2.Chinni va fayans materiallarining asosiy xossalari.
Oqlik darajasi.
Chinni-
fayans materiallarining asosiy xususiyatlaridan biri oqligi va shaffoflik darajasidir.
Materialdan qaytayotgan nurning tarqalish jadalligini xarakterlab beruvchi fizik xodisa
oqlik deb ataladi. Yorug`lik nurining qaytish koeffitsienti ko`zga ko`rinuvchi spektrning
ixtiyoriy maydonida bir xil va birga teng bo`lgan yuza oq yuza deb ataladi. Bunda
yangi cho`ktirilgan bariy sul`fatining yuzasini 100% li oq yuza deb qabul qilinadi va u
chinnining oqligini aniqlovchi fotometr uchun oqlik etaloni sifatida ishlatiladi. Oqlik ham
turli tuslarda bo`lishi mumkin. Juda och sariq tusli oq rang chinniga bir oz iliqlik bersa,
havo rang tus chinnining oqligiga sovuqlik kiritadi, g`ovaklar yorug`likning tarqalishiga
ko`mak beradi, shu sababli fayansning oqligi chinnining oqligidan yuqori bo`ladi (78-
82%).
Rang beruvchi oksidlar (Fe
2
O
3
va TiO
2
) chinni va fayansning oqligini pasaytirib,
uning sifatini tushirib yuboradi, TiO
2
chinnining to`q ranglar bilan ifloslanishini
ko`paytiradi.
Shaffoflik darajasi
. Chinni-fayans buyumlarining shaffoflik darajasi materialdan
o`tib ketgan yorug`lik tezligining unga tushayotgan yorug`lik tezligiga bo`lgan nisbati
bilan aniqlanadi. Agar chinnining 1320
0
S da kuydirilgandan keyingi shaffofligi
1,51
0,390; 1,51
0,666; 1,55
0,501 bo`lsa, 1390
o
S dan keyin u 1,52
0,590; 1,47
0,90;
1,55
0,790 gacha ortadi. Bu ko`rsatkichlarning suratida chinni plastinkasining qalinligi
ko`rsatilgan, maxrajida esa shaffoflikning qiymati berilgan. Demak, shaffoflik
materialning qalinligiga bog`liq bo`ladi.
Chinnining shaffof bo`lishida kvartsning tuzilishi muxim rol o`ynaydi. U shisha
fazasida qancha oson eriy olsa, chinnining yorug`lik o`tkazishi shuncha yaxshi bo`ladi.
Bunga esa kvartsning maydalanish darajasi ham ta`sir ko`rsatadi. Shaffoflik darajasiga
kaolin zarrachalarining maydalanish darajasi ham ta`sir ko`rsatadi. Yirik kristalli kaolin
yorug`likni yaxshi o`tkazadigan chinnini vujudga keltiradi. Chinni massasiga shisha
fazasining qovushqoqligini pasaytiradigan qo`shimchalarning kiritilishi uning
shaffofligini oshiradi. Chinnini yuqori temperaturada uzoq vaqt ushlash uning yorug`lik
o`tkazishini pasaytiradi.
Chiziqli termik kengayish koeffitsienti.
Chinnining t.k.k. temperaturaning oshishi
bilan quyidagicha o`zgaradi.
Temperaturaning ortishi bilan t.k.k.ning kamayib borishi kvartsning erishi natijasida
uning miqdorini kamayib borishi bilan sodir bo`ladi. Kvartsning polimorf
o`zgarishlari
chinni materialida kuchlanganliklarni vujudga kelishiga sabab bo`ladi.
Mexanik xususiyatlari.
Odatda chinni siqilish kuchiga ko`proq bardosh berib, egilish
kuchiga chidamsizroqdir. Chinnining mustahkamligiga turli qo`shimchalar ta`sir
ko`rsatadi. Ularga chinni siniqlari, ZrO
2
, BeO, BaO, tal`k va kianit, apatit, MgO, CaO va
boshqalar kiradi.
Massaning maydalanish darajasi ham mustahkamlikka ma`lum darajada ta`sir
ko`rsatadi. Lekin, bunda dala shpatini yirikroq tarzda, kvarts qumini esa maydaroq qilib
maydalash lozim, ya`ni dala shpati bilan kvarts donachalarining solishtirma yuzasi 1:3
nisbatda bo`lsa, yaxshi natijalar beradi.
Chinnini kuydirish temperaturasini oshishi mustahkamlikka katta ta`sir ko`rsatadi,
aksincha g`ovaklikning esa 1% ga oshishi, mustahkamlikni 4% ga kamaytiradi. Chinni
tarkibidagi shisha fazasiga kristall fazalarni kiritilganda, uning mustahkamligi oshadi,
bunda kristall faza taranglik modulining (E) kattaligi muxim rol uynaydi.
Chinnining mustahkamligini oshirishning samarador usullaridan biri uning
tarkibiga ipsimon monokristallarni kiritishdir. Masalan, chinni tarkibida 10-20%
mullitning ipsimon kristallarining bo`lishi uning mustahkamligini 5 martta va issiqlikka
bardoshligini 6 barobar ko`paytiradi.
Issiqlikka bardoshligi
. Chinnining issiqlikka bardoshligini oshirish uchun uning
t.k.k.ni kamaytirish, buyumlar qalinligini katta qilmaslik, buyumlardagi temperatura
o`zgarishini pasaytirish, taranglik modulini pasaytirish, issiqlik o`tkazuvchanligini
oshirish va mustahkamlikni ko`paytirish lozim. Issiqlikka bardoshlikka sir qatlamining
qalinligi ham ta`sir ko`rsatadi, sir qatlamining qalinligi 0,1-1,14 mm bo`lgan xolda, u
juda yuqori bo`ladi.
Massa tarkibiy qismlarining chinni-fayans massalarining xossalariga bo`lgan
ta`siri.
Kaolinning ta`siri.
Chinni hosil bo`lishida kaolinning roli asosan unga mexanik,
termik va kimyoviy mustahkamlik, hamda oqlik berishidir.
Degidratlangan kaolin 1150
o
C atrofida nuqtali tangasimon xolda kristallanadigan
birlamchi mullitni hosil qiladi. U 1400
o
C gacha o`zgarmas xolda saqlanib, keyin
sulyutmada erib ketishi mumkin. Bundan tashqari, metakaolinitdan alyuminiy ionlari
suyultmaga diffiziyalanib o`tadilar va u erda ularning kontsentratsiyasi osha boshlaydi.
Keyin suyultmadan ignasimon tarzda kristallanuvchi mullit hosil bo`lib, u dala shpati
suyultmasi tomchisining o`rtasidan o`sa boshlaydi. Bu jarayon 1050
o
S da boshlanib,
1200-1250
o
C da tezlashadi.
Mullitning hosil bo`lish jarayoniga kaolinning maydalanish darajasi ham ta`sir
ko`rsatadi. Mullit qancha ko`p va jadal sur`atda hosil bo`lsa, chinnining barcha
xususiyatlari shuncha yuqori bo`ladi.
Kvartsning ta`siri
. Chinni pishish jarayonida kvartsning bir qismi erib ketadi, bir
qismi esa yoriqlar bilan qoplangan, emirilib ketgan zarrachalar va donalar sifatida
saqlanib qoladi. Chinnini kuydirish jarayonida 1200
o
C da kvarts donachalarida darzlar
paydo bo`ladi. Kvartsning dala shpati suyulmasida erishi uning qovushqoqligini
oshiradi va buyumlarni deformatsiyalanishdan saqlaydi.
Kvarts buyumlarga shaffoflikni bag`ishlaydi. Kvartsning maydalanish darajasi
oshirilsa, chinnining t.k.k. ortadi, bunda kvarts kristobalitga o`tadi. Eng optimal bo`lib,
kvarts donalarining o`lchami 15-30 mkm deb xisoblanadi. Erkin xoldagi kremnezem
chinnida struktura kuchlanganliklarini tug`dirish manbai xisoblanadi. Umumiy xolda,
kvarts donachalarining asosiy qismi saqlanib qolib, chinni hosil bo`lishida sinch
vazifasini o`taydi va buyumlarning deformatsiyalanishidan saqlaydi.
2-jadval
Nafis keramika buyumlarining xossalari
Dala shpatining ta`siri.
Dala shpati va boshqa suyuqlanib ketuvchi komponentlar
shisha fazasini hosil qilib, massaning boshqa tarkibiy qismlarini o`zlarida erib ketishi
uchun imkoniyat yaratib beradilar va kuydirish jarayonida barcha fazalarni bir yagona
bo`lak shaklida ushlab turadilar.
Shisha fazasi hosil qilish uchun ortoklaz ko`proq foydalidir, chunki u
qovushqoqligi yuqori bo`lgan va kremnezemga boy suyuq fazani vujudga keltiradi.
Dala shpati tarkibida natriy va kal`tsiy ionlarining bo`lishi uning suyuqlanish
temperaturasini pasaytirib, suyultmaning qovushqoqligini pasaytiradi.
Dala shpatini xaddan ortiq darajada maydalab yuborish mumkin emas, eng optimal
xolatda 009 sonli elakda 0,3% qoldiq qolishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |