O'quv materiali tizim sifatida quyidagicha tarkibiy qismlardan iborat:
Bilimlar - tabiatda amal qiladigan hodisalar to'g'risida aytilgan umumlashgan hukmlar. Masalan, suvning chuqurligi osha borgan sari bosim ham ko'paya boradi. Har bir hukmda atamalardan foydalaiiiladi: suv, bosim, chuqurlik fizik atamalardir;
Ko'nikma, malakalar. Ular faoliyatni amalga oshirishda rioya qilinadigan usullar sanaladi. Masalan, berilganlarga qarab, masofani topish. O'rtacha tezlikni topish uchun bosib o'tilgan umumiy yo’l sarflangan vaqtga bo'linadi;
O'quv materialining yana bir elementi - ijodiy faoliyat tajribasi. O'rganilgan bilimni yangi o'quv sharoitiga ko'chirish ijodiy faoliyat tajribasi sanaladi. Masalan, poezdning o'rtacha tezligini topishni o'tgangan o'quvchi odamning, .velosipedning, samolyotning o'rtacha tezligini topa oladi; o'rganilayotgan hodisaga munosabat o'quv materialining yana bir elementidir. Fizikaga oid bilimlar o'quvchilarda tabiat hodisalariga munosabatni tarbiyalaydi.
O'quv materialining turlar
O'quv materialining turli ko'rinishlarini ular shakllari sifatida tahlil qilish mumkin.
Fizika ta'limi sharoitida tashkil etiladigan o'quv ishlarining aksariyati «o'quv topshirig'i» tushunchasiga nisbatan o'rganiladi. Masalan, o'qituvchi quyidagi mustaqil ishni tashkil etdi, deb tasavvur qiling.
Ikki kun bir paytning o'zida (masalan, soat □""da) fizika kabineti devoriga osib qo'yilgan simobli barometmi kuzating. Kuzatish natijalarini tahlil qilib, 8-sinf fizika darsligidan «Atmosfera bosimi» mavzusida qisqa axborot tayyorlang.
Mustaqil ish o'quv topshirig'iga ko'ra tashkil etiladi. Ayni holatda topshiriq - bu bir paytning o'zida ikki kun barometmi kuzatib borish, kuzatish natijalarini qayd etish, qayd etilgan natijalarga ko'ra qisqa axborot tayyorlash. Mustaqil ish uchun topshiriqni o'qituvchi beradi, berilgan topshiriqni bajarishda aqliy vazifani o'quvchilaming o'zlari hal qilishadi. Mustaqil ish - bu o'qituvchi topshirig'iga ko'ra, ammo uning bevosita ishtirokisiz o'tkaziladigan aqliy va amaliy o'quv ishlar.
Mustaqil ishga o'xshab fizikadan o'tkaziladigan mashqlar ham o'quv topshirig'i vositasida tashkil etiladi. Mashqqa misollar keltiramiz:
1-mashq. O'z hajmi va shaklini saqlaydigan jismlarga misollar ayting.
2-mashq. O'z hajmini saqlaydigan, ammo shaklini tezda o'zgartiradigan jismlarga misollar keltiring.
Moslikni aniqlashga oid test topshirig'i: Sunday test topshiriqlari ikki
tizim bo'yicha tuziladi. Ko'p elementlardan iborat ikki tizim o'zaro taqqoslanib, ulaming har biriga oid sifattar alohida-aloliida guruhlanadi.
Masaian, suyuq va gazsimon moddalar bir-biridan juda ko'p xossalariga
ko'ra farq qiladi. Gazlarda molekulalar bir-biridan uzoq joylashadi: gazlar o'z shakli va hajmini tezda o'zgartiradi; suyuqliklarda ikki molekula o'rtasidagi masofa molekulaning o'zidan kichik bo'ladi. Suv (suyuqiik) o'z shaklini tezda o'zgartirib, hajmini saqlaydi; suyuqiiklami siqish qiyin. Ana shu berilganlar asosida 5 ta savol tuzish mumkin:
1. Molekulalari bir biridan uzoq joyiashgan modda.
2. O'z shakli va hajmini tezda o'zgartiradigan modda.
3. Molekulalari o'zaro zich joyiashgan modda.
4. Shaklini o'zgartirib. hajmini saqlaydigaii modda.
5. Siqish qiyin bo'lgan modda.
Shu berilganlarni qayta raqamlab, test shakliga olib kelamiz. Bunda 3-ni a, 1-ni b, 4-ni d, 2-ni e, 5-ni f harflari bilan qayta belgilaymiz. Unda b, e - gazning xossalari, a, d, f-suyuqlikning xossalarini tashkii etadi. Ikki xil modda - gaz va suyuqliklaming o'ziga xos xususiyatlariga asoslanib, bitta ko'plik elementiari (gaz xossalari)ning ikkinchi ko'plik elementlari (suyuqiik xossalari)daii farq qilishga oid test tuzish mumkin
Faoliyatni tartibga tushirish testi. Bunday testlar flzikadan u yoki bu laboratoriya mashg'uloHarida faoliyatni tartibga tushirish, darslik matnini mustaqil o'qish malakasini rivojiantirishda foydalaniladi. Quyida shu mazmundagi test namunasini keltiramiz, so'ngra uni tlzika o'qitish sohasiga ko'chiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |