111- боб чорвачилик ва паррандачилик асослари



Download 1,84 Mb.
bet33/55
Sana14.07.2022
Hajmi1,84 Mb.
#800268
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Bog'liq
chorvachilik va parrandachilik asoslari

Nazorat savollari:
1.Hayvonlarni to‘g‘ri oziqlantirish deganda nimalarni tushinasiz?
2.Yem-xashakning hazm bo‘lish koeffisiyenti deb nimaga aytiladi?
3.Yem-xashakka dastlabki ishlov berish qanday olib boriladi?
4.Silos bostirish ishlari qanday olib boriladi?
5.Silos sifati qanday baholanadi?
6.Silos miqdori qanday aniqlaniladi?


3.2.CHORVACHILIK UCHUN YEM-SHIROT TURLARI.

Sug‘orish oziqbop o‘simliklarni (asosan beda va boshqa dukkakli va boshoqli o‘simliklardan) 45-55% namligi qolguncha sulitib, ularni konservalangan holda, maydalab, zichlab tayyorlanadi. Tarkibida oqsil ko‘p o‘simliklar avval so‘litiladi va namligi kamaygandan so‘ng maydalab yoki maydalanmay chuqurlarga zichlab bostiriladn. Ustiga ikki qavat polietilen plyonka yopilib, 30 sm qalinlikda tuproq bilan ko‘miladi. 20 kunda molga berish uchun tayyor bo‘ladi. sug‘orish ochilgach, kundalik rasionga loyiq miqdori olinib, darhol usti zich yopib qo‘yilishi lozim. Aks holda havo ta’sirida oksidlanib, sifati buziladi. Usti ochilmagan sug‘orishni 1-2 yil saqlash mumkin. Sug‘orish bostirish uchun o‘simliklar g‘unchalash va gullay boshlash davrida o‘riladi. U ser-suv va xushbo‘y, servitaminli oziq hisoblanadi. U o‘zining to‘yimliligi, mineral moddalarga boyligi, fizik va kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra pichan bilan silosning o‘rtasida turadi. Uning nomi xam shundan (pichan-silos yoki sug‘orish deb) kelib chiqqan. Sug‘orish o‘zining tarkibidagi o‘simliklar turiga ko‘ra uning har 1 kg da 0,4-0,5 oziq birligi va 60-65g hazm buluvchi protein borligi aniqlangan 100 kg beda sug‘orishida 35-40 ozuqa birligi, 4-5 kg hazm bo‘ladigan protein, 450-460 g karotin bor. . Bir sutkada sog‘in sigirlarga 20-25 kg, buzoqlarga yoshiga ko‘ra 2-4-6-10 kg, qo‘ylarga 3-4 kg, qo‘zilarga 1-2 kg sug‘orish berish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Sug‘orish bostiriladigan chuqur eni 4-6 m, tubi 2,5-4 m, chuqurligi 2-2,5 m, uzunligi 80- 100 m qilinadi va sementlanadi. Bunday chuqurga 200-250 t sug‘orish ketadi. Sug‘orish tayyorlashda, caqlashda minora tipidagi maxsus inshootlardan foydalaniladi. Ular temir, temir-beton, g‘isht, yog‘och va boshqalardan quriladi. Devorlariga zich yopiladigan lyuk o‘rnatilgan bo‘ladi. Ferma terryasida minoralar odatda ozuqa sexiga yaqin yerga joylashtiriladi.
Kimyoviy tarkibiga kuchaytirilgan yem nihoyatda to‘yimli va turli xil moddalarga boy bo‘ladi. Yem tarkibida suv va kletchatka kam bo‘ladi. O‘simliklar doni va donni qayta ishlashdan hosil bo‘ladigan chiqindilar ham yemga kiradi. 1 kg yemning to‘yimliligi 1 oziq birligiga teng, ba’zan undan ham ortadi.
O‘zbekiston sharoitida qoramollar uchun arpa, makkajo‘xori va oqjo‘xori yemidan foydalaniladi. Yemda fosfor ko‘p, kalsiy oz bo‘ladi, shuningdek 1 kg yemda 78-80 g oqsil bo‘ladi.
Kepak to‘yimliligiga ko‘ra don va undan keyinda tursada, uning tarkibida oqsil va fosfor ko‘p bo‘ladi.
Kunjara moyli o‘simliklar urug‘idan moy (yog‘) siqib chiqarilgandan keyin qoladigan chiqindi. Qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun yem sifatida foydalaniladi. Tarkibida 8-10% moy bo‘ladi. Urug‘ moyi yog‘ erituvchi moddalar (benzin, dixloretan va boshqalar) yordamida olinganda shirot deb ataladigan kukun kunjara qoladi. Uning tarkibida faqat 1-3% moy bo‘ladi. kunjara tarkibida ko‘p protein, V gruppa vitaminlar va mineral moddalar bor. Kunjara va kukun kunjara tarkibida oqsil ko‘p (1 kg da 300-370 g) bo‘lganligi va to‘yimliligiga ko‘ra mollar uchun qimmatlidir. Kunjara mollarni to‘q tutadi, sigirlar sutining serqaymoqligini oshiradi. Lekin uning tarkibida juda oz miqdorda rocsipol deb nomlangan zaharli modda bo‘ladi. Shuning uchun kunjaraning quruq, o‘zini mollarga ko‘p miqdorda berish zararlidir. Konsentrat oziqlardan foydalanganda ularni qoramollarga aralash (omixta) yem sifatida berish foydali hisoblanadi.
Aralash (omixta yem) oziqlar maxsus resept asosida tayyorlanadi. Bunda har qaysi turdagi va mahsulot yo‘nalishidagi hayvonlarning barcha xususiyatlari hisobga olinadi. 1 kg aralash oziqda 0,92 oziq birligi, 165 g hazm bo‘ladigan protein, 10,5 g kalsiy, 6,8 g fosfor bo‘lishi mumkin. Shuningdek, aralash oziqlarga vitaminlar va temir moddasi, mis, rux kabi mikroelementlar qo‘shiladi.
Donador (granulalangan) oziqlar o‘t uni, yem va vitaminlardan hamda turli xil mineral moddalar qo‘shib tayyorlanadi. Ular quruq sochma holda bo‘lganligi uchun uzoq vaqt saqlanadi va mollarga osonlik bilan tarqatiladi.
Donador oziqlar chorva mollari va parrandalar turini hisobga olgan holda har xil yiriklikda tayyorlanadi. Masalan, parrandalar uchun 1-2 mm dan 5 mm gacha, cho‘chqa bolalari uchun 7 mm, katta yoshdagi cho‘chqalar uchun 9-10 mm, buzoqlar uchun 16 mm, sigirlar uchun 25 mm bo‘ladi. Ayrim holarda tarkibi oqsil, vitaminlar, mineral moddalar va antibiotiklar bilan boyitiladi.
Briketlangan oziqlar - pichan, somon, kunjara, don va hokozolar aralashmasini maydalab, presslangan holda tayyorlanadi. Shunga ko‘ra, saqlash uchun joy talab etiladi. Quruq bo‘lganligi uchun uzoq vaqt saqlash mumkin. Koramollarga beriladigan briketlangan oziqlar tarkibi qo’yidagicha bo‘lishi mumkin: makkajo‘xori sutasi yoki boshog‘i don poyasi 40-90%, qora byg‘doy yormasi 5-15%, shuningdeq kunjara, kukun kunjara, qand lavlagi turpi, ftorsizlantirilgan fosfat, osh tuzi, karbomid bo‘lishi qabul qilingan. Otlar uchun tayyorlanganda: 40-45% pichan, 27-35 % arpa va boshqa qo‘shimchalar bo‘ladi.
Oziq ovqat sanoatining chiqindi va qoldiq maxsulotlari aralash yem kunjara uni, kunjara, shulxa va qishloq xo‘jalik maxsulotlarini qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlar chorvachilik uchun muhim yem manbai hisoblanadi.
Hayvonlarga beriladigan yem (don oziqlar) avval ma’lum darajada ishlovdan o‘tkaziladi. Chunki don butunligicha berilsa, dag‘al bo‘lganligi uchun yaxshi hazm bo‘lmaydi. Shuning uchun ularni maydalab, yorma holiga keltirib yoki un qilib tortib so‘ng mollarga berish yaxshi natija beradi. Turli donlardan (suli, makkajo‘xori, arpa kabilardan) tayyorlagan un yoki yorma qilingan yemni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi. Ayniqsa, yoz kunlari ular tez achib qoladi, nam yerda saqlansa, mog‘op bosadi. Shuning uchun ularni mollarga berishdan bir necha kun ilgari tayyorlash kerak. Mollarga beriladigan yem, un va kepak maydalangan xashak va sersuv oziqlar bilan aralashtirib berilsa, ularning to‘yimliligi va hazm bo‘lish xususiyati ortadi hamda mollar bunday oziqni ishtaha bilan iste’mol qiladi.
Fermalarda barcha o‘simliklaridan olingan kepak va unni mollarga berishdan oldin biroz achitiladi va xushbuyligi oshiriladi. Buning uchun katta hajmli taxta yashiklardan foydalaniladi.
Kunjarani chorva mollariga maydalab, kukun kunjarani esa shundayligicha yoki suvda ivitib berish tavsiya etiladi. Ba’zan boshqa yemlarga aralashtirilib, maxsus agregatlar - mashinalarda bug‘lantirib berish uning to‘yimliligini va xushxurligini oshiradi, organizmda yaxshi hazm bo‘ladi
Shirot (Schrot - kukun), kunjara uni yog‘-moy sanoati chiqindisi. Chorva mollari uchun yaxshi ozuqa, Tarkibida 45% gacha oqsil, 1-3% yog‘, 15-17% kletchatka, 6-7% kul; 1 kg kunjara unida 0,79 ozuqa birligi, 28 g oqsil, 0,3 g kalsiy va 2,5 g fosfor bor. Moyli o‘simlik urug‘lari va chigitdan yog‘ ajratib olinganda chiqadi.
Shulxa yog‘-moy sanoati chiqindisi; chorva mollari uchun eng yaxshi ozuqa. Tarkibida 4- 6% oqsil, 2-3% yog‘, 37% azotsiz ekstraktiv moddalar va 43% kletchatka bor. 1 kg Shulxada 0,21 ozuqa birligi, 10 g oqsil, 1,9 g kalsiy va 0,9 g fosfor, 0,02-0,05% zaharli yoki zararli modda bo‘ladi. Chigitdan moy ajratib olinganda 70% gacha chiqadi.
Aralash (omixta) yem tayyor holda zavoddan keltiriladi. Binobarin, aralash yemdan foydalanishda ham yuqoridagi usullarni kullash ijobiy natijalarga olib keladi.
Aralash yem, kombikorm turli ozuqalar, asosan yemlarning maydalangan aralashmasi. Aralash yem har xil yoshdagi chorva mollari va parrandalar uchun maxsus resept bo‘yicha zavod va chorvachilik xo‘jaliklarida tayyorlanadi,
Yem-xashak sexi hayvon va parrandalarga beriladigan turli ozuqalarni qayta ishlash uchun kerakli mashina va uskunalar bilan jihozlangan maxsus bino. Unda xashaq sershira ozuqa va yem tayyorlanadigan alohida xonalar bo‘ladi Odatda, yem-xashak sexi bilan molxona hamda ozuqa saqlanadigan ombor o‘rtasida osma yoki yer ustida quriladi. Shuningdeq Yem-xashak sexi ildizmevalarni yuvadigan, yem-xashak bug‘lagich, kartoshka to‘g‘ragich, yem-xashak maydalagich va boshqa yem-xashak tayyorlash mashinalari bilan jihozlangan, asosiy jarayonlari esa mexanizasiyalashgan bo‘ladi.
Chorva mollariga har bir yemni ma’lum nisbatda aralashtirib berish katta ahamiyatga ega. Chunki bunda bir yem tarkibida yetishmaydigan ayrim moddalar boshqalari hisobiga to‘ldiriladn, shuningdeq yemga aminokislotalar, mikroelementlar, antibiotik va vitaminlarga boy moddalar qo‘shilib, uning umumiy biologik qimmati ancha oshiriladi. Hozir Aralash yemning donador xili yaratilgan. Toshkent viloyati xo‘jaliklarida chorva mollari va parrandalarga aralash yem berish yaxshi natija berdi. Respublikamizda (Toshkent va boshqa shaharlarda) aralash yem ishlab chiqaradigan bir necha zavod qurilib, ishga tushirilgan.


Nazorat savollari
1.chorvachilik uchun yem-shirotlarningh tarkibi qanday bo‘lishi kerak?
2.Aralash (omixta yem) oziqlar qanday tayyorlanadi?
3.Shirot va shulxa tarkiblari qanday?
4.Yem-xashak sexida qanday ishlar bajariladi?

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish