Suvning barqarorligi
Agar suvda asosiy karbonatli muvozanat saqlanib tursa –suv barqaror deyiladi.
Bunday suvlar marmar, beton bilan kontaktga keltirilsa o’z tarkibini o'zgartirmaydi. Agar suvda muvozanat holatidan ortiqcha erkin karbanat kislotasi bo'lsa — suv agressiv deyiladi. Agressiv suvlar kalsiy karbonat, ohak, marmarni eritib yuboradi:
CaC03+C02+H20 Ca(HC03)2
Ca (OH)2 +2C02 Ca (HC03 )2
Agar suvda muvozanat holatidan ortiqcha gidrokarbonatlar boisa, va'ni ishqoriyliligi yuqori bo'lsa, suv nobarqaror deyiladi. Gidrokarbonatlar parchalanib Ca2+, Mg2+ ionlari bilan reaksiyaga kirishib, suvda erimaydigan karbonatlarni hosil qiladi.
Suvdagi agressiv karbonat kislotani aniqlash uchun uning ishqoriy-liligini kalsiy karbonat bilan kontaktidan awal va kontaktidan keyin solishtiriladi. Agar suvda agressiv karbonat kislota bo'lsa u CaC03 bilan reaksiyaga kirishib gidrokarbonatlarni hosil qiladi va suvning ishqoriyliligi oshib ketadi.
Suvning barqarorligini aniqlash uchun Lanjele usuli qo'llaniladi. Bunda suvning xossalari «to'yinish indeksi» yoki «Lanjele indeksi» yordamida baholanadi. Bu indeks tekshirilayotgan suvning pH ko'rsat-kichi bilan Ca karbonat bilan to'yingan suvning pH ko'rsatkichini farqi orqali aniqlanadi:
I = pHteksh - pHCaC03
Agar Lanjele indeksi (+) bo'lsa, ya'ni pHteksh pHCaC03 suv nobarqaror hisoblanadi. Agar T (-) belgili bo'lsa, ya'ni pHteksh pHCaC03 suvning kislotaliligi yuqori bo'lib, u agressiv bo'ladi. Barqaror suvlarda pHteksh = pHCaC0 . Lanjele indeksi nolga teng. Amaliyotda 1= ±0,25-5-0,3 bo'lganda suvlar barqaror hisoblanadi.
Amaliyotda suvning barqarorligini baholash uchun barqarorlik ko'rsatkichi
-C (Casosiy va Cyordamchi) dan ham foydalaniladi.
Barqarorlikning asosiy ko'rsatkichi Casosiy tekshiralayotgan suvning ishqoriyliligi (Uleksh) va kalsiy karbonat bilan to'yingan suvning ishqoriyliligi (UCaCO) nisbati orqali aniqlanadi:
Casosiy = Utekish / UCaC03
Barqarorlikning yordamchi ko'rsatkichi tekshirilayotgan suvning ko'rsatkichi (pHteksh) va kalsiy karbonat bilan to'yintirilgan suvning ;- ko'rsatkichi (pHCaC0 )ning nisbati orqali aniqlanadi.
Cyurd. = pHteksh / pH
Agar C=l bo'lsa, ya'ni pHteksh = pHCaC03 suv barqaror hisoblanadi.
C> 1 bo'lsa, suv nobarqaror hisoblanadi (pHteksh> pH CaC03),
C<1 bo'lsa, suv agressiv bo'ladi, ya'ni, pHteksh< pHCaC0 Tarkibida agressiv karbonat kislota bo'lgan suvlarni barqarorlantirish uchun unga ishqoriyliligini oshiradigan moddalar bilan ishlov beriladi Reagentlar sifatida ohak, Na gidroksidi va Na karbonati ishlatiladi Bunda quyidagi reaksiyalar amalga oshadi:
NaOH + C02=NaHC03
Ca (OH)2+2C02 Ca (HC03)2
Na2C03+C02+H2O 2NaHC03
Agressiv suvni barqarorlantirish uchun uni ohak yoki marmar qavatli filtrlardan o'tkaziladi.
Nobarqaror suvlarni barqarorlantirish uchun, ya'ni ishqoriyligini kamaytirish maqsadida ularga kislotalar (HCl, H2S04) bilan ishlov beriladi yoki bunday suvlar uglerod dioksidi bilan to'yintiriladi (rekarbonizaesiya):
NaHC03 + HCl = NaCI + H20 + C02
Ba'zi bir tozalagich inshootlarda marmar-qumli filtrlar qo'llanilib, ular suvni ham tiniqlashtiradi, ham barqarorlashtiradi.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |