12.Issiqlik o’tkazuvchanlik.
Reja:
1.Harorat maydoni. Harorat gradienti. Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti.
2. CHegaraviy shartlar. Bir qatlamlik va ko’p qatlamlik tekis devor orqali issiqlik o’tkazuvchanlik.
3.Bir qatlamlik va ko’p qatlamlikssilindrik devor orqali issiqlik o’tkazuvchanlik.
4. SHarsimon devor orqali issiqlik o’tkazuvchanlik. Issiqlik uzatish. Issiqlik uzatish koeffitsienti. Issiqlik izolyasiyasi.
ADABIYOTLAR
Nashokin V.V. Texnicheskaya termodinamika i teploperedacha M., 1980. 307-324 b.
Larikov N.N. Teplotexnika. M.,1986 y. 210-223 b.
Asraev R.A., Efendiev A.M., Safarov R.T. Issiqlik texnikasi. Buxoro 2001 y. 112-125 b.
ISSIQLIK UZATISH ASOSLARI
Jismlar orasidagi issiqlik almashinuvi va issiqlikning bir jism ichida tarqalish protsesslarining qonuniyatlarini o‘rganadigan fan issiqlik uzatish deyiladi.
Temperaturalar farqi issiqlik almashinuvining zaruriy va etarli shartidir. Issiqlik almashinuvi - bir jinslimas temperatura maydoniga ega bo‘lgan bo‘shliqda energiyaning (issiqlik shaklida) o‘z-o‘zidan erkin ko‘chishi yuz beradigan qaytmas protsess.
Issiqlik uch xil usulda: issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya va nurlanish usulida uzatiladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik-jismning turli tempuraturali ayrim qismlari bir-biriga bevosita tekkanda issiqlik energiyasining tarqalish protsessi.
Konveksiya - ko‘proq va kamroq qizdirilgan suyuqlik yoki gazning aralashishi yoki ko‘chishi natijasida energiyaning uzatilishi protsessi.
Konveksiya hodisasi faqat suyuqlik va gazlarda kuzatiladi. Nurlanish-energiyaning elektromagnitaviy to‘lqinlar vositasida uzatilish protsessi.
Jismlar orasida nuriy issiqlik almashinuvi uch bosqichda amalga oshadi: ko‘proq qizdirilgan jism ichki energiyasining elektromagnit to‘lqinlari energiyasiga aylanishi, bu energiyaning atrof-muhitga tarqalishi, kamroq qizdirilgan jism tomonidan yutilishi va uning isishi.
Bu uch usul orqali issiqlik uzatish issiqlik mashinalari, apparatlari va qurilmalarida issiqlik almashinuvida odatda bir vaqtda sodir bo‘ladi. Issiqlik almashinuvi sodir bo‘layotgan sharoitga bog‘liq holda bir usulda boshqa usullarga nisbatan ko‘proq issiqlik uzatilishi mumkin. Har bir usul alohida-alohida qonuniyatlarga bo‘ysunishi tufayli ularni ayrim-ayrim holda ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.
ASOSIY TUSHUNCHALAR
Notekis qizdirilgan jismda bir-biriga tegib turgan zarrachalar orqali energiyaning uzatilishiga issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi.
Gazlarda energiya ko‘chishi tartibsiz harakatlanadigan molekulalar yordamida, metallarda esa, asosan o‘tkazuvchanlik elektronlari orqali, dielektriklarda kristall panjara hosil qiladigan zarralarning bog‘liq tebranishlari hisobiga amalga oshadi.
Ma’lumki jism qizdirilganda uning molekulalari kinetik energiyasi ortadi. Jismning ko‘proq qizdirilgan qismidagi zarralar o‘zining tartibsiz harakati davomida boshqa zarralarga urilib o‘zining kinetik energiyasini bir qismini uzatadi.
Bir turdagi izotropik (barcha yo‘nalishlarda bir xil fizik xususiyatlarga ega bo‘lgan jism) jism qizdirilganda uning turli nuqtalaridagi temperaturasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, issiqlik temperaturasi yuqori bo‘lgan nuqtalardan temperaturasi past bo‘lgan nuqtalarga tarqaladi.
Qattiq jismlarda issiqlik o‘tkazuvchanlik usulida issiqlik uzatilishi temperaturaning fazoda vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishida kuzatiladi. Vaqtning ayni paytida ko‘rib chiqilayotgan fazoning barcha nuqtalaridagi temperatura qiymatlarining yig‘indisi temperatura maydoni deyiladi.
Agar jism temperaturasi koordinat va vaqt funksiyasi bo‘lsa, u holda temperatura maydoni beqaror deyiladi:
(11.1)
Agar jism temperaturasi faqat koordinatalar funksiyasi bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, temperatura maydoni barqaror deyiladi.
(11.2)
Ikki o‘lchamli temperatura maydonining tenglamasi:
barqaror rejimda:
beqaror rejimda:
Bir o‘lchamli temperatura maydonining tenglamasi:
barqaror rejimda:
beqaror rejimda:
Agar temperatura maydonida bir xil temperaturali nuqtalarni tutashtirsak izotermik sirt hosil bo‘ladi. Izotermik sirtlar bir-biri bilan xech vaqt kesishmaydi. Ularning barchasi jism sirtida tugaydi yoki butunlay uning ichida joylashadi.
Jismning temperaturasi izotermik sirtlarni kesib o‘tadigan yo‘nalishlardagina o‘zgaradi. (11.1 -rasm).
N x
Do'stlaringiz bilan baham: |