12-AMALIY MASHG’ULOT: Ideal gazlarning issiqlik sig‘imlarini hisoblash. Issiqlik mashinalarining foydali ish koeffitsientlarini hisoblash.
Adabiyotlar: 1. Volkenshteyn V.S. Umimiy fizika kursidan masalalar to'plami. O'qituvchi. Toshkent. 1969.
2. Chertov A., Vorobev A, Fizikadan masalalar to'plami. O'zbekiston. Toshkent. 1997.
Adiabatik protsessda gaz bosimi bilan hajmining o'zaro bog’lanishi Puasson tenglamasi bilan ifodalanadi
pV=const,
ya’ni
bunda
Puasson tenglamasini quyidagi ko'rinishda ham yozish mumkin
TV
ya'ni yoki
ya'ni
Gazning hajmi adiabatik o'zgarganda bajarilgan ish, quyidagi formuladan topiladi:
bunda p1 va V1- gazning T1 haroratdagi bosimi va hajmi.
Politropik protsessning tenglamasi quyidagi ko'rinishda ifodalanadi
yoki
bunda n - politrop ko'rsatkichi (1 < n < x).
5.175. 00C haroratdagi havo adiabatik V1 hajmdan V2=2V1 hajmgacha kengaysa, u qanday haroratgacha soviydi?
5.176. 7,5 l kislorod adibatik 1 l hajmgacha siqilgan va siqilishning oxirida bosim 1,6.106 N/m2 ga teng bo’lgan. Gazning siqilishigacha qanday bosimda bo’lgan.
5.177. Ichki yonuv dvigatelining silindridagi havo adibatik siqiladi va bunda uning bosimi p1=1 atm dan p2=35 atm gacha o’zgaradi. Havoning boshlang’ich harorati 400C . Havoning siqilgandan keyingi harorati topilsin.
5.178. Gaz adibatik kengayadi va bunda uning hajmi 2 barobar ortadi, harorati (absolut) esa 1,32 marta pasayadi. Bu gaz molekulasining erkinlik darajasi qanday?
5.179. 270C harorat va 2.106 N/m2 bosimda ikki atomli gaz adibatik V1 hajmdan V2=0,5V1 hajmdacha siqiladi. Siqilgandan keyingi gazning harorati va bosimi topilsin.
5.180. Normal sharoitda idish porsheni ostida 10-4m3 hajmda qaldiroq gaz bor. Gaz juda tez siqilganda alangalanadi. Gaz siqilganda bajargan ishi 4,73 kGm ga tengligi ma’lum bo’lsa, alangalangan qaldiroq gazning harorati topilsin.
5.181. Normal sharoitda idish porsheni ostida gaz bor. Idish tubidan porshengacha bo’lgan masofa 25 sm ga teng. Porshenga 20 kG yuk qo’yilganda u 13,4 sm pastga tushgan. Siqilishini adibatik hisoblab, berilgan gaz uchun nisbati topilsin. Porshenning ko’dalang kesim yuzi 10 sm ga teng; Porshenning og’irligi nazarga olinmasin.
5.182. Ikki atomli gaz p1=0,5 atm bosimda V1=0,5 l hajmni egallaydi. Gaz adibatik biror V2 hajm va p2 bosimgacha siqiladi, bundan keyin gaz V2 o’garmas hajmda boshlang’ich haroratigacha sovitiladi. Bunda uning bosimi p0 =1atm ga teng bo’lib qoladi. 1) bu jarayonning grafigi chizilsin. 2) V2 hajm va p2 bosim topilsin.
5.183. Gaz adiabatik kengayib, uning boismi ikki atm dan 1 atm gacha pasayadi. Keyin gaz o’zgarmas hajmda boshlang’ich haroratgacha isitiladi, bunda uning bosimi 1,22 atm gacha ko’tariladi. 1) bu gaz uchun nisbat topilsin. 2) bu jarayonning grafigi chizilsin.
5.184. Normal sharoitda 1 kilomol azot adibatik V1 hajmdan V2=5V1 hajmgacha kengayadi. 1) gaz ichki energiyasining o’zgarishi, 2) kengayishda bajarilgan ish topilsin.
5.185. 1∙10-2 m3 havoni 2·10-3 m3 hajmgacha siqish kerak. Gazni qanday siqish foydali: Adibatikmi yoki izotermikmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |