12-amaliy mashg’ulot: Go’sht-sut korxonalari bilan tanishish. (Soha korxonalariga tashrif)
Sut sanoati — sutdan turli sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan oziqovqat sanoati tarmogʻi. Sut sanoati tarkibiga sariyogʻ, sut, qatiq, qaymoq, smetana, quruq sut, sut konservalari, pishloq (sir), tvorog , brinza, muzqaymoq, kazein va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Oʻzbekistonda 20-asrning 20y.lari oxirlariga qadar sutdan xonaki usullarda qaymoq, qatiq, ayron, suzma, qagʻanoq, pishloq, qurt kabi mahsulotlar, qatiqni kuvda pishib sariyogʻ tayyorlangan.
Oʻzbekistonda birinchi sut zavodi 1928-yilda Toshkent shahrida ishga tushirilgan. 1940y.ga kelib respublikaning yirik shaharlarida qurilgan 13 ta sut zavodi ishladi (ularda 30,4 ming t sut qayta ishlangan va asosan yogi olinmagan sutqatiq mahsulotlari, sariyogʻ ishlab chiqarilgan). 50y.lar oxiriga kelib sut zavodlari soni 25 taga yetdi (293 ta sut qabul kilish punktlari tashkil etildi), ularning 21 tasida bugʻxonalar kurildi. 1960—70 yillarda Termiz (1961), Andijon (1962), Urganch (1964), Navoiy (1965), Gʻazalkent (1966), Namangan (1966), Xoʻjayli (1968), Jizzax (1969) sh.larida zamonaviy sut zavodlari ishga tushirildi. 1974-yilda Toshkentda bir smenada 150 t sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan sut k-ti foydalanishga topshirildi. 1975—85 yillarda bir kechakunduzda 50—30 t sutni kayta ishlaydigan Fargʻona, Qoʻqon, Angren, Olmaliq, Guliston, Jizzax, Kattaqoʻrgʻon, Chirchiq sh.larida sut ktlari ishga tushirildi.
Sut zavodlari smetana, qaymoq, pishloq kdsoklash va sutni butilkalarga quyish avtomat liniyalari bilan jihozlandi, 156 separator boʻlimlari qurildi.
Sut sanoati korxonalarida kichik yoshdagi bolalar uchun sut mahsulotlari, buzoklarni boqish uchun sunʼiy sut ishlab chiqarish. yoʻlga qoʻyildi. 1990-yilga kelib Oʻzbekiston Seda 684,1 ming t yogʻi olinmagan sut va sut mahsulotlari, 15,9 ming t sariyogʻ, 2,1 ming t qattiq va yumshoq pishloq, 20,7 ming t yogeiz sut mahsulotlari, 8,2 ming t muzqaymoq ishlab chiqariddi.
1990-yillardan boshlab Sut sanoati korxonalarini texnik jihatdan qayta qurollantirish, xorijiy texnologiyalar,1 qadoqlash avtomatlari bilan jixrzlash amatga oshirildi, chet el firmalari bilan hamkorlikda kaymoq, kazein, yogurt kabi mahsulotlar ishlab chiqaradigan, quvvati 10 tGʻsutka boʻlgan 15 mini zavodlar barpo etildi, qoʻshma korxonalar kurildi. "Buxorosut", "Fargʻonasut" aksiyadorlik jamiyatlari Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma korxonasi, "Bravosut" (Samarqand sh.), Oʻzbekiston — "Nestle" (Namangan sh.), Toshkent shahrida "Vimm Bill Dann — Markaziy Osiyo" (Rossiya — Oʻzbekiston) qoʻshma korxonalari shular jumlasidandir.
1993-yilda Respublika goʻsht va sut sanoati vazirligi, qoramollarni boʻrdoqiga boqish birlashmalari negizida "Oʻzgoʻshtsutsanoat" birlashmasi tashkil etildi.
Respublikadagi barcha toifadagi xoʻjaliklarda 4,03 mln. t sut ishlab chikarildi (uning 96% dehqon xoʻjaliklarida yetishtirildi), 790 t sariyogʻ, 6,3 ming t sut va sut mahsulotlari, 2715 t muzkaymoq tayyorlandi (2003). 2003-yil dek.dan toʻliq xususiylashtirilgan Sut sanoati korxonalarini birlashtiradigan "Oʻzgoʻshtsutsanoat" uyushmasi tarkibida 40 dan ortiq sutni qayta ishlash korxonalari ishlaydi. Ularning ishlab chiqarish. kuvvatlari bir smenada 1067,7 t sutni kayta ishlash, 25 t sariyogʻ, 11,8 t sir, 20,8 t muzqaymoq, 15 t yogʻi olingan quruq sut va boshqalarni tashkil etadi (2004). Sut sanoati korxonalari zamonaviy pasterlash, sterilizatsiyalash, sovutish, bugʻlash, mahsulotni qadoqlash uskunalari bilan jihozlangan, avtorefrijiratorlar, sut va boshqa mahsulotlarni tashiydigan avtomobillarga ega.
So’nggi yillarda go’sht sanoati sistemasida barcha texnologik jarayonlarni takomillashtirish, sotuv tashkilotlariga sifatli go’sht va go’sht mahsulotlari yetkazib berish tadbirlari tobora jadallashtirilmoqda. SHuningdek so’yilgan hayvonlarning qoni, suyagi, iste’molga yaroqsiz bo’lgan hayvon chiqindilaridan foydalanish, o’simlik moyi, oqsil tayyorlash ishlari yo’lga qo’yilmoqda. Fizika, kimyo va mikrobiologiya fanlari yutuqlaridan amaliyotda keng foydalanilmoqda. Bu esa chikindi mahsulotlardan unumli, ish ko’zini bilgan holla foydalanish imkonini bermoqda.
Umuman, hozirgi zamonaviy go’sht kombinati - murakkab, yuksak ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan, murakkab agregat, avtomatlar va konveyer liniyalarga ega bo’lgan sanoat kompleksi hisoblanadi. Go’sht va go’sht maxsulotlarini sunьiy usulda sovitib berish va muzlatish imkoniga ega bo’lgan sovuqxonalari mavjutdir.
Bulardan tashqari ular keng miqyosda yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotini tayyorlab berish, texnik mahsulot yetishtirish va hayvonlar uchun to’la qiymatli oziq ishlab chiqarish imkoniga ega.
Go’sht kombinatlarining ishlab chiqarish tsexlari asosan quyidagilardan iborat:
1. Hayvonlarni so’yishdan oldin saqlash bo’limi;
2. So’yish va terini shilish, yoki tanaga ishlov berish tsexi (bunga yog’-moy, teri va ichak bo’limi va hayvon go’sht mahsulotlarini qayta ishlash bo’limlari kiradi);
3. Submahsulotlarini yig’ish va qayta ishlash bo’limi;
4. Kolbasa va konserva tayyorlash tsexi va sovuqxona;
5. Qadoqlab o’lchash va yarim fabrikatlarni tayyorlash bo’limi;
6. Texnik mahsulotlarni ishlab chiqarish va qayta ishlash, hamda hayvonlarga ozuqa tayyorlash tsexi shular jumlasidandir.
Bulardan tashqari yana bir necha yordamchi tsexlar faoliyat ko’rsatadi. Masalan, sovuqxona qurilmalaridan iborat tsex; mexanik-ta’mirlash tsexi; elektrlashtirish tsexi; isitish va issiqlik yetishtirib beruvchi tsex bo’lib, ular korxonaning me’yorda ishlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
Lekin ko’plab respublikalardagi go’sht kombinatlarini yuqori darajada, yuksak unum bilan ishlashi uchun yana birmuncha muammolarni hal kilish talab etiladi. Masalan, hayvonlarni so’yish va so’yilgan tana qismlariga qayta ishlov berish ishlarini konveyer asosida bajarish; konveyerni harakatga keltirishni gidro-pulьt asosida amalga oshirish; hayvonlarni elektr toki bilan karaxtlash ishlarini rotatsion bokslarda mexanizatsiya va avtomatlar yordamida bajarish; so’yilayotgan hayvon qonini isteьmol maqsadida yopiq sistema yordamida to’laligicha tanadan ajratib olish; tanani nimtalash ishlarini maxsus, qulay va oddiy asboblar yordamida bajarish; terini tanadan shilib olish uchun mexanik usulda teri ostiga havo yuborish; terini maxsus mexanik moslamalar yordamida shilib olish va bunda terida go’sht hamda moy parcha va bo’laklarini bo’lmasligiga erishish; hayvon kalla-pochalarnni tanadan ajratib olishni mexanizatsiya yordamida amalga oshirish; nimtalanmagan tushni quruq usulda tozalash; o’ziyozar avtomatik elektron tarozilarda tortish kabilar o’z yechimini topishi talab etiladi.
Inson hayoti uchun nihoyatda zarur bo’lgan go’sht mahsulotlarini yetishtirish ko’p jihatdan texnologik jarayonlarni to’g’ri bajarilishi va sanitariya-gigiena talablariga to’la rioya qilishga bog’liq. Bu borada tasdiqlangan tavsiya, talab va qo’llanmalarning bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Go’sht sanoati korxonalarida mahsulot sifatini va iste’molga yaroqli bo’lishida davlat nazorat organlarining tutgan o’rni nihoyatda muhim va mas’uliyatlidir. Bunda mahsulotni sifat darajada belgilari aniqlanadi, uning turlarini iste’mol qilishga yaroqligini va shunga ko’ra bahosi ham belgilanadi.
Sifatli mahsulot yetishtirishda eng muxim omillardan biri, har bir ishchini sog’lom bo’lishi, shaxsiy gigienasiga ma’suliyat bilan qarashi, sanitariya talablarini bilishi va unga to’la rioya qilishi, o’z o’rni va asbob-uskuna, idish-tovoq va hk.larni hamma vaqt toza bo’lishiga alohida ahamiyat berishi hisoblanadi.
CHorva mollari hayot faoliyatini tugatgandan so’ng, go’shtning eng muhim xususiyatlari o’zgaradi. Bu o’zgarishlar hayvon hayotligida tirik to’qimani hosil qiluvchi biologik sistemaning parchalanishi bilan tushuntiriladi. Hayvon hayot bo’lgan davrda fermentativ biokimyoviy jarayonlar qaytaruvchan bo’ladi, hayot faoliyati to’xtashi bilan esa, bu xususiyatini yo’qotib, ular doim parchalanishda bo’ladi.
Molni so’ygandan keyin go’shtda bo’ladigan biokimyoviy jarayonlarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga go’sht konsistentsiyasining o’zgarishiga olib keladigan oqsil sistemasida boradigan jarayonlar kiradi. Ikkinchi guruhga esa go’shtning ta’mi va hidining o’zgarishini ta’minlaydigan moddalarning hosil bo’lishida asosiy rol o’ynaydigan ekstraktiv moddalar sistemasida boradigan jarayonlar karadi. Lekin bu jarayonlar ma’lum darajada bir-biri bilan bog’liqlikka egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |