playdigan boshqa bakteriyalar ham uchraydi. Vinogradskiy (1893) maxsus elektiv oziq muxitida bakteriyalarni sof kulturasini ajratib olgan. Elektiv oziq muhit tayyorlash uchun u oziq muhitiga glyukoza va boshqa tuzlar qo’shadi, lekin azotli tuzlar qo’shmaydi. Shuning uchun bunday muhitda faqat azotni o’zlashtira oladigan bakteriyalar yashashi mumkin Clost. pasterianum bo’ladi. Tajribani anaerob sharoitda olib boradi va azot to’plovchi bakteriyasini kashf etadi (59-rasm). Bu bakteriya duksimon shaklda, 3-4 mkm uzunlikda, eni 0,7-1,3mkm bo’lib, spora hosil qiladi, tanasi peritrix tipda xivchinlangan, yosh vaqtida tez harakatlana oladi.
Klostridium oziq sifatida asosan glyukozadan foydalanadi, lekin saxaroza va fruktozani ham o’zlashtira oladi, kraxmal va sellyulozani mutlaqo o’zlashtira olmaydi. hayot uchun zarur bo’lgan energiyani yog’ kislotali bijg’ish protsessidan oladi:
C6N12O6 →CN3CN2 . CN2 . COON + 2CO2 + 2N2 h+ 65 kJ
yog’ kislota
Laboratoriya sharoitida klostridium 1g bijg’igan shakar hisobiga 1-5, ba’zan 5-10 mg azot to’playdi.
Clostridium pasterianum. Azotobacter chroococcum (Mishustin, 1987)
Olimlar fikricha, bijg’ish, protsessida vodorod molekula holida emas, balki atomar (2N) holda ajralib, atmosfera azotining ammiak holida to’planishida ishtirok etar ekan.
Vilson Clostridiumning Clost. butyricum, Clost. blijerinckia, Clost. pectinovorum Clost. butylicum, Clost. asetobutylicum kabi 15ga yaqin turi ham azot to’plash xususiyatiga ega ekanligini aniqlaydi. Lekin bulardan Clost. rasteurianum atmosfera azotini eng ko’p to’playdi. Tuproqda Clost. rasteurianum doim aerob usulda nafas oluvchi Vas. slosteroides bilan birga uchraydi, bu bakteriya Clost. rasteurianum uchun anaerob sharoit yaratib bersa, uning hisobiga Vas. closteroides vitaminlar bilan ta’minlanadi va Clost. rasteurianum dan azot olib turadi (I. L. Rabotnova ,1958; V. T. Yemtsov, 1959).
Klostridium tabiatda juda keng tarqalgan, chunki u tuproqning pH-4,5—9,0 bo’lsa rivojlana oladi, shuning uchun ham kislotali, ishqoriy, sho’r va qora tuproqlarda uchraydi. Tuproqning namligi 60-80% (to’la nam sig’imiga nisbatan) bo’lsa, yaxshi rivojlanadi. Klostiridiumdan tashqari, tuproqda erkin holda yashaydigan yana bir bakteriya azotobakterni gollandiyalik mikrobiolog Beerink 1901 yilda sof kultura holida ajratib olgan. Bu bakteriyaning bir qancha turi ma’lum:
1. Azotobacter chroococcum — yirik shar shaklida (1-10 mkm), bir oz ovalsimon, hujayralari juft-juft bo’lib joylashadi. Ko’pincha shilimshiq kapsula bilan o’ralgan bo’ladi (60-rasm). Aerob, ko’p miqdorda kislorod bo’lgan sharoit talab qiladi. Bu bakteriya yoshlik davrida hujayralari tayoqcha shaklida bo’lsa, rivojlangan sayin ellipssimon bo’ladi, keyin yumaloq bo’lib qoladi. hujayralarida jigar rang pigment hosil qiladi, qari hujayralari yiriklashib, qalin po’st bilan o’raladi va sista hosil qiladi. Azotobacter har 1g bijg’igan shakar hisobiga 10- 15 mg, ba’zan 20 mg gacha azot to’playdi. Muhitning pH ga juda sezgir, pH ning optimum nuqtasi 7,0-7,2, maksimumi 9,0. Agar pH < 5,6 bo’lsa, bu bakteriya uchramaydi, lekin bunday tuproqqa ohak solinsa, darhol azotobakter paydo bo’ladi. Namlikka juda talabchan, 25-30° S da yaxshi rivojlanadi. Azotobacter bo’z, qora va podzol tuproqlarda erta bahorda ko’p uchraydi.
2. Az. agile - hujayralari birmuncha yirik, serharakat bo’lib, qo’ng’ir pigment hosil qilmaydi, lekin muhitning bir oz tovlanishiga sabab bo’ladi.
3. N. Sushkina sho’r tuproqlarda Az.galophilum borligini aniqlagan.
Azotabakter uchun eng yaxshi oziq mannit — CN2ON(CNON)4 . CN2ON, lekin dekstrin, glitserin, glyukozada ham yaxshi rivojlanadi. Azotobakter azotni o’zlashtirganidan so’ng birinchi galda NN3 hosil kilishi aniqlangan.
Keyinchalik M. V. Fyodorov azotobakter tomonidan azot to’planishi boshqa yo’l bilan borishini ko’rsatdi. Uning fikricha, protsessda alohida hujayra protoplazmasi bilan bog’liq bo’lgan katalizator ishtirok etar ekan. Buning uchun u katalizator tarkibiga kiruvchi gruppalarni blokirovka qiladi va buning natijasida shunday xulosaga keladiki, azot to’planishida karboksil va aminogruppalar ishtirok etmas ekan, asosan karbonil gruppa qatnashar ekan. Karbonil gruppaning kislorodi gidrazin hosil qilar ekan. Gidrazin aktiv vodorod yordamida qaytarilish reaktsiyasiga kirishib, aminokislotalar hosil qilar ekan. Reaktsiya quyidagicha boradi:
N2 + 2Hh+ →NH=NH
2NH + 2H2O →2NH2OH yoki
N2 + 2H2O →2NHOH
2NHOH + H2 →2NH2OH
2NH+ 22O →2NH2OH yoki
N2 + 2H2O →2NHOH
2NHOH + O2→2NH2OH
Gidroktsilamin
hosil bo’lgan gidroksilamin organik kislotalar bilan reaktsiyaga kirishib, bir qator aminokislotalar hosil qiladi.
Azotobakterni o’rganish ustida juda ko’p ish qilingan. Molekulyar azotning fiksatsiyalanishini hozirgi kunda Mishustin (1987) quyidagicha tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |