Nazorat savollari:
1. Bedanachilikning ahamiyati to‘g‘risida so‘zlab bering.
2. Bedanalarni asrash va boqish borasida nimalarni bilasiz?
3. Bedana kasalliklari va ularni qanday davolash mumkin?
BOB. V. QUYONCHILIK VA MO‘YNACHILIK
5.1. QUYONCHILIK ISH FAOLIYATI XAQIDA
Quyonlar - quyonsimonlar turkumining sut emizuvchilar oilasi. 50 turni birlashtirgan 8 urug‘i bor. Quyonchilik (1 urug‘), qattiq yungli quyonlar (3 urug‘), uy quyoni (4 urug‘) bor. Ayrim turlari tez yugurishga, yer kovlashga, suzishga va chirmashib chiqishga moslashgan. Turli sharoitda yashaydi. O‘tlar, po‘stloq, novda, kurtak bilan ovqatlanadi, yiliga 4 martagacha bolalaydi. 2-15 tagacha bola tug‘adi. Serharakat, yakka yashaydi. Ayrim turlari yaylovlarga, polizlarga va boshqa mevali daraxtlarga, ekinzorlarga zarar keltiradi.
U y quyoni - kemiruvchilar turkumining tovushqonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon; yovvoyi quyondan kelib chiqqan. Uy quyoni sergo‘sht, tez yetiladi, go‘sht va mo‘yna tivit olish uchun urchitiladi. Yil mobaynida ko‘payashi, urg‘ochisi 3-4 oylikda jinsiy yetiladi, 8 hafta - 32 kunda bolalaydi. Yiliga bir quyon 3-6 marta, har safar 6-8 (ba’zan 15 va undan ortiq) bola tug‘adi. Yangi tug‘ilgani 60-70 g, bir oyligi 600-700 g keladi. Nasldor quyon bolalari 45 kunlik, vazni 800-900 g bo‘lganda onasidan ajratiladi. Tez yetiladigan zotlar 65-70 kunlik vazni 1,8-2 kg, kech yetiladiganlari 90 kunlik vazni 2,8-4 kg bo‘lganda so‘yiladi.
Quyon 7-10 yil yashaydi. Xo‘jalikda foydalanish davri 2-3 yil. Asosan, ko‘kat, ildizmevalar, sabzi-karam silosi, mayin xashak, don-dun, omuxta yem va boshqa konsentratlar: go‘sht-suyak va baliq uni; mineral qo‘shimchalar - suyak uni, osh tuzi va bo‘r bilan boqiladi. Quyonchilik xo‘jaliklarida belgilangan norma va rasionlar asosida oziqlantiriladi. Kuz-qish mavsumida, tullagandan keyin mo‘ynasi ayniqsa yaxshi bo‘ladi. Boqib semirtirilgan quyonalrning so‘yilgandagi vazni uning katta-kichikligiga, semizlik darajasiga bog‘liq bo‘lib, tirik vaznining 47-60% iga to‘g‘ri keladi.
Angora quyoni – quyonning bir turi. Uning juni Angora (Anqara) echkisining juniga o‘xshaganligi sababli bu quyon shu nomni olgan. Angora quyoninig juni mayin, ipaksimon, rangi oq, ba’zan havo rang va qora. Angora quyonining kallasi katta, qulog‘i kalta va uchi kokilchali; vazni 2,3-3,5 kg.
Oq tusli anqara quyonining ko‘zi pushti, boshqa tusdagilarniki qoramtir. Angora quyonining tiviti O‘zbekiston sharoitida aprel oyining ikkinchi yarmida tarab olinadi. Angora quyoni yoz issig‘iga chidamsiz bo‘lganidan tog‘ yon bag‘irlarida va daraxtzorlarda boqiladi.
Quyonchilik - chorvachilikning quyon urchitshi bilan shug‘ullanadigan tarmog‘i. Quyonchilikning asosiy mahsuloti - go‘sht, teri va tivit. Quyon go‘shti - to‘yimli parhez mahsuloti; terisi - mo‘yna ishlab chiqarish, sanoati uchun muhim xom- ashyo; tiviti - trikotaj va boshqa buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
Quyon qishloq xo‘jalik fermalarida go‘shti, terisi va tiviti, ayrim xo‘jaliklarda faqat go‘shti uchun boqiladi. Go‘sht, teri uchun quyon boqiladigan fermalarda har bir ona quyondan o‘rta hisobda 20 tadan bola, ya’ni yiliga 50 kg dan ortiq go‘sht va 20 dona teri olinadi. Broyler quyon bolalarini semirtirish uchun boquvchi fermalar ularni onalari bilan boqib, yoshi 2-2,5 oylik va tirik vazni 2 kg cha bo‘lganda boshqa xo‘jaliklarga sotadi. Tivit uchun quyon boqiladigan fermalarda har bir katta quyondan yiliga 350-700 g tivit olinadi.
O‘zbekistonda Buxoro viloyati «Romitan» s-zi, Toshkent viloyati Orjonikidze r-ni va b. joylardagi xo‘jaliklarda Quyonchilik fermalari ham naslchilik va quyon urchitish bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |