inqiroziy holatlar ro’y beradiki, u bu inqirozni bir tomondan o’zi hal qilgisi keladi,
ikkinchi tomon-dan, o’zi hal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli etmaydi.
Psixologik jihatdan o’sishida uning ruhiyatida keskin burilishlar yuz beradi. Bu
ko’rinishlarni biz ularning harakter xususiyatidagi « og’ish » liklarda ko’rishimiz
mumkin va bu og’ishliklar ularning xatti-harakatlaridagi « portlash » va
agressiyaga (tajovuzkorlikka) moyil bo’lgan affektiv qo’zg’aluvchanlikdir. Bu
holat ko’pincha ijtimoiy adaptatsiyaning (moslashishning) buzilishini, jumladan
qonunbuzarlikning sabablaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Ma’lumki affektiv qo’zgaluvchanlik ko’p jihatidan o’mirlik davriga to’g’ri
keladi. Bu holat me’yorda ham kuzatiladi. Uning vujudga kelishi bu yosh
fazasining vegetativ endokren sistemaning qayta qurilishi bo’lsa psixologik
o’zgarish portlash va agressiyaga ( tajovvuzkorlik ) moyil bo’lgan affektiv
qo’zg’aluvchanlikdir. Bu holat ko’pincha ijtimoiy adaptatsiyaning (
moslashishning ) buzilishini, jumladan, qonunbuzarlikning sabablaridan biri bo’lib
hisoblanadi. Ammo psixik sog’lom atrof muhitning
qulay sharoitlarida
tarbiyalanayotgan
o’smirlarda
affektiv
qo’zgaluvchanlik
adaptatsiyanng
buzilishiga olib kelmaydi.
O’smir shaxsi xarakteridagi og’ishlarning shakllanishi ularning tiplarini
aniqlash, tibbiy psixlogik va tibbiy pedagogik ishlarni aktiv olib borish uchun
zarurdir.
Hulq - atvori og’ir o’smirlarning shaxsi shakllanishiga ko’pchilik hollarda
oilaviy shart-sharoitlar, ota-onaning yoki qarindoshlar-ning ichkilikbozligi,
ularning axloqqa zid hulk-atvorlari salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyasi og’ir
o’smirlar uchun odatda o’qishga, umum e’tirof etgan qoidalarga nisbatan zid
munosabat bo’lib, oxir- oqibatda bu uni sinfiga,
maktabga, bilim yurti jamoasiga,
qarama- qarshi qilib qo’yadi. Aksariyat hollarda tarbiyasi qiyin o’smirlar- ichki
salbiy munosabatlar natijasida maktab jamoasida o’z o’rnini topa olmagan
o’quvchilar bo’lib chiqadi. O’smirlik yoshida katta yoshdagilar, ota-onalar va
o’qituvchilar bilan kelishmovchiliklar ro’yobga chiqadiki, bu faqat tabiiy o’sish
jarayoni
bilangina emas, balki, o’smirni katta yoshdagilar va tengdoshlararo
munosabatlari o’zgarishi bilan izohlanadi . Tengdoshlar bilan doimiy muloqotga
ehtiyojning kuchayishi, o’zligini tasdiqlashga intilish,tengdoshlarining o’zi
haqidagi fikr mulohazalariga ta’sirchanlik o’smirlik davriga xos xususiyatlardir.
Psixolog tadqiqotchilar tarbiyasi qiyin o’smirlarning vujudga kelishiga ijtimoiy
muhitdan tashqari, pedagogik, psixologik sabablar ham borligini ko’rsatadi.
Nazariy
mulohazalar analizi, o’smirlarning xatti-harakatlari motivini sistemali
o’rganish jarayoni tarbiyada me’yordan chetga og’ish sabablari, xilma-xil
ekanligini ko’rsatadi.
Balog’at davrida o’qituvchilar, ota-onalar va jamoatchilik o’smirni nazoratsiz
qoldirishi, bo’sh vaqtini to’g’ri uyushtirmasligi, o’qishga nisbatan salbiy
munosabat, sinf jamoasi bilan aloqani
yomonlashuvi, spirtli ichimlikka o’rganish,
tajovuzkor, serzardalik tarbiyasi qiyin o’smirlarni keltirib chiqaruvchi muhim
omillardan bo’lib hisoblanadi.
Tarbiyasi qiyin o’smirlarni o’rganishda ijtimoiy muhitdan tashqari pedagogik-
psixologik sabablar mavjudligini hisobga olish, qonunbuzarlikni kelib chiqish
sabablarini diagnostika yordamida aniqlash, tarbiyasi qiyin o’quvchilar shaxsini
aniqlash ularning psixologik munosabatlarini inobatga
olgan holda tipologiyasini
tuzish tipologik xususiyatlarga binoan individual ish olib borish, qonunbuzarlikni
oldini olib va tarbiyasi qiyin bolalarni qayta tarbiyalash metodlarini amalga tadbiq
qilish, bu muammoni echilishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: