111- боб чорвачилик ва паррандачилик асослари



Download 1,84 Mb.
bet41/55
Sana14.07.2022
Hajmi1,84 Mb.
#800268
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Bog'liq
chorvachilik va parrandachilik asoslari

Quyonlarni oziqlantirish. Quyonlarni ko‘paytirish va o‘stirish ularni to‘g‘ri oziqlantirishga bog‘lik. Quyon kemiruvchi hayvon bo‘lib kish oylarida xashak ildizmeva, yangi daraxt shoxlari, so‘li, loviya, don yormasi, kunjara va boshqalar bilan oziqlanadi. Yoz oylarida esa quyonlar uchun eng yaxshi oziq yashil o‘simliklardir. Chunki ularda har xil foydali moddalar ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun yozda quyonlar ko‘prok yashil o‘simliklar bilan boqiladi va unga oshxona chiqindilari (bo‘tqa, kartoshka, qovun, tarvuz) qo‘shiladi. Quyonlarga beriladigan oziqlar sifatli va toza bo‘lishi lozim. Quyonlarga botqoq yerdagi o‘tlarni, yomg‘irdan so‘ng quritilmagan beda va sebargani, mog‘orlagan va chirigan xashaklarni, ildizmevalarni, tugunak mevalarni va siloslarni bermaslik lozim. Quyonga beriladigan oziqlar qo’yidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
1.Yashil oziqlardan - o‘tlok pichani, javdar, so‘li, beda, makkajo‘xori va boshqa g‘alla ekinlarining yer ustki qismlari, ildizmevalar va karam barglari, daraxtning yashil shoxlari hamda yovvoyi o‘tlar.
2.Shirali oziqlardan - xashaki lavlagi, xashaki sabzi, xashaki sholg‘om va boshqalar.
3.Dag‘al oziqlardan - beda, sebarga, beda - g‘alla aralashmasidan iborat pichan.
4.Konsentrat oziqlardan - g‘alla va dukkakli don ekinlari doni, yormalari, kepaklar, moyi olingan kunjara, omixta yem, pichan uni, quruq sut va boshqalar.
5.Hayvonlar mahsulotidan tayyorlangan oziqlardan - sut, yog‘i olingan sut, sutzardobi, ayron, go‘sht, go‘sht-suyak va baliq unlari.
Oziqlantirish normasi. Quyonlarga beriladigan oziqlarning miqdori uning katta-kichikligiga va yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Ona quyonlar, emizuvchi va homilador quyonlarga oziqlar ko‘prok beriladi. Quyonlarni oziqlantirish, ularning holatiga bog‘liq. Voyaga yetgan quyonlar yozda turli yovvoyi o‘simliklar, tomorqadan chiqqan o‘simlik qoldiqlari, qishda esa pichan, daraxt novdalari va silos bilan boqiladi. Bunda taxminan sutkasiga yozda 280 g ko‘katlar va 75-90 g kuchli oziqlar beriladi. Qish mavsumida esa 190 g ildizmeva yoki silos, 130 g pichan va 75-90 g kuchli oziqlar bilan boqiladi. Quyonlar urchitish davrida ko‘shimcha oziqlantiriladi. Bunda ularning ozuqasiga qizil sabzi, undirilgan g‘alla maysalari va vitaminga boy pichan ko‘shish tavsiya etiladi. Ya’ni yozda oziq normasi 360 g ko‘katdan, 30 g kunjara va 100 g kuchli oziqdan, qish mavsumida esa 340 g ildizmeva, 165 g pichan, 35 g kunjara va 95 g kuchli oziqdan iborat bo‘ladi. Homilador quyonlar oziqning bir qismini bolalarining shakllanishiga sarflaydi, shuning uchun ularning ozuqasi yengil, o‘zlashtiriladigan, vitaminga va mineral moddalarga boy bo‘lishi lozim. Oziq normasi, yozda 385 g ko‘katdan, 45 g kunjara va 95 g kuchli oziqlar, qish mavsumida esa 260 g ildizmeva, 180 g pichan, 55 g kunjara va 85 g kuchli oziqlardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. Emizikli kuyonlarning oziqlari ko‘prok sut hosil bo‘lishiga sarflanadi. Shuning uchun emizikli quyonlarning oziq normasi birinchi 10 kunlikda 1,5, ikkinchi o‘n kunlikda 2, oy oxirida esa 2,5 marta ko‘paytiriladi.
Odatda quyonlar tuqqandan so‘ng uning bolalari 16 kundan so‘ng inidan chiqadi, shuning uchun ularga mayin, mayda kesilgan pichan va ildizmevalar, shirali va kuchli oziqlar beriladi. Quyon bolalari ko‘katlar bilan boqiladi (15-20 kunligida sutkasiga 20 g dan ikki marta), so‘ng asta-sekin oziq normasi ko‘paytiriladi.


Nazorat savollari
1.Quyonlarni asrash qanday boradi?
2.Quyonlar uchun qanday zarur sharoit kerak?
3.Quyonlar qanday oziqlantiriladi?
4.Quyonlarning oziqlantirish normasi qanday?



Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish