119. O’simlik dunyosi ob’yektlari davlat kadastri qaysi organ tomonidan yuritiladi?
Bu kadastrni yurituvchilar, o‗simlik dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar: qishloq xo‗jaligida band bo‗lgan yerlarda qishloq xo‗jaligi korxonalari, muassasalar va tashkilotlar; davlat o‗rmon fondi yerlarida o‗rmon xo‗jaligi korxonalari; zahira yerlarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, joylardagi davlat hokimiyatining vakolatli organlari o‗simliklarning kamyob va yo‗qolib borayotgan, dorivor oziqbop va manzarali turlari bo‗yicha respublikaning butun hududida O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‗simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat kadastri sub‘ektlari hisoblanadilar
120. O’simlik dunyosi davlat kadastr ob’yektlarining qanday axborotlari DKYT ma’lumotlar bazasiga taqdim etiladi?
1. Birlamchi darajada o‗simliklar dunyosining davlat kadastri sub‘ektlari vakolatli shaxslari yovvoyi holda o‗sadigan dorivor va manzarali, shuningdek, oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan o‗simliklar; texnik maqsadlarda foydalaniladigan yovvoyi o‗simliklar; tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‗simliklar; yovvoyi o‗simliklarning kamyob va yo‗qolib ketish xavfi ostida turgan turlari tog’risida hududlar bo‗yicha kadastr axborotlarini to‗playdi va Qoraqalpoqiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining kadastr xizmati, tabiatni muhofaza qilish viloyat qo‗mitalarining vakolatli shaxslarga taqdim etadi ular hududlar bo‗yicha kadastr axborotlarini umumlashtiradilar va "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasining DKYAT ma‘lumotlar bazasiga beradilar. 2. Vakolatli tashkilotlar - Respublika darajasida O‗zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi kadastr xizmati so‗rovi bo‗yicha "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasining DKYAT ma‘lumotlar bazasidan hududlar bo‗yicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin. 3. Foydalanuvchilar so‗rov bo‗yicha DKYAT ma‘lumotlar bazasidan kadastr axborotlarini olishlari mumkin.
121. Hayvonot dunyosi davlat kadastrini yuritishdan maqsad?
Hayvonot dunyosining davlat kadastri yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ulari iqtisodiy baholash to‗g‗risidagi uzluksiz 147 yangilanadigan axborot tizimi. Tabiiy erkin holda yashovchi yovvoyi hayvonlar: sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yurivchi hayvonlar, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umrtqasizlar hayvonot dunyosining davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. Davlat kadastrini yurituvchi organlar, ov qilish va baliq ovlash xo‗jaligini yurituvchi, xayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olib hamda ajratib olmasdan ilmiy, madaniy-ma‘rifiy, o‗quv va tayyorlash maqsadlarida hayvonot dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar hayvonot dunyosi davlat kadastrining sub‘ektlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |